Bugun
O'zbekistonda banklar o'rtasida yangi A2A to'lov tizimi ishga tushdi
+21°
пасмурно ветер 1.2 м/с, ЮЗ

G‘alaba va mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan jamoalarning o‘yini qiziqmi?

Sport
104
G‘alaba va mag‘lubiyat nimaligini bilmayotgan jamoalarning o‘yini qiziqmi?
2-4 may kunlari Superligada 8-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Rejalashtirilgan 8 ta o‘yin ham o‘ziga xos intrigalarga sabab bo‘lmoqda. Har bir uchrashuvga e’tibor chindan yuqori. Quyida ushbu juftliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘yinlar haqida mutaxassis fikrlari bilan tanishishingiz mumkin.

2 may

18:15. “Xorazm” – “Nasaf”


Turni “Xorazm” – “Nasaf” qarama-qarshiligi boshlab beradi. Jizzaxda bo‘lib o‘tadigan bahsda “Xorazm” nominal mezbon vazifasida bo‘ladi. Qiziqarli intriga. Hakim Fuzaylov jamoasi oxirgi bor ikkinchi turda “Surxon” ustidan g‘alaba qozongan. Shundan beri ular muxlislarini xursand qila olmayapti. “Nasaf” ushbu uchrashuv favoriti hisoblanadi. “Xorazm” bu o‘yinda durang o‘ynasa ham ijobiy natija sifatida qabul qilinishi tabiiy.

20:30. “Bunyodkor” – “Qo‘qon-1912”

Ilyos Zeytullayev jamoasi yaxshi taassurot qoldiryapti. O‘tgan turda mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan OKMKni mag‘lub etishdi. “Bunyodkor” ham hali chempionatda yutqazgani yo‘q. Pro ligadan Superligaga qaytgan jamoalar orasida “Qo‘qon-1912”ning o‘yini ancha tajovuzkor ko‘rinyapti. Shu bois “Bunyodkor” maydonida keskin ruhdagi uchrashuv guvohiga aylanamiz. Kichik ustunlik esa mezbonlarda.

3 may

18:00. “Buxoro” – “Mash’al”


O‘tgan yili pro ligada kurash olib borishgan bu ikki klub endi Superligada o‘zaro to‘qnash keladilar. “Buxoro” o‘tgan turda Namanganda yirik hisobda imkoniyatni boy bergach, bosh murabbiy Ulug‘bek Baqoyev rahbariyatdan iste’fo so‘rashi haqida matbuot anjumanida aytib o‘tgandi. Ammo hozircha bu narsa ro‘y bermadi va uning o‘zi jamoani o‘yinga tayyorlamoqda. “Mash’al”ga qarshi uchrashuvda “Buxoro”ni g‘alabadan boshqasi qanoatlantirmaydi. Muborakliklar ham sovg‘a emas. Imkoniyatlar teng baholanmoqda.

19:30. OKMK – “Andijon”

Bizni yana bir qiziqarli bellashuv kutmoqda. Oxirgi paytlarda mag‘lubiyatlar girdobiga tushib qolgan “Andijon” bu safar Olmaliqda Mirjalol Qosimov boshchilik qilayotgan OKMKga qarshi maydonga tushadi. Bu o‘yinda jamoalarning ruhiy tayyorgarligi asosiy o‘ringa chiqadi. O‘tgan turda ikkalasi ham mag‘lubiyatga uchrashdi. Muxlislarni juda keskin ruhdagi bellashuv kutmoqda.

20:15. “Surxon” – “Paxtakor”

Turning markaziy uchrashuvlaridan biri desak adashmagan bo‘lamiz. “Paxtakor” omadsiz startdan keyin endi o‘ziga kelayotganga o‘xshayapti. Biroq ularni Termizda og‘ir o‘yin kutayotganiga shubha yo‘q. “Surxon”da ham, “Paxtakor”da ham chempionatda hozirgacha 4 ta mag‘lubiyat bor. “Surxon” o‘z uyida kuchli raqibga qarshi ochiq jang taklif qiladimi yoki yopiq o‘yin ko‘rsatib, qarshi hujumlardan omadini izlaydimi? “Paxtakor” esa hujumkor o‘yin ko‘rsatishi aniq. Hozircha imkoniyatlar teng!

4 may

18:00. “Neftchi” – “So‘g‘diyona”


Vitaliy Levchenko jamoasi bu safar Ivan Boshkovich boshchiligidagi “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs olib boradi. Jiddiy o‘yin bo‘ladi. Chempionlik uchun kurashayotgan “Neftchi” o‘tgan safar uyida “Paxtakor”ga 0:4 hisobida mag‘lubiyatga uchragach, muxlislarini qattiq ranjitib qo‘ygandi. Farg‘onaliklarning o‘tgan turda Samarqandda “Dinamo”ga qarshi bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan uchrashuvi qoldirilgan. Levchenko jamoasi bor e’tiborini “So‘g‘diyona” bilan o‘yinga qaratgan. Bu safar ham ochko yo‘qotsa Levchenkoga yana tanqid toshlari otiladi. Lekin Boshkovich jamoasini yengish oson ish emas.

19:00. “Qizilqum” - “Navbahor”

Nihoyat, “Qizilqum” jamoasi o‘z uyiga – Navoiyga qaytmoqda. 4 may kuni “Navbahor”ga qarshi bellashuv “Yoshlar sport majmuasi”da bo‘lib o‘tadi. “Qizilqum” o‘tgan turda Qarshida “Nasaf”dan javobsiz 4 ta gol o‘tkazib yuborgandi. Bu safar esa o‘z uyidagi ochilish o‘yinida navoiyliklar ishqibozlari ko‘z o‘ngida ijobiy natija uchun bor kuchini sarflashi shubhasiz.

20:15. “Sho‘rtan” – “Dinamo”

Superligada g‘alaba qozonmagan birgina “Sho‘rtan” qoldi. To‘g‘ri, yaqinda O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichida "Sho‘rtan" "Olimpik"ni qabul qilib 3:0 hisobida ustun keldi. Lekin hali chempionatda bunday ishni uddalay olmayapti. Anvar Berdiyev jamoasi bu mavsumda hali mag‘lubiyatga uchramagan “Dinamo”ni yengishga urinib ko‘radi. G‘uzorliklar o‘z uyiga qaytdi va muxlislari ko‘z o‘ngida o‘ynaydi. Lekin Vadim Abramov jamoasi ancha xavfli va hujumkor o‘yin namoyish qilyapti. Tajriba borasida “Dinamo” ustunroq. “Sho‘rtan” esa katta ishtiyoq evaziga nimagadir erishishi mumkin, qolganini vaqt ko‘rsatadi.

O‘xshash yangiliklar

Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
FIFA futbolchilarni himoya qilish kunlari arafasida Qarshi shahridagi Nasaf klubi Toshkentning Orol jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bahs Toshkent
Sport Bugun, 23:01
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City jamoasi hujumchisi Omar Marmoushning kelajagi futbol dunyosida qizg'in muhokama mavzusiga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Tajribali insayder va jurnalist Ismoil
Sport Bugun, 22:01
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Seriya kampaniyasini yanada jiddiyroq sinovdan o'tkazmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi terma jamoa 30
Sport Bugun, 21:56
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Shields Gazetta nashrining so'nggi xabarlariga ko'ra, Germaniyaning mashhur Bavariya futbol klubi Angliyaning Nyukasl United jamoasida o'ynaydigan yarim himoyachi Sandro Tonaliga
Sport Bugun, 21:41
Grandmeyster Divya o'n million dollarni rad etdi
Grandmeyster Divya o'n million dollarni rad etdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi ya'ni FIDE matbuot xizmati doimiy ravishda shaxmat olamining yetuk va mashhur vakillarini turli mazmunli savollar orqali sinovdan o'tkazib keladi. Bu haqda
Sport Bugun, 21:38
Tiago Alkantara Klopp va Gvardiola uslubidagi farqlarni ochib berdi
Tiago Alkantara Klopp va Gvardiola uslubidagi farqlarni ochib berdi
Sobiq Liverpul, Bavariya va Barselona jamoalarida muvaffaqiyatli o'ynagan ispaniyalik yarim himoyachi Tiago Alkantara o'zining ko'p yillik tajribasini umumlashtirib, dunyoga mashhur
Sport Bugun, 21:01