Bugun
Shveysariya AQSHga qurol eksportini to'xtatdi
+18°
пасмурно ветер 1.8 м/с, СЗ

Maksim Shatskix: "Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga kirishib ketdi, endi u yerdan chiqmaydi"

Sport
157
Maksim Shatskix: "Abduqodir Husanov "Manchester Siti"ga kirishib ketdi, endi u yerdan chiqmaydi"
​"Paxtakor" prezidentining sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Maksim Shatskix sports24.kz saytiga bergan intervyusida Angliyaning "Manchester Siti" jamoasida o‘ynayotgan o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov haqida fikrlarini bildirdi.

- Maksim Aleksandrovich, Husanov haqida nima deysiz? "Manchester derbisi" va "Kristal Pelas"ga qarshi o‘yinda Gvardiola o‘zbekistonlik himoyachini maydonga tushirmadi. Sizningcha, Abduqodir "shaharliklar" boshlang‘ich tarkibida o‘ynay oladimi?

- Uning o‘ynamagani hech narsani anglatmaydi. Abduqodir boshlang‘ich tarkibda o‘ynaydi. Husanov "Manchester Siti"ning kelajagi ekanligini avval ham aytganman, hozir ham aytyapman va bundan keyin ham aytaman. U albatta o‘ynaydi! Kechirasiz-u, yigit hali 21 yoshda. U allaqachon "Manchester Siti" safida ishonchli o‘yinlar ko‘rsatib ulgurdi. Hozir ingliz klubida qayta shakllantirish jarayoni ketyapti va bu, menimcha, davom etadi.

Hech kimga sir emas, hamma ko‘rib turibdiki, hozirgi "Manchester Siti" o‘zining oldingi darajasida emas. Shuning uchun jamoada qayta shakllantirish bo‘ladi. Husanovni ham aynan shu jarayonga taklif qilishgan. Abduqodir juda yuqori mahoratga ega futbolchi. Shu bilan birga, yaxshi inson. Unda futbolchiga kerakli intellekt va jismoniy kuch bor. Yevropa maydonlarida superklubda o‘ynash uchun barcha sifatlarga ega. Uning avval o‘ynab, keyin o‘yinga qo‘yilmagani oddiy rotatsiya. Bu futbolda normal holat.

- Nima bo‘lmasin, u APL grandida tajriba orttirmoqda!
- Husanov "Manchester Siti"ga kirishib ketdi, endi u yerdan chiqmaydi. Uning faoliyati endi yaxshi bo‘ladi. Hammasi o‘ziga bog‘liq. Abduqodir ruhan juda barqaror. Ba’zi himoyachilar yoki darvozabonlar xatolardan keyin o‘zlarini yo‘qotib qo‘yishlari mumkin. Lekin bu Husanovga tegishli emas! U bu jihatdan mutlaqo xotirjam va tushunarsiz his-tuyg‘ularga berilmaydi. Bu borada Husanovning fazilatlari juda yaxshi.

- Husanovni afsonaviy himoyachilardan biriga o‘xshatsa bo‘ladimi? Masalan, Puyol yoki Pikega?
- Puyolga o‘xshamaydi. U emotsional jihatdan biroz boshqacha futbolchi. Husanov madaniyatli, odobli va kam gapiradi. Ehtimol, vaqt o‘tishi va yoshi ulg‘ayishi bilan bu narsa unda paydo bo‘lar. Abduqodir deyarli gapirmaydi, jim turib o‘z ishini qiladi.

- Ehtimol, Pepega o‘xshar? Kurashchi!
- Ehtimol. Lekin Pepe ulg‘ayganida, tezligi va jismoniy holati yetarli bo‘lmay qolganda, shunday bo‘ldi. Shunda u buni biroz boshqacha usullar bilan qoplay boshladi. Keling, Husanov Husanovdek bo‘lsin!

O‘xshash yangiliklar

Manchester City Arsenal o'rniga chempionlikni qo'lga kiritishini istaydi
Manchester City Arsenal o'rniga chempionlikni qo'lga kiritishini istaydi
Premer-liganing eng so'nggi mavsumi shafqatsiz poygaga aylanib, ko'plab muxlislar orasida qizg'in munozaralarni keltirib chiqarmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The Athletic
Sport Bugun, 17:26
Souness Salohni klubni tark etishga chaqirdi
Souness Salohni klubni tark etishga chaqirdi
Liverpool klubi tarixidagi namunali yarim himoyachilaridan biri hisoblangan Grem Souness, jamoa safidagi eng yorqin yulduzlardan Muhammad Salohga nisbatan keskin fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 17:20
Kannavaro milliy jamoa futbolchilarini mart yig'ini uchun chaqirdi
Kannavaro milliy jamoa futbolchilarini mart yig'ini uchun chaqirdi
O'zbekiston milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro mart oyida o'tkaziladigan yig'in uchun futbolchilar ro'yxatini rasman e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 16:16
Yuventus Bernardo Silva uchun yetti million yevrolik taklif tayyorlamoqda
Yuventus Bernardo Silva uchun yetti million yevrolik taklif tayyorlamoqda
La Gazzetta dello Sport nashrining xabariga ko‘ra, «Yuventus» klubi «Manchester Siti» jamoasining yarim himoyachisi Bernardo Silvaga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 12:51
Betis Barселonaning yosh himoyachisi Esparga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Betis Barселonaning yosh himoyachisi Esparga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Ispaniya futbolida yangi transfer haqida qiziqarlixabarlar taraldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Andalusiyaning Betis klubi Kataloniyaning mashhur Barселona jamoasining yosh himoyachisi Xavi
Sport Bugun, 12:31
Inter Luninni sotib olishga qiziqish bildirmoqda
Inter Luninni sotib olishga qiziqish bildirmoqda
Milan shahridagi "Inter" jamoasi o'z tarkibini yangi darvozabon bilan to'ldirishga qaratilgan izlanishlarini davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hozirda klub
Sport Bugun, 12:03