Bugun
Marat Mavlonov Taekvondo WT kumush medalga erishdi
+24°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Sudyalarning mol-mulki ochiqligi ta’minlanadi

O‘zbekiston
39
Sudyalarning mol-mulki ochiqligi ta’minlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-fevral kuni Sudyalar oliy kengashining hisobotini tingladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U sud tizimida adolat va ochiqlikni ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Endilikda sudyalar nafaqat qonun oldida, balki xalq oldida ham o‘z mol-mulklari bo‘yicha hisob berishlari kerak bo‘ladi.

Uchrashuv davomida e’tiborni tortgan asosiy takliflardan biri sudyalar va ularning oila a’zolari mol-mulkini majburiy deklaratsiya qilish tizimini joriy etish bo‘ldi. Shuningdek, sud tizimida komplayens nazorat tizimi yo‘lga qo‘yiladi, bunda xodimlarni ishga qabul qilish jarayoni to‘liq ochiq va shaffof bo‘ladi.

Hisobot davrida sud tizimida qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yganlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘rilgani ta’kidlandi. Jumladan, 19 nafar sudya lavozimidan chetlatildi, 3 nafari jinoiy javobgarlikka tortildi, 58 nafarining lavozimi pasaytirildi, 266 nafari esa intizomiy javobgarlikka tortildi.

Navbatdagi muddat uchun nomzodini ilgari surgan 33 nafar sudya noloyiq deb topildi va tizimdan chetlatildi. Sudyaning faqat odil sudlov bilan shug‘ullanishi kerakligi qayd etilib, xorijiy tajriba asosida “sud ma’murchiligi” instituti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Bu orqali sudyalar moddiy-texnik ta’minot va boshqa tashkiliy ishlardan ozod qilinadi, bu esa ularning mustaqilligi va ish sifatini oshiradi. Sud tizimiga tashqi bosimni kamaytirish borasida ham muhim ishlar amalga oshirilmoqda.

Bosh prokuraturaga sud faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari bo‘yicha 5 ta taqdimnoma kiritildi. Shuningdek, sudyalarga noqonuniy topshiriq bergan va ularga aloqasiz vazifalarni yuklagan rahbarlarning 200 dan ortiq buyruqlari bekor qilindi.

Tizimda gender tenglikni ta’minlash masalalariga ham e’tibor qaratilmoqda. Xususan, 10-mart — Xalqaro ayol sudyalar kunini nishonlash bo‘yicha maxsus rejalar belgilandi.

Ayollar ulushini oshirish masalasida ham muayyan chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Prezident tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ushbu islohotlarning bosh maqsadi — sud idorasiga murojaat qilgan har bir fuqaro adolat borligiga ishonib qaytishini ta’minlashdir.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 4 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 4 oktabr
4 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 763 HY705 Xabarovsk
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 3 oktabr
3 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 00:25 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekistonKecha, 00:11
Bugungi reyslar jadvali — 2 oktabr
2 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25 763
O‘zbekiston00:10, 02-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 1 oktabr
Bugungi reyslar jadvali — 1 oktabr
1 oktabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY8301 Tel-Aviv
O‘zbekiston00:10, 01-10-2026
Bugungi reyslar jadvali — 30 sentabr
Bugungi reyslar jadvali — 30 sentabr
30 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY535 Phuket 01:05 32N HY281 Istanbul 01:10
O‘zbekiston00:10, 30-09-2026
Bugungi reyslar jadvali — 29 sentabr
29 sentabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 01:25
O‘zbekiston00:10, 29-09-2026