Bugun
Toshkentdan Chorvoqqa qulay avtobus qatnovi 2026 yilda yo'lga qo'yiladi
+13°
пасмурно ветер 2.8 м/с, С

Koʻzi ojiz ustoz maqom san'atini yosh avlodga etkazmoqda (video)

Madaniyat
93
Koʻzi ojiz ustoz maqom san'atini yosh avlodga etkazmoqda (video)
Shahriyor Dodojonovning koʻzlari ojiz, u dunyoni koʻra olmaydi, lekin uni maqom sadolarida eshitadi. Sogʻligʻi bilan bogʻliq cheklovlarga qaramay, u oʻqituvchi boʻlib, hozir bolalarga an'anaviy san'atdan saboq bermoqda.

“Ota-onalar farzandini olib keladi va oʻylashadi: qanday dars oʻtar ekan? Keyin bir-ikki marta oʻzlari kirib, dars faoliyatimni koʻrganidan keyin xursand boʻlishadi. Haqiqatdan ham yaxshi dars oʻtar ekan, deb menga iliq fikrlar bildirishgan”, - deydi u.

Shahriyor bolaligidan artist boʻlishni orzu qilgan, koʻzi ojizlik unga toʻsiq boʻlmagan. Oilasi, ustozlari va kursdoshlarining qoʻllab-quvvatlashi bilan u Oʻzbekiston Davlat san'at va madaniyat institutini tamomladi, endi esa Sirdaryo viloyatidagi kichik shaharchada bolalarga maqomni oʻrgatmoqda.

“Men shunday fikrdamanki, chet el qoʻshiqlarini eshitgandan koʻra, oʻzimizning maqom ashulalarimizni, ustozlar qoldirgan an'anaviy ashulalarni chiroyli qilib, sayqal berib aytsa, albatta, yoshlar ham tinglaydi”, – deydi Dodojonov.

U har bir oʻquvchiga alohida munosabatda boʻlib, maqom ijrosining murakkabligiga qaramay, hech kimni ajratmaydi.
“Men oʻylaymanki, ustozning hech qachon shogird tanlashga haqqi yoʻq, chunki shogirdlar keladi. Ularning ustoz tanlashga haqqi bor. Lekin ustoz kelgan oʻquvchi bilan munosabatni qilib, ilk saboqni beradi. Agar oʻsha bolaning oʻzida qobiliyat boʻlsa, oxirigacha olib ketadi. Yoki oʻzini boshqa sohada sinashga majbur boʻladi”, - deydi u.

Sputnik Oʻzbekiston lavhasida Shahriyor oʻz hayotidagi qiyinchiliklarni qanday enggani, an'anaviy san'atni saqlab qolish nima uchun muhimligi va oʻquvchilariga qanday yondashishini hikoya qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Sardor Mamadaliyev oliyjanob xonandalar haqida fikr bildirdi
Sardor Mamadaliyev oliyjanob xonandalar haqida fikr bildirdi
Xonanda Sardor Mamadaliyev “IntervyuTV” ko‘rsatuvida unga “Siz uchun oliyjanob xonandalar kimlar?” degan savol berildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu savolga javoban o‘z fikrlarini samimiy
Madaniyat Kecha, 14:39
Yorqinxoja Umarovdan ota va qizga bag‘ishlangan yangi tarona
Yorqinxoja Umarovdan ota va qizga bag‘ishlangan yangi tarona
O‘zbekistonlik xonanda Yorqinxoja Umarov yaqinda ota qalbini chuqur his-tuyg‘ular bilan to‘ldiruvchi yangi qo‘shig‘ini taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan
Madaniyat Kecha, 12:04
Shahzoda Muhammedova Bell obrazida tomoshabinlarni lol qoldirdi
Shahzoda Muhammedova Bell obrazida tomoshabinlarni lol qoldirdi
O‘zbekistonlik dizayner va aktrisa Shahzoda Muhammedova o‘zining ijodiy yo‘nalishi bilan yana bir bor tomoshabinlarni hayratga soldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda
Madaniyat Kecha, 12:01
Jamila G‘ofurovaga Faryod filmi uchun avtomobil sovg‘a qilindi
Jamila G‘ofurovaga Faryod filmi uchun avtomobil sovg‘a qilindi
O‘zbek kino olamining yorqin yulduzi Jamila G‘ofurova yaqinda ijodiy faoliyatidagi qiziqarli voqea haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aktrisaga berilgan savolda shunday
Madaniyat Kecha, 11:40
Yulduz Rajabova sevgi va hayot haqidagi qarashlarini ochiq so‘zladi
Yulduz Rajabova sevgi va hayot haqidagi qarashlarini ochiq so‘zladi
O‘zbek kino va san’at sohasida o‘ziga xos o‘rni bor bo‘lgan Yulduz Rajabova yaqinda hayot va muhabbat haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aktrisaga berilgan oddiy,
Madaniyat 17:31, 17-03-2026
Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan Tamerlan filmi taqdimoti
Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan Tamerlan filmi taqdimoti
Buyuk sarkarda Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan “Tamerlan” filmining yangi treyleri tomoshabinlarga taqdim etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu kino asarga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga
Madaniyat 16:19, 17-03-2026