Bugun
«Augsburg» «Kyoln»ni mag‘lub etib, 9-o‘ringa ko‘tarildi
+4°
переменная облачность ветер 2.4 м/с, СЗ

Xushnudbek Xudoyberdiyevning o‘yinoldi fikrlari: Omadimiz kelsa 0:0, kelmasa...

Sport
105
Xushnudbek Xudoyberdiyevning o‘yinoldi fikrlari: Omadimiz kelsa 0:0, kelmasa...
Xabaringiz bor, bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 saralashi doirasida Eron terma jamoasi bilan o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv oldidan futbol jamoatchiligi, shuningdek, jamoat arbobi sanalgan boshqa soha vakillarining uchrashuv haqidagi taxminlari bilan qiziqdik.

Quyida huquqshunos, bloger hamda Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi direktori Xushnudbek Xudoyberdiyevning o‘yinoldi fikrlari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

- Ertangi uchrashuvda terma jamoamizni g‘alaba qozonishiga ishonyapsizmi?
- Ishonmayapman, lekin umid va duo qilyapman.

- O‘yin jarayoni sizningcha qanday kechadi?
- Juda qiyin. Menimcha, saralash bosqichidagi eng og‘ir o‘yin bo‘ladi. Birinchidan, Eron o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Jahon chempionati yo‘llanmasini yirik hisobda g‘alaba qozonib, qo‘lga kiritishni xohlaydi. Shu sababli, masalan, 1:0 yutayotgan bo‘lsa ham, hujum qilishda davom etaversa kerak. Ikkinchidan, Eron uchun biz prinsipial raqibmiz, musobaqaning ahamiyati va darajasidan qat’i nazar, ular doim biz bilan murosasiz o‘ynashadi.

- Taxminan, qanday hisob qayd etiladi va kimlar gol uradi?
- Omadimiz kelsa, 0:0 durangni saqlab qolamiz. Omadimiz kelmasa, 2:0 yoki 3:0 bo‘lishi mumkin. Ilohim, omadimiz kelsin.

- Umumiyroq savol. Termamizning ikkinchi o‘rinni olib, Jahon chempionatiga chiqish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- 60%. Ayrim nashrlar O‘zbekiston imkoniyati 90% dan baland baholayotgani meni hayron qoldirmoqda. Vaziyatga real qarasak, bunday katta imkoniyatimiz yo‘q. Masalan, Eronga o‘xshab bittagina durang yoki hattoki bittagina g‘alaba ham bizni JCHga olib chiqa olmasligi mumkin. Ahamiyatlisi, 8-turdan keyin bizning imkoniyatimiz ko‘payish o‘rniga pasayishi ham mumkin. Masalan, Eronga yutqazsag-u, BAA va Qatar yutsa, imkoniyatimiz 50% ga tushadi. Mabodo, Xudo ko‘rsatmasin, BAAga ham yutqazib qo‘ysak, unda 20-25% ga tushib ketadi. Xullas, bizni juda qiyin 3ta o‘yin kutib turibdi.

O‘xshash yangiliklar

Karrik: Maguayr jamoa uchun muhim futbolchi
Karrik: Maguayr jamoa uchun muhim futbolchi
"Manchester Yunayted" futbol klubi bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoa himoyachisi Garri Maguayr haqida iliq fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar
Sport Bugun, 21:59
Jikiya jarohatdan forig‘, asosiy tarkibga qaytadi
Jikiya jarohatdan forig‘, asosiy tarkibga qaytadi
"Antalyaspor" jamoasi himoyachisi Georgiy Jikiyaning so‘nggi o‘yinlarda maydonga tushmaganiga uning agenti Malik Arutyunov izoh berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Agentning so‘zlariga
Sport Bugun, 21:37
Guberniyev: Rossiya kuchli jamoalar bilan o‘ynashi qiyin
Guberniyev: Rossiya kuchli jamoalar bilan o‘ynashi qiyin
Sport sharhlovchisi Dmitriy Guberniyev Rossiya terma jamoasining mart oyidagi o‘yinlariga belgilangan raqiblar bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Valeriy Karpin
Sport Bugun, 21:13
“Real” va “Siti” yana pley-offda to‘qnash keladi
“Real” va “Siti” yana pley-offda to‘qnash keladi
UEFA Chempionlar Ligasining 1/8 final bosqichiga qur’a tashlandi va unda “Real Madrid” hamda “Manchester Siti” o‘rtasidagi qarama-qarshilik eng diqqatga sazovor juftlik sifatida ajralib turdi. Bu
Sport Bugun, 20:54
Pavlovich: Muvaffaqiyat siri mehnat va intizomda
Pavlovich: Muvaffaqiyat siri mehnat va intizomda
Myunxenning "Bavariya" futbol klubi a'zosi, serbiyalik himoyachi Aleksandr Pavlovich 21 yoshida jamoaning asosiy tarkibidan joy oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U o‘zining
Sport Bugun, 20:49
O‘zbekiston bokschilari “Strandja” turnirida g‘alabalar qozonmoqda
O‘zbekiston bokschilari “Strandja” turnirida g‘alabalar qozonmoqda
Bolgariyaning Sofiya shahrida o‘tayotgan an’anaviy “Strandja” xalqaro boks turnirida chorak final bahslari boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bosqichning dastlabki janglari O‘zbekiston
Sport Bugun, 20:26