Bugun
Tramp Eronga quruqlikdan askar yuborishni hozircha rejalashtirmayapti
+11°
пасмурно ветер 1.8 м/с, С

Fevzi Davletov "Surxon"ning mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?

Sport
151
Fevzi Davletov "Surxon"ning mag‘lubiyati haqida nimalar dedi?
Superliganing 5-turidan o‘rin olgan "Nasaf" - "Surxon" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Birinchi bo‘limda juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. "Nasaf" esa xatolarni kechirmaydigan jamoa. Raqib ko‘p vaziyatlarga ega bo‘ldi, ammo Potapov jamoani qutqardi. O‘tkazib yuborgan golimizda, aynan himoyachilar Potapovga yordamga kelishi kerak edi. Tanaffusdan keyin esa o‘zgarishlarga qo‘l urdik. Hujumga o‘tishga harakat qildik, ammo qizil kartochkadan so‘ng agressivroq o‘ynashimiz kerak edi. Ikkita yoki uchta vaziyatlarga ega bo‘ldik, ammo ulardan foydalana olmadik. Ushbu jabhada yaxshiroq ishlashimiz kerak ekan. "Nasaf" juda yaxshi himoyalandi" - deya fikr bildirdi Fevzi Davletov bugungi bahs haqida.

- "Surxon" bugungi o‘yinda o‘z oldiga qanday maqsad qo‘ygan edi?
- Biz har bir o‘yinda g‘alaba qozonishni ko‘zlaymiz. Bugungi uchrashuv ham bundan istisno emas.

- O‘tgan mavsumda "Surxon" jamoasining hujum chizig‘i ancha yaxshi edi. Joriy mavsumda esa jamoa hujumda muammolarga duch kelayotgandek...
- Ha, bizga agressiya yetishmayapti.

- O‘tgan turda Potapov maydonga qaytdi va "Surxon" g‘alaba qozondi. Bugun esa u jamoani ko‘p marotaba qutqardi. Dastlabki uch turda u nega zaxirada qolib ketdi?
- Artyom yanvar va fevral oylarini jarohat tufayli o‘tkazib yubordi va shu sababli mavsumga to‘liq tayyorgarlik ko‘ra olmadi. Undan oldingi o‘yinlarda esa qanday gollar o‘tkazib yuborganimizni ko‘rdingiz. Yo‘q joydan xatolarga yo‘l qo‘ydik va gollar o‘tkazib yubordik. Bugun Artyom jamoani qutqardi.

- Birinchi bo‘limda jamoangiz chiroyli futbol namoyish etdi, tanaffusdan keyin esa vaqtni cho‘zish va shunga o‘xshash jamoaga yarashmaydigan ishlar kuzatildi. Bunday holatlar ro‘y berishiga bosh murabbiyning ko‘rsatmalari sabab bo‘ldimi?
- Yo‘q, albatta. Bunday holat hissiyotlar sababli.

- Bugungi hakamlikni qanday baholaysiz?
- Hakamlarning qaroriga baho beradigan komissiya bor. Men faqatgina o‘z jamoamning o‘yini haqida gapirishim mumkin.

- Hamidjonovga sariq kartochka ko‘rsatilgan vaziyatda siz futbolchiga tinchlan degandek ko‘rsatma berdingiz. Futbolchi esa sizga nisbatan keskin e’tiroz bildirdi. Shundan so‘ng futbolchi zahiraga olindi. Hamidjonovning reaksiyasini qanday qabul qildingiz?
- Uning o‘tgan mavsumdagi harakatlarini ham ko‘rgan edingiz. Hakam kartochka ko‘rsatmoqda, bunday vaziyatda chetga o‘tish kerak. Qo‘shimcha gap-so‘zning nima keragi bor. U emotsiyalarga berilib ketdi. Ikkinchi sariq kartochkani ishlab olmasligi uchun zahiraga oldik. O‘tgan mavsumda u qizil kartochka olgan edi, esingizda bo‘lsa.

O‘xshash yangiliklar

Chempionlar Ligasi ramziy jamoasi e'lon qilindi
Chempionlar Ligasi ramziy jamoasi e'lon qilindi
Yevropa Chempionlar Ligasining sakkizdan bir final bosqichidagi javob uchrashuvlari o'z nihoyasiga yetdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu jiddiy va shahvoniy bahslar yakunlanganidan
Sport Kecha, 23:29
Chempionlar ligasi chorakfinali o'yinlari sanalari e'lon qilindi
Chempionlar ligasi chorakfinali o'yinlari sanalari e'lon qilindi
Yevropa futbolining eng nufuzli va katta e'tiborni jalb qiladigan musobaqasi hisoblangan UEFA Chempionlar ligasining yangi mavsumi chorakfinal bosqichi o'yinlari sanalari rasman e'lon
Sport Kecha, 23:01
Buxoro klubi Dinamoni uchga bir hisobida mag'lub etdi
Buxoro klubi Dinamoni uchga bir hisobida mag'lub etdi
O'zbekiston Superligasining to'rtinchi turida Buxoro shahrida o'tgan jiddiy bahsda mahalliy Buxoro klubi mehmon Dinamo jamoasini qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uchrashuv
Sport Kecha, 22:27
Termizda judo bo'yicha mamlakat kubogi g'oliblari aniqlandi
Termizda judo bo'yicha mamlakat kubogi g'oliblari aniqlandi
Termiz shahrida uch kun davom etgan yoshlar o‘rtasidagi judo bo‘yicha mamlakat kubogi ko‘p vazn toifalarida qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Musobaqa yakunida Toshkent
Sport Kecha, 16:52
Superkompyuter Chempionlar Ligasi g'olibini bashorat qildi
Superkompyuter Chempionlar Ligasi g'olibini bashorat qildi
Futbol dunyosida mashhur bo'lgan superkompyuter UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasi bo'yicha eng so'nggi va ehtimolliklarni hisobga olgan prognozini ommaga e'lon qildi. Bu haqda
Sport Kecha, 16:42
Manchester United Bellingham uchun 150 million yevro taklif qilmoqda
Manchester United Bellingham uchun 150 million yevro taklif qilmoqda
Angliyaning Manchester United futbol klubi Ispaniyaning Real Madrid jamoasi tarkibidagi yosh va iste'dodli yarim himoyachi Jeyd Bellinghamni o'z safariga qo'shish uchun jiddiy
Sport Kecha, 16:21