Bugun
Ramazon hayiti 20 mart juma kuniga to'g'ri keladi
+13°
пасмурно ветер 2.1 м/с, С

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»dan ketishi mumkin: uning taqdiri qaysi klub bilan bog‘liq?

Sport
132
Abduqodir Husanov «Manchester Siti»dan ketishi mumkin: uning taqdiri qaysi klub bilan bog‘liq?
O‘zbekiston milliy terma jamoasining yosh iqtidorli himoyachisi Abduqodir Husanovning «Manchester Siti»dagi kelajagi hozircha noaniq bo‘lib turibdi. 21 yoshli futbolchi atrofidagi vaziyat yevropalik jurnalistlar va futbol ekspertlarining diqqat markaziga tushgan.

Bir qator nufuzli nashrlar maʼlum qilishicha, “shaharliklar” yosh futbolchiga muntazam o‘yin amaliyoti taqdim etish maqsadida uni boshqa klubga ijara asosida berishi mumkin. Bu orqali Abduqodir Yevropa futboli tezligiga moslashishi va muhim tajriba orttirishi mumkin bo‘ladi.

Qizig‘i, fevral oyida «Manchester Siti»ning eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olingan Abduqodir, keyingi o‘yinlarda o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ydi va asosiy tarkibdan zaxira o‘rindig‘iga o‘tib qoldi.

Manchester klubining bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham ijara muddati Husanovning kelajakdagi salohiyati uchun foydali ekanligini taʼkidlab, bu tajriba uning professional o‘sishiga yordam berishini aytgan.

Hozirda esa sekin-asta Abduqodir Husanovga qiziqish bildirgan jamoalarning nomi oydinlasha boshladi. Italiyaning lalazio.com sayti tarqatgan maʼlumotlarga ko‘ra, A Seriyaning yetakchi klublari uni qo‘lga kiritish imkoniyatini o‘rganmoqda.

«A Seriyaning kuchli jamoalari transfer bozoridagi harakatlarini hech qachon to‘xtatmaydi. Ular navbatdagi transfer oynasiga hozirdanoq tayyorgarlik ko‘rishyapti. Ayrim klublar mavsumning qizg‘in pallasi bo‘lishiga qaramay, o‘z tarkibini kuchaytirish uchun yangi nomlarni belgilab qo‘ygan. Ular orasida «Manchester Siti»ning iqtidorli himoyachisi Abduqodir Husanov ham bor», — deb yozmoqda lalazio.com.

Manchesterliklar qishda Fransiyaning “Lans” klubidan 40 million yevroga sotib olgan bu futbolchi, Italiya klublari uchun katta qiziqish uyg‘otmoqda. Xususan, Turinning mashhur “Yuventus” klubi Abduqodirni o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Ispan nashri fichajes.net xabariga ko‘ra, «Manchester Siti» rahbariyati Abduqodir bilan xayrlashish variantini jiddiy o‘ylamoqda. “Yuventus” esa vaziyatdan unumli foydalanib, o‘zbek himoyachisini Italiyaga olib kelish uchun moliyaviy imkoniyatlarni ko‘rib chiqyapti.

Qiziq bir jihati shundaki, bu transfer ikki klub o‘rtasida futbolchi almashish orqali ham amalga oshishi mumkin. «Manchester Siti» ancha vaqtdan beri “Yuventus” himoyachisi Andrea Kambyazoni kuzatib kelmoqda va yozda ikki klub Husanov va Kambyazo almashinuvi borasida muzokara olib borishi kutilayapti.

Italiyalik ekspert M.Salvatorening taʼkidlashicha, agar kelishuv amalga oshsa, “Yuventus” futbolchi almashuvidan tashqari muayyan miqdorda pul ham ishlab olishi mumkin.

Abduqodir Husanov «Manchester Siti»ga o‘tishidan avval ham Yevropaning yigirmaga yaqin klubidan takliflar olgan edi. Shunday ekan, u manchesterliklarni tark etgan taqdirda ham ishsiz qolmasligi aniq. Husanovning kelajagi qaysi klub bilan bog‘liq bo‘lishi o‘zbek muxlislari uchun qiziqarli mavzu bo‘lib qolmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Termizda judo bo'yicha mamlakat kubogi g'oliblari aniqlandi
Termizda judo bo'yicha mamlakat kubogi g'oliblari aniqlandi
Termiz shahrida uch kun davom etgan yoshlar o‘rtasidagi judo bo‘yicha mamlakat kubogi ko‘p vazn toifalarida qizg‘in bahslarga boy bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Musobaqa yakunida Toshkent
Sport Bugun, 16:52
Superkompyuter Chempionlar Ligasi g'olibini bashorat qildi
Superkompyuter Chempionlar Ligasi g'olibini bashorat qildi
Futbol dunyosida mashhur bo'lgan superkompyuter UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasi bo'yicha eng so'nggi va ehtimolliklarni hisobga olgan prognozini ommaga e'lon qildi. Bu haqda
Sport Bugun, 16:42
Manchester United Bellingham uchun 150 million yevro taklif qilmoqda
Manchester United Bellingham uchun 150 million yevro taklif qilmoqda
Angliyaning Manchester United futbol klubi Ispaniyaning Real Madrid jamoasi tarkibidagi yosh va iste'dodli yarim himoyachi Jeyd Bellinghamni o'z safariga qo'shish uchun jiddiy
Sport Bugun, 16:21
Tudor Tottenhamning kelajakka ishonchi yo'qolmaganini ta'kidladi
Tudor Tottenhamning kelajakka ishonchi yo'qolmaganini ta'kidladi
Igor Tudor Londonning Tottenham jamoasi Chempionlar ligasidan chiqib ketganiga qaramay, klubning kelajakka bo'lgan ishonchini yo'qotmaganini ochiq aytib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 15:48
O'zbekiston ayollar terma jamoasi Filippinni mag'lubiyatga uchratdi
O'zbekiston ayollar terma jamoasi Filippinni mag'lubiyatga uchratdi
O'zbekiston ayollar milliy terma jamoasi Osiyo kubogi doirasidagi jahon chempionatiga saralash bahslarida Filippin terma jamoasi bilan qiyin uchrashuv o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 15:23
Levandovski Chempionlar ligasi tarixida 41 ta klubga gol urdi
Levandovski Chempionlar ligasi tarixida 41 ta klubga gol urdi
Robert Levandovski Yevropa futboli sahnasidagi shon-sharafli yo'lida yana bir yangi va muhim bosqichni bosib otdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Polshalik hujumchi Chempionlar ligasi 1/8
Sport Bugun, 15:23