Bugun
Toshkent va Farg'onada yangi milliy tabiat bog'lari tashkil etiladi
+21°
пасмурно ветер 1.3 м/с, З

Hafta davomida respublikamiz hududlariga sovuq havo massalari kirib keladi

Oʻzbekiston
133
Hafta davomida respublikamiz hududlariga sovuq havo massalari kirib keladi
29–31 yanvarda sovuq havo massalari Oʻzbekistonning shimoliy hududlaridan butun respublika hududiga tarqala boshlaydi, deya xabar bermoqda Oʻzgidromet agentligi.

Dushanba kuni Oʻzbekistonda quruq va nisbatan iliq ob-havo kutilmoqda, havo harorati +7…+12 daraja boʻladi. Faqatgina respublikaning shimoliy hududlari sovuq antitsiklon ta'sirida boʻlib, harorat kunduzi 0…+5 darajadan oshmaydi.

Toshkent shahrida dushanba va seshanba kunlari yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorat bugun +9…+11, ertaga kechasi 0…+2, kunduzi +6…+8 daraja boʻladi.

29–31 yanvar kunlari vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Havo harorat kechasi 0…–2, kunduzi 0…+2 daraja boʻladi. Sharqiy shamol yoʻnalishini gʻarbiyga oʻzgartirish bilan 5–10 metr/soniya tezlikda esadi.

28 yanvarda Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida biroz qor yogʻadi. Buxoro, Navoiy va Samarqand viloyatlarida kechasi biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Havo harorati kunduzi +5…+10, respublikaning shimoliy hududlarida –2…+3 daraja boʻladi.

Chorshanba-juma kunlari havo harorati kechasi 0…–5 darajagacha, shimoliy hududlar ba'zi joylarida –8 darajagacha, kunduzi 0…+5 darajagacha pasayadi. Respublikaning markaziy va janubi-sharqiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik boʻlib, asosan qor shaklida yogʻadi. Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kuzatilmaydi.

Respublikaning ayrim joylarida tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan yoʻnalishini gʻarbiyga oʻzgartirib 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi mavjud.

O‘xshash yangiliklar

Toshkent va Farg'onada yangi milliy tabiat bog'lari tashkil etiladi
Toshkent va Farg'onada yangi milliy tabiat bog'lari tashkil etiladi
O'zbekistonda tabiatni muhofaza qilish sohasida jiddiy yangiliklar ro'y berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prezidentning 2026 yil 25 mart kuni qabul qilingan qaroriga asosan, Toshkent
Oʻzbekiston Bugun, 10:35
Toshkentda suv ta'minoti cheklovi 30 martdan boshlanadi
Toshkentda suv ta'minoti cheklovi 30 martdan boshlanadi
Toshkent shahar suv ta'minoti aksiyadorlik jamiyati o'zining rasmiy xabarida shahar aholisiga muhim ma'lumot yetkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kommunal xizmatlar brigadalari
Oʻzbekiston Bugun, 06:34
Mirziyoyev va bin Salmon mintaqadagi keskin vaziyatni muhokama qildi
Mirziyoyev va bin Salmon mintaqadagi keskin vaziyatni muhokama qildi
O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Saudiya Arabistoni Podshohligining valiahd shahzodasi hamda Vazirlar Mahkamasi raisi Muhammad bin Salmon Ol Saud o'rtasida jiddiy va muhim
Oʻzbekiston Kecha, 21:42
Buxoroda Nasriddin Afandi va Sharq taomlari festivallari bo'lib o'tadi
Buxoroda Nasriddin Afandi va Sharq taomlari festivallari bo'lib o'tadi
Buxoro shahri 1 aprel kuni o'z mehmonlarini va turar joyda yashovchilarni ikkita katta an'anaviy bayram bilan kutib oladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Turizm qo'mitasi xabar
Oʻzbekiston Kecha, 21:25
Yashil bilet tizimi joriy etilib karbon izi kompensatsiya qilinadi
Yashil bilet tizimi joriy etilib karbon izi kompensatsiya qilinadi
Prezidentimizning Yashil makon umummilliy loyihasini yanada samarali amalga oshirish maqsadida yangi farmon imzolandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu hujjat asosida tabiatni muhofaza qilish va
Oʻzbekiston Kecha, 20:26
O'zbekistonda ob-havo sharoiti o'zgaruvchan kechishi kutilmoqda
O'zbekistonda ob-havo sharoiti o'zgaruvchan kechishi kutilmoqda
Ochib aytish joizki, 30 mart kuni O'zbekiston hududida ob-havo sharoiti o'zgaruvchan kechishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mamlakatning ayrim qismlarida quyoshli va iliq
Oʻzbekiston Kecha, 17:33