Bugun
Abduqodir Husanov Pep Gvardiola yordamida rivojlanmoqda
+20°
пасмурно ветер 2.1 м/с, ЮВ

Mirshakar Fayzulloyev: “Gentra – qorong‘ulik timsoli” (intervyu)

Madaniyat
100

Mirshakar Fayzulloyev: “Gentra – qorong‘ulik timsoli” (intervyu)
Kun podkasti'ning bu galgi mehmoni stendap-komik, yumorist Mirshakar Fayzulloyev bilan ijodkorning so‘nggi katta konserti, konsert uchun tayyorlangan antiqa taklifnomaning ramziy ma’nosi, konsert jarayonida Gentra'ning pachaqlanishida qanday ma’no borligi, bu g‘oyaning oilaviy qadriyatlarga taalluqli jihatlari, ijodkorning “MTV shou” loyihasidan nima sababdan ketgani, bugun telekanallarda shou loyihalar tayyorlamaslik sabablari va boshqa mavzularda suhbatlashildi.

Shu yilning 15 fevral kuni Toshkentdagi Humo Arena majmuasida o‘zbek stendap-komigi Mirshakar Fayzulloyevning ilk katta konserti bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir nafaqat hazil-mutoyibalar, balki ajablanarli performans bilan ham yodda qoldi. Konsertga taklifnoma shaklida bonkaning tanlanishida ham o‘ziga xos g‘oya bor edi. Ijodkorning fikriga ko‘ra, uning tag zamirida oilaviy qadriyatlarga sodiqlik masalasi ham turishi o‘ylangan.

– Bugun qaysi mavzuda tomoshabinlar bilan muloqot qilish qiyin?
– Tomoshabin har xil. Katta sahnaga chiqqanda biz negadir mingta odamni tomoshabin deyishga o‘rganib qolganmiz. Mingta odamning har biri alohida shaxs. Stendap klubda esa tomoshabin bizga yaqin o‘tiradi. Ularning emotsiyalarini aniq ko‘rib turasiz. Shu sabab stendap klubda ishlash nisbatan murakkab.

– Siz qaysi mavzularda umuman gapirmaysiz?
– Kimningdir hayot mazmuniga aylangan mavzularda gapirmayman. Bu mavzularning sizga keltiradigan foydasidan ko‘ra yetkazadigan zarari ko‘proq. Qolaversa, biror kimning jismoniy kamchiliklariga to‘xtalmayman. Bundan tashqari, tomoshabinning shaxsiyati haqida umuman to‘xtalmaslikka harakat qilaman.

– Sizni hech esdan chiqmaydigan darajada tanqid qilganlar bo‘lganmi?
– Aynan shunaqasi bo‘lmagan, lekin o‘rinli maslahat aytishgan. NTT telekanali bo‘lardi. Shu kanal xodimi menga Buxoro shevasida gapirmaslikni maslahat bergan. Ya’ni sheva mening ajralib turadigan jihatim, lekin doim undan foydalanaversam, boshqa alohidalik menda bo‘lmasligini aytgan. O‘rinli maslahat bo‘lgan va qabul qilganman. Yana bir maslahat, menga ko‘zoynak taqishni tavsiya qilishgan. Ko‘zoynak yuzimdagi jiddiylikni yashirishini to‘g‘ri tushuntirishgan. Bularni qabul qilganman. Kulishim borasida ham ko‘p aytishgan. Lekin bundan voz kecholmayman, uzr, buni men tanlamaganman.

– Hazil qilayotgan ijodkorning o‘z haziliga o‘zi kulishi to‘g‘ri deb o‘ylaysizmi?
– Bunda chegara yo‘q, vaziyatga bog‘liq. Agar bu samimiy chiqish bo‘ladigan bo‘lsa, vaziyatdan kelib chiqsa, bu o‘rinli. Siz ham odamsiz, sizda ham hissiyot bor, bu tabiiy. Agar stendap konsert bo‘lsa, bunda kulish ham ssenariy asosida bo‘ladi.

– “Milliy” telekanalida siz boshlovchilik qilgan “MTV shou” loyihasini eng ko‘rimli bo‘lib turgan vaqtda to‘xtatdingiz. Nega?
– Xuddi shunday hissiyot bilan esda qolishi uchun. Boshida shouda 50 ta odam ishlardi. Keyin ikkita-ikkitadan ijodkorlar olinib, boshqa loyihalarga jalb qilingan edi. Asta-sekin loyihadagi ijodkorlar kamayishni boshladi. Bu esa to‘g‘ridan to‘gri sifatga ta’sir qiladi. Orqada katta jamoa ishlagan har kunlik loyihani to‘rtta odam bilan qilish juda qiyin edi. Va siz ko‘rib turibsiz, hozir shu holatda davom etsangiz, bu ko‘rsatuv kundan kunga yomonlashib boradi. Lekin hozir to‘xtatsangiz, hech narsa o‘zgarmaydi. Keyin loyiha kamchiliklarini aytib to‘xtatishganidan ko‘ra, bugun o‘zimiz to‘xtatishni ma’qul topdik.

O‘xshash yangiliklar

Rayhon yangi qo‘shig‘i Dil poralar bilan muxlislarini lol qoldirdi
Rayhon yangi qo‘shig‘i Dil poralar bilan muxlislarini lol qoldirdi
O‘zbekiston estradasining taniqli yulduzi Rayhon muxlislariga “Dil poralar” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipni taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Qo‘shiqning muallifi Alem
Madaniyat Kecha, 17:48
Zarina Nizomiddinova san’at va oilada yangi sahifa ochdi
Zarina Nizomiddinova san’at va oilada yangi sahifa ochdi
Zarina Nizomiddinova 37 yoshga to‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U 1989 yil 29 martda Toshkent shahrida san’atkorlar oilasida tavallud topgan. Aktrisa afsonaviy “Yalla” ansambli asoschilaridan
Madaniyat Kecha, 16:38
Toshkentda Navro'z sadolari xalqaro festivalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Toshkentda Navro'z sadolari xalqaro festivalining ochilish marosimi bo'lib o'tdi
Toshkent shahrining zamonaviy va tarixiy madaniyat markazlaridan biri bo'lgan Turkiston san'at saroyida Navro'z sadolari milliy cholg'u ko'p ovozli ansambl va orkestrlari
Madaniyat 15:48, 31-03-2026
Sardor Mamadaliyev Sherali Jo'rayev qo'shiqlari uchun javobgarlikka tortildi
Sardor Mamadaliyev Sherali Jo'rayev qo'shiqlari uchun javobgarlikka tortildi
O'zbekistonlik mashhur xonanda Sardor Mamadaliyev marhum shoir va bastakor Sherali Jo'rayevga tegishli qo'shiqlarni kerakli ruxsatnomasiz ijro etgani uchun qonun doirasida
Madaniyat 15:43, 31-03-2026
Ledi Gaga sahna nomining qiziqarli kelib chiqish tarixi
Ledi Gaga sahna nomining qiziqarli kelib chiqish tarixi
Oxirgi kunlarda butun dunyo bo'ylab mashhur pop-superulduz Ledi Gaga o'zining qirq yoshlik bayramini nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu san'atkorning hayoti va ijodi
Madaniyat 07:48, 31-03-2026
San’atkorlar soliq yukidan to‘y daromadiga bog‘liq muammolarni aytmoqda
San’atkorlar soliq yukidan to‘y daromadiga bog‘liq muammolarni aytmoqda
O‘zbekistonlik xonanda Samandar Xamraqulov san’atkorlar uchun joriy etilayotgan soliq to‘lovlari haqida o‘z fikrini ijtimoiy tarmoqlarda bildirib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning
Madaniyat 17:49, 30-03-2026