Bugun
Let's use: "Politano yordamida Napoli Milanni mag'lub etib g'alaba qozondi" (8 words
+17°
небольшой дождь ветер 4.4 м/с, З

Mirjalol Qosimov jamoasining bugungi g‘alabasi haqida nimalar dedi?

Sport
118
Mirjalol Qosimov jamoasining bugungi g‘alabasi haqida nimalar dedi?
Superliga-2025 dastlabki uchrashuvi OKMK - "Buxoro" (2:1) bahsidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Barchani muborak Ramazon oyi bilan qutlayman. Shuningdek, barcha ayollarimizni ertangi 8-mart bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Chempionatning birinchi bahsi har doim qiyin kechadi va hissiyotlarga boy bo‘ladi. Mavsumni boshlash oson emas. Bugun ikki jamoa ham imkon qadar yaxshi o‘yin namoyish etishdi. Shiddatli, tezkor, hujumkor va jangovar o‘yin guvohi bo‘ldik. Omad bizga kulib boqdi va biz gol ura oldik. Hozir o‘yin sifatiga baho berish noto‘g‘ri, aniqrog‘i hali erta. Ikki jamoa ham bugun yaxshi harakat qildi", - dedi Mirjalol Qosimov bugungi bahs haqida.

- Bugun "Buxoro" OKMKga qanchalik munosib qarshilik ko‘rsata oldi deb o‘ylaysiz? So‘nggi daqiqadagi gol va yakuniy hisob bugungi o‘yin uchun qanchalik adolatli natija bo‘ldi?

- Men "Buxoro" yomon o‘ynadi deganim yo‘q. Ikki jamoa ham yaxshi qarshilik ko‘rsatdi. O‘zimning jamoam ham hozirgi holatdan kelib chiqib yomon o‘yin ko‘rsatmadi. Endi so‘nggi vaziyatga to‘xtalsak, hali vaziyat takrorini ko‘rganim yo‘q. Mening fikrimcha, himoyachi to‘pga birinchi bo‘lib egalik qilish maqsadida edi, ammo to‘pga yeta olmadi. Vaziyat qanchalik adolatli bo‘ldi, bilmayman. Hozir bir narsa deyish qiyin. Barcha xato qilishi mumkin, balki o‘sha vaziyatda xato bo‘lmagandir. Hozircha esa jamoam g‘alaba qozonganidan xursandman.

- OKMK yangi mavsum oldidan asosiy tarkibining o‘zagini saqlab qoldi. Bir nechta yosh futbolchilar va legionerlar bilan bitim imzolandi. OKMKda yig‘ilgan tarkibdan qanchalik ko‘nglingiz to‘lmoqda? Jamoa Superligada o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygan?

- Maqsadimiz har doimgidek eng yuqori. Futbolda ikki jamoa ham 11 nafar futbolchi bilan maydonga tushadi. Qaysidir jamoa 15ta futbolchi bilan o‘ynay olmaydi. Yigitlarga bo‘lgan talablarim maksimal. Muxlislarimizni xursand qilishimiz kerak, natija esa o‘zi keladi. Bosh murabbiy har doim o‘z jamoasida eng yaxshi futbolchilarni ko‘rishni istaydi. Jamoada yangilanish bo‘lishi tabiiy, kimdir jarohat olgan. Hozirgina kiyinish xonasida futbolchilarga tezroq tiklanib olishimiz kerakligini aytdim. Aprel va may oylarida 6ta o‘yinda ishtirok etamiz. Hozirgi kunda shu tarkibdan foydalana olamiz va ushbu tarkib imkon qadar foyda keltirishini istayman.

- Janubiy Sudanlik futbolchi Ajak Riak bugun OKMK safidagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi. Hujumchining bugungi o‘yiniga qanday baho berasiz. Uning o‘rniga maydonga tushgan Ali Abdurahmonov yakunda g‘alaba golini kiritdi...

- Qaysidir futbolchini maqtab, boshqasini yerga urmayman. Bu bir jamoa. Riak bor-yo‘g‘i bir hafta oldin jamoa safiga kelib qo‘shildi. U jamoa yig‘inlarida ishtirok eta olmadi. Umid qilamanki, barcha xarid qilgan futbolchilarimiz jamoaga ko‘p foyda keltirishadi.

O‘xshash yangiliklar

Shomurodov Rossiya Premyer ligasiga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
Shomurodov Rossiya Premyer ligasiga qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yetakchi hujumchisi Eldor Shomurodov Rossiya Premyer-ligasida yana o‘ynash ehtimoli haqida o‘z pozitsiyasini izohlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 08:02
Let's use: "Politano yordamida Napoli Milanni mag'lub etib g'alaba qozondi" (8 words
Let's use: "Politano yordamida Napoli Milanni mag'lub etib g'alaba qozondi" (8 words
Italiya futbol chempionati A Seriyasining 31-turida juda muhim va hayajonli uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mahalliy maydonda Napoli jamoasi Milan klubini qabul qilib
Sport Bugun, 07:43
Arne Slot Liverpulning PSJ bilan o'yin strategiyasini tushuntirdi
Arne Slot Liverpulning PSJ bilan o'yin strategiyasini tushuntirdi
"Liverpul" futbol klubining bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasining chorakfinal bosqichi doirasida "PSJ"ga qarshi o'yin oldidan jamoaning holati va tayyorgarlik
Sport Bugun, 07:17
Real Madrid va Bavariya o'rtasidagi shiddatli kurash kutilmoqda
Real Madrid va Bavariya o'rtasidagi shiddatli kurash kutilmoqda
Ushbu bosqichning eng asosiy va e'tiborni tortuvchi uchrashuvi "Real Madrid" va "Bavariya" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 07:00
The headline is basically a summary of that sentence
The headline is basically a summary of that sentence
Jo Xartning ta'kidlashicha, aynan Abduqodir Husanov bilan bo'lgan epizod Saloh uchun burilish nuqtasi bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O'zbek futbolchisining to'pni
Sport Bugun, 06:33
Eldor Shomurodov ishtirok etgan uchrashuv durang bilan yakunlandi
Eldor Shomurodov ishtirok etgan uchrashuv durang bilan yakunlandi
Turkiya Superligasining 28-turida juda qiziqarli va jangovar uchrashuv bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Istanbul Bashakshehir jamoasi Kojaelispor klubi bilan qarshi tushdi. Har
Sport Bugun, 06:26