Bugun
Manchester Siti Liverpulni mag‘lub etib Uembli yo‘llanmasini oldi
+17°
пасмурно ветер 1.6 м/с, С

Toshpo‘lat Matkarimov: “Undan ko‘ra shu pulni boshqa ehtiyojingizga ishlating, deyman”

Madaniyat
375
Toshpo‘lat Matkarimov: “Undan ko‘ra shu pulni boshqa ehtiyojingizga ishlating, deyman”
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Toshpo‘lat Matkarimov “Daryo”ga intervyu berdi. Intervyu davomida xonanda chet el qo‘shiqlariga so‘z qo‘yib kuylagani, behisob mol-mulki, vijdon azobi, Muhammad Yusuf bilan tasodifan tanishib do‘st bo‘lib ketgani va uni to‘y xizmatiga aytadiganlarni fikridan qaytarishi haqida gapirdi.

“Boyligim ko‘p bo‘lsa-da, o‘z yo‘lim yo‘q edi”

10-15 yoshimda esimni tanigan bo‘lsam, shu paytdan beri sanʼatning ichidaman. Aslida, onamga qo‘shiq aytib beraman deb qo‘shiqchi bo‘lganman. “Ona bebaho” degan qo‘shiqni onam ko‘p eshitardi. Shundan 1-2 ta so‘zlarini yodlab olib, keyinchalik maktabda o‘rtoqlarimning ichida, tadbirlar, sanʼat bayramlarida qatnashib, olqishlar oldim. Odamlarning o‘zi sekin-sekin meni to‘ylarga olib chiqdi. Musiqiy texnikalarning yangilari chiqar, ulardan foydalanib yangilik qilardik, yoshlarga yoqardi. Bir cholg‘uchim arazlab qoldi, men konservatoriyani tamomlayapman, otarchi bo‘lmayman, dedi. Men ham shunda o‘zimga “Toshpo‘lat, shunday qilib to‘ylarning, pullarning ichida ketaverasanmi yoki o‘z noming bo‘lishi kerakmi? Shaxs bo‘lishing kerak, axir” dedim. Yoshim 26 da, kimning mashhur qo‘shig‘i bo‘lsa, shuni odamlarga kuylab berardim. O‘sha davrning oldi odami edim, oliy maʼlumotliman, uylanganman, uy-joy, mashina, mol-mulkim bor. Yo‘q, men o‘z yo‘limni topaman, dedim.

“Kuniga bir mahal ovqatlanib, sartaroshxonada uxlab qolardim”

Shu vaqtda bir tanishimdan Toshkentda tayyor cholg‘uchi guruh borligini eshitib qoldim. Xonandasi qandaydir sabab bilan ketgan ekan. Sozandalar estradada o‘sgan koreys yigitlar edi, ichi to‘la musiqa ekan. Men qo‘shiq aytishni boshlasam, ular ham ijodiy yondashib chalib ketaverardi. Ustiga ustak eng zamonaviy musiqiy asboblarni ham olgandik. O‘zim ham imijimni butunlay o‘zgartirgandim. Shundan keyin to‘ylarimiz yana-da ko‘payib ketdi. 1988—89 yillarda gullab yashnadik. Koreys sozandalarim “tamom bo‘ldi”. Kun-u tun xizmat edi-da. O‘zim ham sartaroshxonaga borib sochimni oldirayotgan paytim uxlab qolardim. Ovqatlanish ham sutkasiga bir marta bo‘lib qolgandi. 6-7 soatlab davom etgan to‘ylar bo‘lgan. Doirachimning qo‘llari qonab ketardi, barabanchi chalayotgan paytida mudrab qolardi. Orada qo‘shiqlarimizni yozib olib, butun O‘zbekiston bo‘ylab tarqatdik.

“To‘y ring maydoni edi”

Tagi bo‘sh katta divanim bo‘lardi, to‘ydan tushgan pullarni shu yerga qo‘yardim. To‘lib, toshib ketgandi. Har yili yangi mashina minganman.

To‘yda faqat jonli aytilardi, fonogramma yo‘q, “birrov”lar ham yo‘q edi. Lekin bir tomonda men bo‘lsam, boshqa tomonda Muhriddin Xoliqov yoki Ahror Usmonov kuylardi. Xuddi ringga o‘xshardi — yarim soat men aytsam, yarim soat ular. O‘sha davralar ham ko‘p narsani hal qilardi. Lekin birovning musiqasiga so‘z qo‘yib aytayotganimga vijdonim qiynalardi, dedi u.

“Muhammad Yusufni tanimaganman, ikki yil sinalganman”

1988 yillarda Xudo menga shoir Muhammad Yusufni uchratdi. Qishda chet elga dam olishga borgandim. Bir qorako‘z yigit kelib men bilan so‘rashdi. O‘yin-kulgi qilib, dam oldik. Uyga qaytgach “Yoshlik” jurnalini varaqlab o‘tirsam, “Qora quyosh” dostoni chiqqan ekan. Muallifining rasmiga bundoq qarasam haligi yigit-da! Iya, bu Muhammad Yusuf ekan-ku, deb qoldim. Kamtarligini qarang, tanishganimizda men shoirman demagan. Men ham qo‘shiqchiligimni aytmagandim-da. Darrov “Yoshlik” jurnaliga borib, uning manzilini olib, borib ko‘rishganman. Bir-birimizga mehrimiz tushib, shu bilan qalin bo‘lib ketganmiz. Mendan hech maslahatini ayamasdi.

Muhammad Yusuf meni bastakor Anor Nazarov bilan tanishtirdi. Anor akam bilan tanishdik, lekin meni ikki yil sinagan, hech narsa yozib bermagan. Keyin bilsam u mening ovozimni, diapazonimni o‘rganayotgan ekan. O‘zimning ijodim qachon bo‘larkan, deb yanayam o‘ylab yurganimda Anor akam buni eshitib ko‘ring, deya musiqa eshittirgan. Shu-shu u kishi bilan ishlashni boshlab yubordim, yo‘nalishim o‘zgardi. Sochlar kaltalandi, imijim televideniye formatiga moslandi. Shunday qilib, chet el musiqalariga so‘z qo‘yib qo‘shiq aytish, boshqalarga ergashishdan o‘zimni o‘nglab olganman.

Toshpo‘lat Matkarimov qimmat sanʼatkormi?

Men vaqtida qimmat bo‘lgandirman, ammo aytgan pulimizga olib ketadiganlar ham ko‘p edi. Kimdir qiynalganmi, yo‘qmi, bilmayman. Hozir ham to‘y egalari bilan kelishaman, sharoitiga qarayman. Ko‘pincha shu kerakmi o‘zi sizga, menga beradigan pulingizga boshqa narsa sotib olganingiz yaxshi emasmi, deya tushuntiraman, deydi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist.

O‘xshash yangiliklar

Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva marhum turmush o’rtog’i, O’zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aktrisa bergan
Madaniyat Kecha, 16:40
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Xonanda Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishi, “O‘zbekkonsert” bilan munosabatlar va majburiy xizmatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U soliq
Madaniyat Kecha, 15:56
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yaqinlashib kelayotgan 12 dan 30 aprelgacha bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsertlari oldidan bergan intervyusi bilan yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu
Madaniyat 23:50, 4-04-2026
Qizaloq va Maymoq multfilmi bahs va taqiqlarga sabab boʻldi
Qizaloq va Maymoq multfilmi bahs va taqiqlarga sabab boʻldi
“Qizaloq va Maymoq” multfilmi ko‘p marotaba madaniy qarshiliklar va ota-onalarning noroziliklari sababidan qiyinchiliklarga duch kelgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu rus animatsion serial
Madaniyat 19:52, 4-04-2026
Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning bir yoshini nishonladi
Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning bir yoshini nishonladi
Mashhur turk aktrisasi Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning birinchi tug‘ilgan kunini bayramona ruhda nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Go‘zal aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda ushbu muhim voqeaga oid
Madaniyat 18:11, 4-04-2026
Samandar Hamraqulov qizi Maryamxon uch yoshga to‘ldi
Samandar Hamraqulov qizi Maryamxon uch yoshga to‘ldi
So‘nggi paytlarda boshlovchi sifatida faoliyat yuritayotgan Samandar Hamraqulov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quvonchli xabar bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U qizi
Madaniyat 17:42, 4-04-2026