Toshkentda Naqsh hunarmandchilik maktabi ish boshladi
Toshkent shahrida Naqsh hunarmandchilik maktabi faoliyat boshladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Ushbu loyiha O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Britaniyaning Qirol jamg‘armasi an’anaviy san’at maktabi (KFSTA) hamkorligida tashkil etildi. Maktabning ochilishi haqida O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ma’lum qildi.
KFSTA maktabi ko‘p yillar davomida dunyoning turli burchaklaridan kelgan ustalarni me’morchilik, naqsh, xattotlik va an’anaviy hunarmandchilik sohalarida o‘qitib kelmoqda. Endilikda bu tajriba O‘zbekistonda ham tatbiq etilmoqda.
Naqsh maktabi birinchi yilida beshta kurs tashkil qiladi. Birinchi kurs Toshkentda o‘tkaziladi, keyingi kurs esa Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasida bo‘lib o‘tadi.
Samarqandda talabalarga XV asr yodgorliklari misolida islomiy san’at naqshlari o‘rgatiladi. Ushbu maktab an’anaviy san’at sohasida bilim va ko‘nikmalarni oshirishga xizmat qiladi hamda yosh hunarmandlarga o‘z mahoratlarini rivojlantirish imkonini yaratadi.
Maktab faoliyati madaniyatimizning boy merosini saqlash va rivojlantirishga katta hissa qo‘shadi. Bu loyihaning amalga oshirilishi mamlakatda san’at va hunarmandchilik sohasida yangi imkoniyatlar ochilishiga sabab bo‘ladi.