Bugun
O'zbekistonda banklar o'rtasida yangi A2A to'lov tizimi ishga tushdi
+22°
пасмурно ветер 1.3 м/с, ЮЗ

Farg‘onada super o‘yin yoxud 4-sanada 4-turga start beriladi

Sport
127

Farg‘onada super o‘yin yoxud 4-sanada 4-turga start beriladi
4 aprel kuni Superliganing 4-turi boshlanadi va 6 aprelga qadar davom ettiriladi. Faqat bu safar 7 ta juftlik ishtirokidagi uchrashuvlarga guvoh bo‘lamiz. “Qizilqum” – “Xorazm” uchrashuvi boshqa muddatga qoldirildi.

4 aprel.

18:00. “Buxoro” – “Bunyodkor”


Boshlanishi B harfi bilan yuritiladigan jamoalar ishtirokidagi bellashuv o‘ziga xos ahamiyatga ega. “Bunyodkor” klubi mag‘lubiyatsiz odimlamoqda va hisobida 7 ochko bor. “Buxoro” garchi mag‘lubiyat bilan boshlagan bo‘lsa-da, keyingi ikkita turda ishonchli g‘alabalarga erishdi. Har ikki klub joriy mavsumda o‘zlaridan yaxshi taassurot qoldirishayotgani e’tiborga molik. “Buxoro” ham, “Bunyodkor” ham jangovar o‘yin namoyish etishmoqda. Odatda, bu kabi jamoalar o‘rtasidagi o‘yin g‘oyat shiddatli hamda qiziqarli ruhda o‘tadi.

20:15. “Surxon” – “Qo‘qon-1912”

Ikkala jamoa ham chempionatda hozircha g‘alaba nimaligini bilmayapti. Pro ligadan qaytgan qo‘qonliklarda g‘alaba bo‘lmaganiga yarasha mag‘lubiyat ham yo‘q. Uchta o‘yinda uchta durang o‘ynashdi. “Surxon”da esa natijalar yomon. Barcha o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi. Bu safar termizliklar uchun yana bir imkoniyat. O‘z maydonida, muxlislari qarshisida maydonga tushishadi. “Qo‘qon-1912” ilk bor olis safarga chiqadi. Bungacha uchta turni asosan o‘z hududida o‘tkazdi. Ikki marta Qo‘qonda va bir marta Farg‘onada “Neftchi”ga qarshi bahs olib bordi. “Surxon” ruhiy o‘raga tushib qolgani bois undan qutulishi qiyin bo‘lyapti. Qo‘qonliklar ham dastlabki g‘alabasi uchun kurashadi. Biroq “Surxon” maydonida bir ochko qo‘lga kiritadigan bo‘lsa ham buning uchun ular ortiqcha tanqid qilinmasa kerak.

5 aprel.

19:30. “Neftchi” – “Navbahor”


Turning markaziy o‘yini. Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida vodiy derbisi bo‘lib o‘tadi. Chempionlik uchun asosiy da’vogarlardan sanalgan “Neftchi” uchta turda uchta durang o‘ynab qo‘ydi. “Navbahor” esa bir g‘alaba va ikki durangga ega bo‘lib turibdi. G‘alabaga tashna bo‘lib turgan farg‘onaliklarni endi durang qoniqtirmaydi. “Navbahor” o‘tgan turda ham vodiy derbisida ishtirok etgan va o‘z uyida “Andijon”ga qarshi uchrashuvda oxirgi daqiqada g‘alabani qo‘ldan chiqargan. Navbatdagi derbida endi farg‘onaliklarda bosim ko‘proq bo‘ladi. Shundoq ham har turda “Neftchi”da kuchli bosim sezilyapti va bu tabiiy. Bunday qimmatli va yulduzli tarkib bilan har bir o‘yinda g‘alaba qozonishi shart bo‘lib qolgan. Derbida hozircha imkoniyatlar teng. Qolganini o‘yinda ko‘ramiz.

20:15. “Sho‘rtan” – “Nasaf”

Bu yoqda vodiy derbisi, u yoqda esa voha derbisi. “Sho‘rtan”ning uy arenasi ta’mirlanayotgani sababidan Qarshidagi “Markaziy” stadiondan foydalanyapti. Shu bois “Nasaf”ga qarshi bahsda “Sho‘rtan” nominal mezbon maqomida, “Nasaf” esa uyida “mehmon” rolida. Superligada gol urmagan birgina “Sho‘rtan” qoldi. Anvar Berdiyev jamoasi uchun navbatdagi uchrashuv yanada og‘ir o‘tishi ma’lum. Tarkib, o‘yin va nom jihatidan “Nasaf”ning favoritligiga hech kimda shubha yo‘q. “Sho‘rtan” o‘tgan turda Qo‘qonda dastlabki ochkosini qo‘lga kiritdi. Derbida jiddiy kurash kechadi, ammo tajriba ko‘p narsani hal qilsa kerak.

6 aprel

17:45. “Andijon” – “Mash’al”


Uchta turda uchta durang o‘ynagan “Andijon” klubi bu safar Muborakning “Mash’al” jamoasini qabul qiladi. 2 aprel kuni “Mash’al” Toshkentda qoldirilgan o‘yin doirasida “Paxtakor”ga 5:0 hisobida yutqazdi va ular Andijonga qanday kayfiyatda kelishlarini tasavvur qilish qiyin emas. Aftidan, jamoa a’zolari 29 mart kuni Jizzaxda “So‘g‘diyona” ustidan qozonilgan g‘alabada (1:0) bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib yuborgan ko‘rinadi. “Andijon” mavsumdagi birinchi g‘alabasini qo‘lga kiritish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

18:00. “So‘g‘diyona” – “Paxtakor”

Bu juftlik ham turning qiziqarli o‘tishi kutilayotgan bellashuvlardan biri. “So‘g‘diyona” kutilmaganda startni juda yomon boshladi va uchta turda uchta mag‘lubiyat! “Paxtakor” ham ikkita turda ikki marta yutqazib, yaxshi boshlay olmagandi. 2 aprel kuni 1-turning qoldirilgan uchrashuvi doirasida “Mash’al” bilan uchrashuvda bor alamini oldi va javobsiz 5 ta gol urdi. “Paxtakor”ga qarshi uchrashuvda maydonda chinakam jang bo‘ladi. “So‘g‘diyona”da garchi omadsizlik bo‘lsa-da, “Paxtakor”ga qarshi bellashuv uchun motivatsiya yetarli bo‘lsa kerak. Bu bahsda murabbiylarning taktikasi hamda tayyorgarligi ko‘p narsani hal qiladi.

20:15. OKMK – “Dinamo”

Musobaqa peshqadami – OKMK bu safar Samarqandning “Dinamo”sini qabul qiladi. Uchta turda uchta g‘alabaga erishgan Mirjalol Qosimov jamoasini oson bo‘lmagan uchrashuv kutmoqda. Chunki Vadim Abramov har qanday raqibga qarshi himoyaga chekinadigan emas, balki hujumkor uslubni qo‘llaydi. Shu orqali ular Namanganda g‘alabani qo‘ldan chiqarib durang o‘ynadi. Uyida “Mash’al”ni, Toshkentda esa “Paxtakor”ni yutdi. O‘z navbatida samarqandliklar uchun OKMKga qarshi bo‘ladigan o‘yin og‘ir o‘tadi. Murabbiylar bir-birini yaxshi bilishadi. Tomoshabop o‘yin kechishi katta ehtimol.

O‘xshash yangiliklar

Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
FIFA futbolchilarni himoya qilish kunlari arafasida Qarshi shahridagi Nasaf klubi Toshkentning Orol jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bahs Toshkent
Sport Bugun, 23:01
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City jamoasi hujumchisi Omar Marmoushning kelajagi futbol dunyosida qizg'in muhokama mavzusiga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Tajribali insayder va jurnalist Ismoil
Sport Bugun, 22:01
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Seriya kampaniyasini yanada jiddiyroq sinovdan o'tkazmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi terma jamoa 30
Sport Bugun, 21:56
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Shields Gazetta nashrining so'nggi xabarlariga ko'ra, Germaniyaning mashhur Bavariya futbol klubi Angliyaning Nyukasl United jamoasida o'ynaydigan yarim himoyachi Sandro Tonaliga
Sport Bugun, 21:41
Grandmeyster Divya o'n million dollarni rad etdi
Grandmeyster Divya o'n million dollarni rad etdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi ya'ni FIDE matbuot xizmati doimiy ravishda shaxmat olamining yetuk va mashhur vakillarini turli mazmunli savollar orqali sinovdan o'tkazib keladi. Bu haqda
Sport Bugun, 21:38
Tiago Alkantara Klopp va Gvardiola uslubidagi farqlarni ochib berdi
Tiago Alkantara Klopp va Gvardiola uslubidagi farqlarni ochib berdi
Sobiq Liverpul, Bavariya va Barselona jamoalarida muvaffaqiyatli o'ynagan ispaniyalik yarim himoyachi Tiago Alkantara o'zining ko'p yillik tajribasini umumlashtirib, dunyoga mashhur
Sport Bugun, 21:01