Bugun
Arsenal klubida o'n bir futbolchi jarohat olgan
+22°
пасмурно ветер 1.6 м/с, З

Gvadiola Abduqodir Husanovdan nega hayratga tushganini aytdi!

Sport
92
Gvadiola Abduqodir Husanovdan nega hayratga tushganini aytdi!
Abduqodir Husanov Angdiya Premer-ligasining 25-turidan oʻrin olgan “Manchester Siti” va “Nyukasl” oʻrtasidagi uchrashuvni toʻliq oʻtkazdi.

Ta'kidlash joizki, 20 yoshli markaziy himoyachining “qargʻalar”ga qarshi namoyish qilgan oʻyini mutaxassislar tomonidan yuqori baholanmoqda. Shuningdek, oʻzbek futbolchisining uchrashuvdagi faolligi va xatti-harakatlari manchesterlik futbol ishqibozlariga ham har tomonlama ma'qul keldi.

Statistik markazlar ekspertlarining hisob-kitoblariga koʻra, Abduqodir ancha yaxshi koʻrsatkichlarni qayd etdi. Legionerimiz ushbu oʻyin davomida 76 marta toʻpga teginishga muvaffaq boʻlib, 68 ta uzatma berdi. Ularning 63 tasi jamoadoshlariga aniq etib bordi (94 %).

Bundan tashqari, iqtidorli himoyachi oʻyin davomida 7 bora uzoq masofaga uzatmani amalga oshirdi, raqib jarima maydonchasi atrofiga xavfli vaziyat keltirib chiqargan uchta pas uzatdi, sakkiz marotaba himoyaviy harakatlarni bajardi, barcha yakkakurashlarda gʻolib chiqdi va biror marta raqibga aldangani yoʻq,

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola Evropa Chempionlar ligasi yoʻllanmasi uchun kurashda asosiy raqobatchilaridan biri ustidan qozonilgan yirik hisobdagi gʻalaba ishtirokchilari haqida ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

- Bu bahsda biz aslida qanday jamoa boʻlganimizni esga oldik. Joriy mavsum bugungi oʻyinga qadar bunaqa yuqori darajaga chiqa olmagandik. Lekin hech qachon harakatni toʻxtatmaganmiz. Faqat ayrim holatlarda harakatlar oʻxshamagan vaziyatlar ham boʻldi.

Oʻyin tempi, shiddati va intensivligi menga ma'qul keldi. Niko Gonsales va Abduqodir Husanov bugun juda zoʻr oʻynadi. Evropa Chempionlar ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritishimiz uchun bu kabi bellashuvlarda gʻalaba qozonish shart, - dedi Gvardiola.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Angliyaga koʻchib oʻtganidan beri ilk bor toʻliq uchrashuv oʻtkazgan Abduqodir Husanovning kuchli va zaif tomonlarini ham aytib oʻtdi.

- Husanovning hujumga oʻtishdagi tezligi hafratlanarli darajada zoʻr va aynan mana shu xususiyati uchun uni tanlaganmiz. Haqiqatan, Abduqodir juda tezkor.

Biroq Abduqodir yakkakurashlarda gʻolib chiqolmasa, darrov ortiqcha darajada agressiv oʻyinchiga aylanib qoladi.

Husanov hali moslashish jarayonida, bu biroz vaqt talab qiladi, hali legionerimiz hamma narsani oʻrganib oladi, - dedi Xose Gvardiola “Manchester Siti” klubi rasmiy sayti vakillari bilan suhbatda.

Ta'kidlash joizki, endi “Manchester Siti”ni oldinda ikkita murakkab toʻqnashuv kutib turibdi. “Shaharliklar” 19 fevral kuni Madridda “Real” mehmoni boʻladi. Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining birinchi uchrashuvda Karlo Anchelotti shogirdlari “Etixad”dan 3:2 hisobidagi gʻalaba bilan qaytgan. Xosep Gvardiola endi raqib maydonida revansh olishga urinib koʻradi.

23 fevralda esa, manchesterliklarni Premer-liga peshqadami “Liverpul” bilan uy uchrashuvi kutib turibdi.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ushbu boʻlajak bellashuvlarda Abduqodir Husanovga bemalol ishonch bildirishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Arsenal klubida o'n bir futbolchi jarohat olgan
Arsenal klubida o'n bir futbolchi jarohat olgan
Sport es nashri xabar berishicha, so'nggi xalqaro tanaffusdan keyin Londonning Arsenal futbol klubida vaziyat biroz murakkablashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mavsumning eng hal qiluvchi
Sport Bugun, 11:10
Mourinyo Ronaldosiz Portugaliyani oddiy jamoa deb baholadi
Mourinyo Ronaldosiz Portugaliyani oddiy jamoa deb baholadi
Benfika futbol klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo Portugaliya terma jamoasi uchun Krishtianu Ronalduning o'rinbosarsiz ahamiyatini ochiq va bevosita baholab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 10:53
O'zbekiston va Venesuela terma jamoalari o'rtasida jiddiy futbol bahsi
O'zbekiston va Venesuela terma jamoalari o'rtasida jiddiy futbol bahsi
Poytaxtimizda yana bir bor futbol havosi shiddat bilan o'ylarini olmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. FIFA Seriya 2026 doirasida o'tadigan O'zbekiston va Venesuela terma jamoalari
Sport Bugun, 10:49
Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Real Madrid Rodrini olib kelish rejasidan voz kechdi
Madridning mashhur Real klubi Angliyaning Manchester Siti jamoasidagi yarim himoyachi Rodri futbolchisini o'z safiga qo'shish bo'yicha ilgari belgilangan rejalarini o'zgartirdi.
Sport Bugun, 08:07
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Bernardu Silva mavsum oxirida Manchester Sitini tark etadi
Oxirgi kungacha futbol dunyosida katta ahamiyatga ega bo'lgan xabarlar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Portugaliyalik iste'dodli yarim himoyachi Bernardu Silva joriy mavsum
Sport Bugun, 08:03
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Kanselu Portugaliya terma jamoasi Jahon chempionati g'olibi bo'ladi deb ishonch bildirmoqda
Barselona futbol klubi himoyachisi va Portugaliya terma jamoasi a'zosi Joau Kanselu kelgusi Jahon chempionati oldida o'z millatining kuchli da'vogarligiga chuqur ishonch bildirmoqda.
Sport Bugun, 07:43