Bugun
OpenAI Sora loyihasini past talab va yuqori xarajatlar tufayli to'xtatdi
+20°
пасмурно ветер 0.3 м/с, З

Gvardiola Abduqodir Husanovni oʻynatish masalasida nimalar dedi?

Sport
85
Gvardiola Abduqodir Husanovni oʻynatish masalasida nimalar dedi?
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola tarkib tanlashda jiddiy muammoga duch keladigan boʻldi. Jamoaning asosiy himoyachilaridan biri Manuel Akanji Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida “Real”ga qarshi oʻtkazilgan dastlabki uchrashuvda jiddiy jarohat oldi.

29 yoshli futbolchi endi jarrohlik stoliga yotadi. Kamida 10 hafta davomida jamoaga yordm bera olmaydi. Bu muddat ichida “shaharliklar” bir nechta muhim oʻyinda maydonga tushishi belgilangan.

Koʻpchilik muxlislarni Akanjining oʻrnini kim egallashi qiziqtirmoqda. Xususan, jurnalistlar bu haqda Xosep Gvardioladan ham soʻrashdi. Nomzodlar orasida Abduqodir Husanovning nomi ham tilga olinmoqda.

Sports.uz portali bu masala boʻyicha “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola va jamoaning ashaddiy muxlislari bildirgan fikr-mulohazalarni oʻzbekistonlik futbol ishqibozlari e'tiboriga havola etadi.

Xosep Gvardiola:
Ikki nafar yangi himoyachimiz – Abduqodir Husanov va Vitor Reys zarur paytda “Manchester Siti”ga yordam berishi mumkinmi? Ular markaziy himoyachilar hisoblanadi. Biz Manuel Akanjini oʻynatayotgan pozitsiya oʻng qanot himoyasi. Yangi futbolchilarga bu joyda barqarorlik etishmasligi mumkin. Lekin baribir kimdir oʻynashi kerak.

Mening ixtiyorimda Riko Lyuis bor, Mateus Nunes ham bor. Abduqodir Husanov bu pozitsiyada samarali oʻynab, bizga yordam bera oladimi, yoʻqmi hali buni aniq bilmaymiz. Bu biz tanlaydigan oʻyin uslubi, qanday hujum qilib, qay tariqa himoyalanish taktikamizga bogʻliq boʻladi. Bu masalani yana oʻrganib chiqamiz.

Rik:
Biz muxlislar Akanjini sogʻinib qolmasak kerak. Keyingi paytlarda bu himoyachi koʻp xato qilayotgan edi. Baribir bir kun kelib joyini boshqa oʻyinchilarga boʻshatib berishi kerak edi. Endi davolanish vaqtida yuqori darajaga qanday qaytish masalasida bosh qotirishga vaqti boʻladi.

MU:
Akanjiga salomatlik tilaymiz. U muntazam tarkibdan joy olib kelayotgan edi. Agar Jon Stouns salomat boʻlib tursa, tayanch yarim himoyachi pozitsiyasiga oʻtishi kerak. Chunki Mateo Kovachich ancha boʻsh oʻynayotgan jamoamizda oʻz vazifasini uddalay olmayapti.

Oʻylashimcha, bundan buyon Riko Lyuis va Abduqodir Husanov asosiy tarkibdan muqim joy olish uchun oʻzaro raqobatlashadi.

Jeyms:
Akanjining safdan chiqishi yangi kelgan himoyachilar uchun asosiy tarkibga kirish uchun yangi imkoniyatdir. Jon Stounsning qaytishi bilan himoyadagi yetishmovchiliklar barham topadi. Men himoya markazida Gvardiol, Dias, Reys va Husanovni koʻrishni istayman. Ulardan yuqoriroqda Jon Stouns oʻynasin.

Eslatib oʻtamiz, “Manchester Siti” joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida kuchli toʻrtlikka kirib, Chempionlar ligasi yoʻllanmasi uchun kurashmoqda. Shuningdek, Xosep Gvardiola shogirdlari Evropa Chempionlar ligasi va Angliya kubogi kabi muhim musobaqalarda ishtirokini davom ettiryapti.

O‘xshash yangiliklar

Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Madridning mashhur Real klubi Angliyaning Manchester Siti jamoasidagi yarim himoyachi Rodri futbolchisini o'z safiga qo'shish bo'yicha ilgari belgilangan rejalarini o'zgartirdi.
Sport Bugun, 08:07
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Oxirgi kungacha futbol dunyosida katta ahamiyatga ega bo'lgan xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Portugaliyalik iste'dodli yarim himoyachi Bernardu Silva joriy mavsum
Sport Bugun, 08:03
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Barselona futbol klubi himoyachisi va Portugaliya terma jamoasi a'zosi Joau Kanselu kelgusi Jahon chempionati oldida o'z millatining kuchli da'vogarligiga chuqur ishonch bildirmoqda.
Sport Bugun, 07:43
Bernardu Silva Barselonaga o'tishni orzu qilmoqda
Bernardu Silva Barselonaga o'tishni orzu qilmoqda
Britaniya matbuotida e'lon qilingan so'nggi xabarlarga ko'ra, mashhur portugaliyalik futbolchi Bernardu Silva o'yin faoliyatini Kataloniya jamoasi Barselona safida davom
Sport Bugun, 07:43
Pep Gvardiola ketganda uning o'rniga Vensan Kompani kelishi mumkin
Pep Gvardiola ketganda uning o'rniga Vensan Kompani kelishi mumkin
Manchester Siti klubi joriy mavsum yakunlanganidan so'ng bosh murabbiy Pep Gvardiolaning jamoadagi kelajagi haqida qiziqishlar ortib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ispaniyalik
Sport Bugun, 07:06
Dana Uayt Maxachev bilan Makgregor jangi haqida gapirdi
Dana Uayt Maxachev bilan Makgregor jangi haqida gapirdi
Birlashgan Boks Tashkiloti prezidenti Dana Uayt hozirgi kunda sport olamida eng ko'p muhokama qilinayotgan mavzu bo'lgan Islom Maxachev va Konor Makgregor o'rtasidagi yozgi jang
Sport Bugun, 06:57