Bugun
Manchester Siti Liverpulni mag‘lub etib Uembli yo‘llanmasini oldi
+17°
пасмурно ветер 1.6 м/с, С

“Turk Oskari”ni qo‘lga kiritgan va turmushi uzoqqa cho‘zilmagan Nahide Babashli haqida

Madaniyat
332
“Turk Oskari”ni qo‘lga kiritgan va turmushi uzoqqa cho‘zilmagan Nahide Babashli haqida
Yosh bo‘lishiga qaramay, ko‘pchilikning sevimli ijrochisiga aylanib ulgurgan yosh ozarbayjonlik qo‘shiqchi Nahide Babashli turk xonandasi Murat Gogebakanning Ay yüzlüm (“Oy yuzlim”) qo‘shig‘ini ajoyib tarzda ijro etib, bir kunda ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylangan edi.

Babashli YouTube'dagi sahifasiga o‘z ijrosi bilan videorolikni joylashtirishi bilanoq qisqa vaqt ichida videoni deyarli bir yarim million kishi tomosha qilgan va xonandani maqtovlarga ko‘mib tashlagan. Uning ijrosi turk OAV tomonidan ham yuqori baholangan.

Foto Instagram
Bolaligidan qo‘shiq aytadigan qizaloq

Nahide Babashli 1996 yil 22 sentyabrda Bokuda tavallud topgan. U oliy ma’lumotini Boku davlat universitetining Fizika fakultetida olgan. O‘sha paytda Nahide musiqachi bo‘lishga qaror qilgan. Universitetda o‘qib yurgan paytida bir necha marta musiqa yozishga harakat qilgan, ammo muvaffaqiyatga erisha olmagan. U o‘zi haqida shunday deydi:

“Men Boku davlat universitetining Fizika fakultetini bitirganman. Musiqa bilan shug‘ullanaman, ammo professional tarzda emas. Ammo kelajakda uni rivojlantirishni istayman. Esimni tanigandan beri qo‘shiq kuylayman, musiqaga qobiliyatim bor. Gitara chalaman.

Foto Instagram
Birinchi kursda menga ozar tili o‘qituvchisi Anar muallim ovozim juda chiroyli ekanini aytdi. Keyin meni aktyorlik klubi rahbari Bayram muallimning oldiga olib bordi, bu qizning iste’dodi bor, uni sahnaga chiqar, yordam ber, dedi. U meni xorga yozdi, ammo yordami bo‘lmadi. Bayram muallim maqom kuylovchilarga ko‘proq ahamiyat berardi. Men esa maqom kuylamasdim. Bir oydan keyin xordan chiqdim. Endi umidim qolmagandi. Bor fikrimni darslarimga qarataman deb qaror qildim. U ham bo‘lmadi. Men o‘zim istamagan va qiziqmagan soha bo‘yicha tahsil olardim. Keyin Instagram sahifasini ochib, u yerda qo‘shiq kuylab, joylashtirdim. Avvaliga yuzimni ko‘rsatmasdim. Ammo bir muddatdan keyin yuzim tushib turgan videolarni suratga olishga, studiyada qo‘shiq yozishga kirishdim. Shu bilan hammasi boshlandi”.

Qizg‘in ijod

Nahide Babashli Pop yo‘nalishida 9 ta albom chiqargan. Ijrochining albomi butun dunyoda qariyb 26 000 talab sotilgan. Uning qo‘shiqlari musiqa top reytingida 32 hafta davomida birinchilikdan tushmagan. Eng ko‘p mashhurlikka olib chiqqan qo‘shig‘i turk ijrochisi Murat Gogebakanning Ay yüzlüm taronasi tufayli bir kun ichida ijtimoiy tarmoqlarning yulduziga aylangan edi.
Undan so‘ng ham kuylangan har bir qo‘shig‘i hit darajasiga chiqishdan tinmasdi. Uning ijrosidagi “Soz Verdim” (So‘z berdim), “Benim hikayem” (Mening hikoyam), “Anlasana” (Meni tushun), “Sevgilim, tut elimden”( Sevgilim, qo‘limdan tut) qo‘shiqlari shular jumlasidandir. U turli janr va tillarda kuylay oladi, ayniqsa, xorijiy kompozitsiyalar unga juda yaqin.

Ijodiy yutuqlar

2021 yil Nahide uchun omadli keldi, u Turkiyaning nufuzli “Oltin kapalak” (Altın Kelebek) mukofotining sohibi bo‘ldi. “Oltin kapalak” Turkiyada televideniye va musiqa san’ati sohasidagi eng muhim mukofotlardan biri hisoblanadi, uni “turk Oskari” deb atashadi.

Foto Instagram
Har yili bu mukofot Turkiya va Ozarbayjondan kelgan eng muvaffaqiyatli ijrochilar, aktyorlar va modellarga beriladi. G‘oliblar tomoshabinlar va Turkiyaning mashhur shaxslaridan iborat hakamlar hay’ati ovozlari asosida aniqlanadi. O‘shanda ko‘pchilik ovozlar Ozarbayjondan bo‘lgan yosh xonanda Nahide Babashliga berildi.

Xonanda musiqa sohasida ilk qadamlarini bosayotgan bo‘lsa-da, uning ijrosidagi qo‘shiqlar Turkiyada, ayniqsa, mashhur. Babashli uni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirib shunday degandi: “Judayam asabiylashgandim. O‘z ismim aytilganda ko‘zyoshlarimni to‘xtatib qololmadim. Qo‘shiq kuylashga kirishganimda bu mukofotni olish mening orzum edi va hozir u amalga oshdi. Buning uchun oilam va muxlislarimga rahmat”, dedi Babashli.

“Oltin kapalak”ni 2017 yilda Ozarbayjondan birinchi marta xalq artisti Roya Ayxan qo‘lga kiritgan, ikkinchi marta esa 2018 yilda Ozarbayjon xalq artisti Aygun Kazimovaga berilgan. Babashli bu mukofotni olgan uchinchi ozarbayjonlik xonanda bo‘ldi.

Itini mashina urib yuborganda Ozarbayjondan ko‘chib ketmoqchi bo‘lgan

Nahide 2022 yilda sevimli uy hayvoni — itini yo‘qotdi, bu unga juda yomon ta’sir qildi. Bu haqda u o‘z Instagram sahifasida yozib qoldirgan. “Yo‘l-transport hodisasida men sevimli Koʻpük laqabli itimni yo‘qotdim. Nima yozsam ham, nima desam ham men juda g‘amginman. U men uchun hamma narsa edi”, deb yozgandi u o‘z postida. Babashli bu voqeadan keyin vatanini bir umrga tark etishni rejalashtirganini aytdi.

“Hodisa Bokuda yuz berdi — itimni mashina urib, qochib qoldi. Men hali ham shokdaman. Chiptalar sotib oldim va bir necha soatdan keyin mamlakatni tark etaman. Men qaytmayman. Madaniyatingiz, mentalitetingiz, muhabbatingiz hammasi yo‘q bo‘lsin”, deb yozgandi xonanda.

Foto Instagram
Shunindek, uy hayvonlariga mehribon Nahide 2023 yilda Turkiyada yuz bergan halokatdan keyin qutqaruvchilar tomonidan qutqarilgan uy hayvonlarini boshpanaga olishga tayyorligini ham bildirib shunday degan: “Har kuni jabrlanganlarga yordam yig‘ishda ishtirok etyapmiz. Bu dahshatli fojia menga juda katta ta’sir qildi. Men bola asrab olishni juda xohlardim, lekin hozircha o‘zimni bu qadamga tayyor his qilmayapman, shuning uchun bir nechta hayvonni boshpanaga olishga tayyorman va bu borada tegishli tashkilotlarga murojaat qildim”, degandi Babashli.

2 yillik sirli nikoh

San’atkor 2021 yilda Turkiya fuqarosi Serkan Kuchukjeylan bilan turmush qurgan. Nikoh pandemiya davriga to‘g‘ri kelgan va ular yashirin holda turmush qurib, to‘y qilmasdan, faqat nikohni rasmiylashtirgan edilar. San’atkor turmushini yashirib yurgan edi. Hatto turmush o‘rtog‘i Nahide bilan fotosuratlarini tarqatgan bo‘lsa-da, qo‘shiqchi hech qanday ma’lumot bermagan edi. Suratlarda yoshlar juda baxtli ko‘rinishardi ammo nikoh oradan 2 yil o‘tib bekor qilindi.

Foto Instagram
Nahide va Serkan 2023 yilda 2 yil davom etgan nikohni 10 daqiqa davom etgan sudda bekor qilishgan, Nahide Kuchukjeylandan hech qanday tovon puli talab qilmagan.

Nahide O‘zbekistonga, bayram dasturlariga va konsertlarga tez-tez taklif etiladi. Jumladan, 2020 yilda Zohirshoh Jo‘rayevning konsertiga tashrif buyurib, u bilan birga “Leyli de yor” taronasini ijro etgan. Zohirshoh Jo‘rayev Nahide bilan bir necha yillik do‘st ekanligini intervyularida aytib o‘tgan.

Muxlislar ushbu duetni juda iliq kutib olishgan. Shuningdek, Nahidening ijtimoiy tarmoqlardagi suratlarida uni Samarqandga ham borib turishini ko‘rish mumkin.

O‘xshash yangiliklar

Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva marhum turmush o’rtog’i, O’zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aktrisa bergan
Madaniyat Bugun, 16:40
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Xonanda Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishi, “O‘zbekkonsert” bilan munosabatlar va majburiy xizmatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U soliq
Madaniyat Bugun, 15:56
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yaqinlashib kelayotgan 12 dan 30 aprelgacha bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsertlari oldidan bergan intervyusi bilan yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu
Madaniyat Kecha, 23:50
Qizaloq va Maymoq multfilmi bahs va taqiqlarga sabab boʻldi
Qizaloq va Maymoq multfilmi bahs va taqiqlarga sabab boʻldi
“Qizaloq va Maymoq” multfilmi ko‘p marotaba madaniy qarshiliklar va ota-onalarning noroziliklari sababidan qiyinchiliklarga duch kelgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu rus animatsion serial
Madaniyat Kecha, 19:52
Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning bir yoshini nishonladi
Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning bir yoshini nishonladi
Mashhur turk aktrisasi Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning birinchi tug‘ilgan kunini bayramona ruhda nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Go‘zal aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda ushbu muhim voqeaga oid
Madaniyat Kecha, 18:11
Samandar Hamraqulov qizi Maryamxon uch yoshga to‘ldi
Samandar Hamraqulov qizi Maryamxon uch yoshga to‘ldi
So‘nggi paytlarda boshlovchi sifatida faoliyat yuritayotgan Samandar Hamraqulov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quvonchli xabar bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U qizi
Madaniyat Kecha, 17:42