Bugun
Orion kosmik kemasi Oyga yo‘l oldi NASA missiyasi boshlanmoqda
+21°
пасмурно ветер 1.4 м/с, СЗ

Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovga og‘ir vazifa yukladi

Sport
100
Xosep Gvardiola Abduqodir Husanovga og‘ir vazifa yukladi
“Manchester Siti” joriy mavsumning qolgan qismida ikki maqsad uchun kurashmoqda. Asosiysi, jamoa Angliya Premer-ligasida kuchli to‘rtlikdagi o‘rnini saqlab qolib, kelasi mavsum uchun Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olishi kerak.

Bundan tashqari, “shaharliklar” hech bo‘lmaganda Angliya kubogini qo‘lga kiritish orqali o‘zlari uchun muvaffaqiyatsiz o‘tgan mavsumdan biror yorqin xotira qoldirishga urinishi lozim.

Xosep Gvardiola shogirdlari Angliya kubogining beshinchi bosqichida quyi liga vakili “Plimut” bilan kuch sinashdi. Bu bosqichga “Brentford” va “Liverpul” kabi Premer-liga jamoalarini musobaqadan chiqarib yuborgan “Plimut” manchesterliklarga qarshi uchrashuvni ham jadal boshlab birinchi bo‘lib hisobni ochdi.

Mezbonlar keyinchalik uchta to‘p kiritib, uchrashuvni o‘z foydasiga hal qildi va navbatdagi bosqichga yo‘llanma oldi.

Bu bellashuvdan keyin Xosep Gvardiola ko‘zlangan maqsadlarga erishish uchun asosiy mas’uliyat yangi o‘yinchilar, xususan, Abduqodir Husanov zimmasiga tushishini alohida ta’kidladi.

Gap shundaki, bu bahsda markaziy himoyachilardan Natan Ake jarohat olib, ikkinchi bo‘lim uchun maydonga chiqa olmadi. Tajribali futbolchi avval lazaretga tushgan markaziy himoyachilar Manuel Akanji va Jon Stounz qatoriga qo‘shildi. Endi ular birinchi navbatda jarohatidan qutilib, keyin sport formasini tiklab olishi uchun vaqt talab etiladi.

- Endi biz yana tajribali markaziy himoyachilarsiz qoldik. Buyog‘iga muayyan muddat Natan Ake xizmatidan ham foydalana olmaymiz.

Men jamoaga Abduqodir Husanov va bugun yaxshi o‘ynagan Vitor Reysni olib kelishgani uchun klub mutasaddilariga rahmat aytishim kerak. Husanovning xizmatisiz Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish yoki Angliya kubogida yurishni davom ettirish imkoniyatidan ayrilardik.

Hozir markaziy himoyada Abduqodir Husanov, Vitor Reys va tajribali o‘yinchilardan faqat Ruben Diash qoldi, xolos.

Yangi o‘yinchilarning hozir safimizda ekani mo‘jizaning o‘zginasi. Chunki hozirgi muammolarimiz butun mavsum davomida bizni qiynab kelmoqda.

Biroq umuman olganda, jamoa kayfiyati yaxshi. Oxirgi oyda o‘yinimiz ijobiy tomonga o‘zgargani yaqqol sezilmoqda. “Liverpul”ga va “Chelsi”ga qarshi juda yaxshi o‘ynadik. Madriddagi o‘yinni shunchaki unutamiz. Aslida biz o‘zimiz bo‘lishimiz kerak bo‘lgan pozitsiyalardan ancha uzoqlashib ketgandik.

Bosqichma bosqich yaxshi o‘zgarishlar ro‘y bermoqda va hammasi bir biriga bog‘liq. Biz bu yil kelasi mavsumda Chempionlar ligasidan joy olish uchun kurashamiz, - dedi Xosep Gvardiola.

Ta’kidlash joizki, “Manchester Siti”ning yanvarda 200 million yevrodan ortiq pul sarflab, amalgan oshirgan to‘rtta transferi o‘zini oqlamoqda. Bugungi kunga qadar Abduqodir Husanov, Umar Marmush va Niko Gonsales asosiy tarkib o‘yinchilariga aylanib bo‘ldi. 18 yoshli braziliyalik markaziy himoyachi Vitor Reys ham Angliya kubogi doirasida ikkita uchrashuvda maydonga tushib, asosiy tarkibda o‘ynashga qodir ekanini ko‘rsata oldi.

“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini Angliya Premer-ligasi doirasida 8 mart kuni uchinchi o‘rinda borayotgan “Nottingem Forest”ga qarshi uchrashadi. 28-turning ushbu markaziy uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 17:30 da boshlanadi.

O‘xshash yangiliklar

PSJ Kamavingani yozda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
PSJ Kamavingani yozda sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
Fransiyaning nufuzli klublaridan biri bo‘lgan “Pari Sen-Jermen” jamoasi Ispaniyaning “Real Madrid” klubi yarim himoyachisi Eduardu Kamavingaga yozgi transfer oynasida qiziqish bildirmoqda. Bu haqda
Sport Bugun, 09:00
Bivolning kelajakdagi raqiblari va uchinchi jang rejalari haqida
Bivolning kelajakdagi raqiblari va uchinchi jang rejalari haqida
Dmitriy Bivolning murabbiyi Gennadiy Mashyanov shogirdining kelajakdagi rejalari va ehtimoliy raqiblari haqida gapirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mashyanovning aytishicha, Bivol uchun hali muhim
Sport Bugun, 08:23
Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasida eng ko‘p maosh oladi
Pep Gvardiola Angliya Premer-ligasida eng ko‘p maosh oladi
Angliya Premer-ligasi futbol murabbiylari orasida eng ko‘p maosh oladiganlar ro‘yxatini rasman e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Manchester Siti” jamoasi bosh
Sport Bugun, 08:13
Xalqaro ot sporti federatsiyasi O‘zbekiston yutuqlarini taqdirladi
Xalqaro ot sporti federatsiyasi O‘zbekiston yutuqlarini taqdirladi
Xalqaro ot sporti federatsiyasi prezidenti Ingmar De Vos O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Bahromjon G‘azievni mamlakatimizning so‘nggi yuksak yutuqlari bilan rasmiy tarzda
Sport Bugun, 08:08
Lamine Yamal La Liganing eng ko‘p maosh oluvchisiga aylanishi mumkin
Lamine Yamal La Liganing eng ko‘p maosh oluvchisiga aylanishi mumkin
"Barselona" klubi hujumchisi Lamine Yamal tez orada La Liganing eng ko'p maosh oluvchi futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. L'Équipe nashrining xabariga
Sport Bugun, 07:44
Manchester Siti Liverpulga qarshi Angliya kubogi chorak finalida maydonga tushadi
Manchester Siti Liverpulga qarshi Angliya kubogi chorak finalida maydonga tushadi
Karabao kubogi finalidagi g‘alaba va joriy mavsumdagi so‘nggi xalqaro tanaffusdan so‘ng “Manchester Siti” Angliya kubogi chorak finalida asosiy raqiblaridan biri bo‘lgan “Liverpul”ga qarshi maydonga
Sport Bugun, 07:31