Bugun
O'zbekistonda banklar o'rtasida yangi A2A to'lov tizimi ishga tushdi
+21°
пасмурно ветер 1.2 м/с, ЮЗ

"Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi: "30 soniyada barchasi o‘zgarib ketdi"

Sport
35
"Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi: "30 soniyada barchasi o‘zgarib ketdi"
Superliganing 9-turida OKMKga qarshi o‘yindan keyin "Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi Bahrom Haydarov matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida
- Yutqazgan o‘yinni taxlil qilib, keyin gapirish kerak. O‘yin davomida tashabbus OKMK tomonda edi, biz esa ikkinchi raqamli bo‘lib o‘ynashga harakat qildik va buning uddasidan chiqayotgandik. Bunday jamoaga qarshi himoyalanish qiyin. Vaziyatlar yaratishning uddasidan chiqdik. Reja qilingan hujumlarni uyushtirib, buni golga ham aylantirdik. Futbolchilarim bugun juda katta mehnat qilishdi, ular o‘yinga past nazar bilan qarashmadi, bor kuchini berib o‘ynadi. "Bunyodkor"ga qarshi o‘yinda ham himoyadagi qo‘pol xato sababli gol o‘tkazib yuborgandik. Bunday holatlar futbolchining o‘yinga ruhiy tayyor emasligi yoki xatolari ustida ishlamayotganligini anglatadi.

Biroq faqatgina bir vaziyat haqida gapirish yaxshi emas. Hisob 1:0 paytida biz yaxshi qarshi hujumga ega bo‘lgandik. Hisobni 2:0ga yetkazganimizda bu yerda hozir umuman boshqacha fikrlar, boshqacha natija bo‘lardi. Futbol shunaqa, 30 soniya ichida o‘yin, jamoa haqidagi fikrlar o‘zgarib ketdi. Bu tabiiy holat. Bu biz, murabbiylar shtabi, futbolchilarga foydali bo‘lishi mumkin. Shu orqali futbolchilar o‘z xatolarini ko‘rishi, o‘zlariga bo‘lgan fikrlarini o‘zgarishiga turtki bo‘ladi. O‘z uyimizda yutqazdik, garchi birinchi o‘rindagi jamoaga mag‘lub bo‘lgan bo‘lsak ham bu alamli bo‘ldi. Chunki bugun yutishimiz ham mumkin edi.

- Bugun Yegor Kondratyuk va Iqbol Malikjonovning zahirada qoldirilgani barchani hayron qoldirdi. Ularning jarohati bormidi?
- Yo‘q, unday muammolar yo‘q edi. U kuchli jamoalarga qarshi o‘yinlarda Jasur Xolto‘rayevning o‘rniga maydonga tushganida yanada foydali futbolchi ekanligini ko‘rdik. Shu sababli biz shunday qarorga kelgandik. Iqbol Malikjonovga kelsak, u uchta o‘yinda qatnashmadi. Jamoada raqobat juda katta. O‘tgan o‘yinlarda uning nuqtasida o‘ynagan futbolchilarni olib tashlash adolatsizlik bo‘lardi. Chunki ular ham yaxshi o‘yin namoyish qilishgandi. Natija bo‘lmaganidan keyin Iqbol Malikjonov yoki Shota Gvazava bo‘lganida boshqacha bo‘lishi mumkin edi deyishi mumkin. 30 soniyada barchasi o‘zgarib ketdi. Hozir jamoada kim o‘yinga tayyor bo‘lsa, o‘shani maydonga tushiryapmiz. Barchasi raqobat sabab.

- Asliddin Toshtemirovning jarohati qanday? U "Nasaf"ga qarshi o‘ynaydimi?
- Hozirni o‘zida aniq gap aytish qiyin. U oyoq mushaklarini tortib oldi. Ertaga uni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazamiz va barchasi aniq bo‘ladi.

O‘xshash yangiliklar

Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
Orol jamoasi Nasafni ikki golga mag'lub etdi
FIFA futbolchilarni himoya qilish kunlari arafasida Qarshi shahridagi Nasaf klubi Toshkentning Orol jamoasi bilan nazorat uchrashuvi o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu bahs Toshkent
Sport Bugun, 23:01
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City hujumchisi Marmoushning kelajagi aniq emas
Manchester City jamoasi hujumchisi Omar Marmoushning kelajagi futbol dunyosida qizg'in muhokama mavzusiga aylandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Tajribali insayder va jurnalist Ismoil
Sport Bugun, 22:01
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi Venesuelaga qarshi jiddiy sinovdan o'tadi
O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi FIFA Seriya kampaniyasini yanada jiddiyroq sinovdan o'tkazmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Fabio Kannavaro boshqaruvidagi terma jamoa 30
Sport Bugun, 21:56
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Bavariya Sandro Tonaliga jiddiy qiziqish bildirmoqda
Shields Gazetta nashrining so'nggi xabarlariga ko'ra, Germaniyaning mashhur Bavariya futbol klubi Angliyaning Nyukasl United jamoasida o'ynaydigan yarim himoyachi Sandro Tonaliga
Sport Bugun, 21:41
Grandmeyster Divya o'n million dollarni rad etdi
Grandmeyster Divya o'n million dollarni rad etdi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi ya'ni FIDE matbuot xizmati doimiy ravishda shaxmat olamining yetuk va mashhur vakillarini turli mazmunli savollar orqali sinovdan o'tkazib keladi. Bu haqda
Sport Bugun, 21:38
Tiago Alkantara Klopp va Gvardiola uslubidagi farqlarni ochib berdi
Tiago Alkantara Klopp va Gvardiola uslubidagi farqlarni ochib berdi
Sobiq Liverpul, Bavariya va Barselona jamoalarida muvaffaqiyatli o'ynagan ispaniyalik yarim himoyachi Tiago Alkantara o'zining ko'p yillik tajribasini umumlashtirib, dunyoga mashhur
Sport Bugun, 21:01