Bugun
Jahon neft bozori strategik dengiz yo'llariga bog'liq
+2°
пасмурно ветер 2.3 м/с, СЗ

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

Oʻzbekiston
137
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti tabrigini yo‘lladi.

«Qadrli yurtdoshlar! Avvalo, siz azizlarni, butun xalqimizni ulug‘ ayyom – muborak Ramazon hayiti bilan chin yurakdan samimiy tabriklab, barchangizga o‘zimning yuksak hurmatim va ezgu tilaklarimni izhor etaman», deyiladi tabrik nutqi boshida.

«Ushbu saodatli damlarda bu yilgi Ramazon oyini har tomonlama munosib o‘tkazib, Iyd-al-Fitrni el-yurtimiz bilan birga mana shunday shodu xurramlikda kutib olayotganimiz uchun Yaratganga behisob shukronalar aytamiz», dedi Mirziyoyev.

Davlat rahbarining ta’kidlashicha, tub mohiyatida insonparvarlik g‘oyasi mujassam bo‘lgan muqaddas islom dinining ezgu qadriyatlari bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga naqadar uyg‘un va hamohang ekani Ramazon oyida yanada yaqqol namoyon bo‘ldi.

«Ayniqsa, bu muborak oyning «Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi» degan g‘oya asosida o‘tkazilgani jamiyatimizda tinchlik, do‘stlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi», deyiladi tabrik nutqida.

Mirziyoyev kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalar, keksa, nogiron va yolg‘iz insonlar holidan xabar olish, kambag‘al kishilarning og‘irini yengil qilish, uylar va mahallalarni obod etish, uch avlod vakillari ishtirokida ommaviy daraxt ekish, yangi bog‘u rog‘lar barpo etish bo‘yicha ko‘plab xayriya tadbirlari o‘tkazilganini qayd etdi.

«Mana shu shukuhli ayyomda chet ellarda ona yurtga sadoqat tuyg‘usi bilan yashayotgan vatandoshlarimizni ham Ramazon hayiti bilan chin dildan qutlab, ularga ezgu tilaklarimizni izhor etamiz. Ushbu sharofatli kunda dunyoning uzoq-yaqin o‘lkalaridagi musulmon ummatini ham qizg‘in tabriklab, ularning xalqlari va mamlakatlariga do‘stlik salomimizni yo‘llaymiz. Aziz va muhtaram vatandoshlar! Siz, azizlarni Ramazon hayiti bilan yana bir bor chin qalbimdan muborakbod etib, barchangizga mustahkam sog‘liq, baxtu saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman. Ramazon oyida qilgan barcha ezgu niyat va duolarimiz ijobat bo‘lsin! Alloh taolo jonajon Vatanimiz va xalqimizni o‘z panohida asrasin! Iyd-al-Fitr ayyomi barchamizga muborak bo‘lsin!», deyiladi tabrik nutqi yakunida.

O‘xshash yangiliklar

Sergelida kanal ustidan o'tish muammosi hal qilindi
Sergelida kanal ustidan o'tish muammosi hal qilindi
Toshkent shahri Sergeli tumani hududida joylashgan kanal ustidan o'tish joyi bo'yicha dolzarb muammo yuzasidan rasmiy ma'lumot e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Bugun, 01:44
Toshkentda bahorda kutilmagan qor yog'di
Toshkentda bahorda kutilmagan qor yog'di
Toshkent shahrida 2026 yilning o'n mart kuni tushdan keyin kutilmagan ob-havo hodisasi ro'y berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Soat bir yarimda poytaxtning ko'plab hududlariga qor
Oʻzbekiston Bugun, 01:30
Prezident kelgusi yilgi Navro'zni yuqori saviyada nishonlashga buyruq berdi
Prezident kelgusi yilgi Navro'zni yuqori saviyada nishonlashga buyruq berdi
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kelgusi yili nishonlanadigan Navro'z umumxalq bayramini eng yuqori saviyada va ko'tarinki ruhda o'tkazish haqida muhim
Oʻzbekiston Bugun, 00:54
Toshkentni Samarqand, Andijon va Chorbog'ga ulaydigan yangi yo'llar quriladi
Toshkentni Samarqand, Andijon va Chorbog'ga ulaydigan yangi yo'llar quriladi
O'zbekiston hududida transport sohasini yanada rivojlantirish va mamlakat ichidagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida uchta yirik pullik avtomobil yo'lini qurish bo'yicha muhim
Oʻzbekiston Kecha, 19:37
2026-yildan uy-joy savdosida naqd pul taqiqlanadi
2026-yildan uy-joy savdosida naqd pul taqiqlanadi
O'zbekiston hududida ko'chmas mulk bozorini yanada shaffof qilish va xalq manfaatlarini asrash yo'lida jiddiy yangiliklar amalga oshirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Kelasi
Oʻzbekiston Kecha, 18:45
O'zbekistonda umumxalq xayriya hashari 13 va 14 martlarda o'tkaziladi
O'zbekistonda umumxalq xayriya hashari 13 va 14 martlarda o'tkaziladi
O'zbekiston Respublikasi bo'ylab 13 va 14 mart kunlari umumxalq xayriya hashari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Obod yurt mahalladan boshlanadi degan
Oʻzbekiston Kecha, 14:48