Bugun
Manchester Siti Liverpulni mag‘lub etib Uembli yo‘llanmasini oldi
+17°
пасмурно ветер 1.6 м/с, С

Jennifer Lopez konsertiga chiptalar 5 iyundan sotuvda

Madaniyat
66
Jennifer Lopez konsertiga chiptalar 5 iyundan sotuvda
O‘zbekiston madaniyati va san’ati rivojlanish jamg‘armasi jahon yulduzi JENNIFER LOPEZning Toshkentdagi konsertiga chiptalar sotuvining rasmiy boshlanishi haqida e’lon qildi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi.

2025 yil 5 iyundan boshlab muxlislar ushbu ulkan tadbirga chiptalarni xarid qilishlari mumkin. Birinchi marta O‘zbekistonda, 2025 yil 7 avgust kuni “Milliy” stadionida Jennifer Lopezning “Up All Night — LIVE IN 2025” nomli jahon bo‘ylab turnesi doirasida konserti bo‘lib o‘tadi.

Tomoshabinlarni dunyo bo‘ylab mashhur qo‘shiqlar ijrosi, ajoyib xoreografiya va noyob atmosfera kutmoqda. Konsert tashkilotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, chiptalar narxi 1 040 000 so‘mdan 4 100 000 so‘mgacha bo‘lib, har bir tomoshabinga mos keladigan turli variantlar taqdim etilgan.

Energetik raqs uchun turadigan joylar quyidagicha: sahna oldidagi to‘q sariq rangli VIP Standing — 3 770 000 so‘m, sahna yonidagi ko‘k rangli Fanzone — 3 510 000 so‘m, sahna oldidagi yashil rangli Dance Floor — 2 990 000 so‘m. O‘tirish joylari esa uch guruhga bo‘lingan: eng arzon chiptalar — 1 040 000 so‘m (yuqori qavatdagi to‘q moviy zona), o‘rta narxdagi chiptalar — 1 560 000 dan 2 990 000 so‘mgacha (sahna yaqinidagi yoki yaxshiroq ko‘rinish taqdim etuvchi sektorlar), premium joylar — 4 100 000 so‘m (sahna oldidagi binafsha rangli zona).

Chiptalarni iticket.uz sayti, mobil ilovasi va kassalar orqali xarid qilish mumkin. Onlayn xarid qilingach, mobil ilovada avtorizatsiyadan o‘tish lozim.

Biletlar “Mening chiptalarim” bo‘limida paydo bo‘ladi. Kirish uchun QR-kod konsert boshlanishidan 24 soat oldin faollashadi.

Xavfsizlikni ta’minlash va firibgarlikning oldini olish maqsadida chiptalarning skrinshoti yoki qurilmaga yuklab olishiga ruxsat berilmaydi. Konsertga faqat mobil ilovada taqdim etilgan chipta asosida kirish mumkin.

Bu qaror tomoshabinlarni himoya qilish va elektron chiptalarning soxtalashtirilishini, sprekulyatsiyasini oldini olish uchun qabul qilingan. Chiptalar sotuvining boshlanish vaqti: 2025 yil 5 iyun, soat 12:00.

Konsert sanasi: 7 avgust 2025 yil. O‘tkaziladigan joy: “Milliy” stadion, Toshkent.

Tashkilotchi: O‘zbekiston madaniyati va san’ati rivojlanish jamg‘armasi.

O‘xshash yangiliklar

Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
Gulchehra Sa’dullayeva Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi
O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva marhum turmush o’rtog’i, O’zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayevni mehr bilan esladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aktrisa bergan
Madaniyat Kecha, 16:40
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishiga munosabat bildirdi
Xonanda Jahongir Otajonov san’atkorlarga soliq joriy etilishi, “O‘zbekkonsert” bilan munosabatlar va majburiy xizmatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U soliq
Madaniyat Kecha, 15:56
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
Yulduz Usmonova yangi konsertida qalbga ta’sir qiluvchi asarlar taqdim etadi
O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova yaqinlashib kelayotgan 12 dan 30 aprelgacha bo‘lib o‘tadigan yakkaxon konsertlari oldidan bergan intervyusi bilan yana jamoatchilik e’tiborini tortdi. Bu
Madaniyat 23:50, 4-04-2026
Qizaloq va Maymoq multfilmi bahs va taqiqlarga sabab boʻldi
Qizaloq va Maymoq multfilmi bahs va taqiqlarga sabab boʻldi
“Qizaloq va Maymoq” multfilmi ko‘p marotaba madaniy qarshiliklar va ota-onalarning noroziliklari sababidan qiyinchiliklarga duch kelgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu rus animatsion serial
Madaniyat 19:52, 4-04-2026
Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning bir yoshini nishonladi
Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning bir yoshini nishonladi
Mashhur turk aktrisasi Neslihan Atagul o‘g‘li Azizning birinchi tug‘ilgan kunini bayramona ruhda nishonladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Go‘zal aktrisa ijtimoiy tarmoqlarda ushbu muhim voqeaga oid
Madaniyat 18:11, 4-04-2026
Samandar Hamraqulov qizi Maryamxon uch yoshga to‘ldi
Samandar Hamraqulov qizi Maryamxon uch yoshga to‘ldi
So‘nggi paytlarda boshlovchi sifatida faoliyat yuritayotgan Samandar Hamraqulov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida quvonchli xabar bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U qizi
Madaniyat 17:42, 4-04-2026