Bugun
Ulug'bek va Umidaxon yangi duet qo'shiq bilan muxlislar oldiga chiqdi
+15°
пасмурно ветер 4.4 м/с, С

Merab: Shon stoykada ham menga yeta olmaydi!

Sport
17
Merab: Shon stoykada ham menga yeta olmaydi!
UFC jahon miqyosidagi eng shiddatli va kurashlarga boy platformalardan biri hisoblanadi. Ayni damda esa barcha muhlislarning diqqati 8 iyun kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 316 turniriga qaratilgan. Ushbu kechada o‘ta yengil vazn chempioni, gruziyalik sportchi Merab Dvalishvili va AQSH namoyandalari Shon O'Melli o‘rtasida jang tashkil etiladi.

Baxs oldidan Merab Dvalishvili o‘z rejalari va kayfiyati haqida UFC matbuot xizmati orqali intervyu berdi. Uning ta’kidlashicha, O'Melli uning teykdaunlariga qarshi tura olmasa, yerda yutiladi. Agar u parterga tushmaslikka harakat qilsa, u holda stoykada ham u uchun qiyin kechadi.

“Bu haftaning oxirida sizlar baxtli va biroz xavfli Merabni ko‘rasiz. Agar Shon mening parterga tushirish urinishlarimga dosh bersa, unga stoykada javob beraman. Unga qarshi qo‘lda ham nokaut bilan yutaman. Bu mening asosiy strategiyam,” — dedi Dvalishvili.

Merab so‘zlariga ko‘ra, bu jangdan so‘ng u qisqa dam oladi va keyingi yo‘nalishini aniqlab, yana oktagonga qaytishni niyat qilmoqda.

Shon O'Melli esa o‘zining turli uslubdagi zarba texnikasi, jarohatli bo‘lsa-da, oxirigacha kurasha olishi va ajoyib reaksiyasi bilan tanilgan. Biroq u Merab singari kuchli “greppler” bilan oldin jang qilmagan. Shuning uchun bu to‘qnashuv nafaqat fanatlar, balki ekspertlar uchun ham katta qiziqish uyg‘otmoqda.

UFC 316 turniri joriy yilning eng muhim jang kechalaridan biri sifatida baholanmoqda. Har ikki sportchi uchun bu o‘zaro raqobatda nafaqat g‘alaba, balki kelajakdagi yuqori reyting pozitsiyalari, tijorat shartnomalari va unvon himoyasini belgilab beradi.

Zamin.uz tahririyati 8 iyun kungi jang natijalari va jang oldidan bo‘layotgan barcha yangiliklarni muxlislar uchun yoritishda davom etadi. Merabning tajovuzkor uslubi va Shonning texnik zarbalarga asoslangan hujumlari qaysi tomonga burilishi aniqsiz. Bir so‘z bilan aytganda — nafasni to‘xtatadigan to‘qnashuv kutilayapti.

O‘xshash yangiliklar

Tottenhem kutilmagan maglubiyatga uchradi va turnir jadvalida tushib qoldi
Tottenhem kutilmagan maglubiyatga uchradi va turnir jadvalida tushib qoldi
Angliya Premer-ligasining o'ttiz birinchi turida jamoalar o'rtasidagi kurash yanada qizg'inlashdi va ikkita muhim uchrashuv natijasi turnir jadvalidagi vaziyatga sezilarli ta'sir
Sport Bugun, 22:21
Arsen Venger Abduqodir Husanovni himoyada maqtadi
Arsen Venger Abduqodir Husanovni himoyada maqtadi
Arsenal jamoasining sobiq bosh murabbiyi va dunyoga mashhur mutaxassis Arsen Venger Manchester Siti klubi himoyachisi Abduqodir Husanov haqida oʻzining chuqur fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 21:49
Barselona Rayo Valekano ustidan hal qiluvchi g'alaba qozondi
Barselona Rayo Valekano ustidan hal qiluvchi g'alaba qozondi
Ispaniya chempionatining yigirma toqqizinchi turida Kataloniya poytaxtida katta e'tibor bilan kutilgan bahs bo'lib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Peshqadam Barselona klubi
Sport Bugun, 20:54
Husanov Angliya kubogi finalida Uembli maydonida o'ynaydi
Husanov Angliya kubogi finalida Uembli maydonida o'ynaydi
Bugun, 22-mart kuni Londondagi dunyoga mashhur Uembli stadionida Angliya liga kubogi finali bo'lib o'tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu yirik musobaqada Manchester Siti va Arsenal
Sport Bugun, 20:16
Pep Gvardiola EFL kubogi finalida Mark Guehisiz maydonga tushadi
Pep Gvardiola EFL kubogi finalida Mark Guehisiz maydonga tushadi
Manchester Siti jamoasi yakshanba kuni Londondagi Uembli stadionida Arsenaldan qolgan EFL kubogi finali uchun muhim qarorlar qabul qilishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mashhur murabbiy
Sport Bugun, 19:25
Terma jamoa Jahon chempionatiga tayyorgarlikda xorijiy mutaxassislar jalb etildi
Terma jamoa Jahon chempionatiga tayyorgarlikda xorijiy mutaxassislar jalb etildi
O'zbekiston milliy futbol terma jamoasi yaqin kelajakda bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rish jarayonini faol davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 19:13