Bugun
J D Vens Trampning Eronga qarshi rejasiga qarshi chiqdi
+22°
пасмурно ветер 1.4 м/с, З

Superliga 1-turida klublar asosiy futbolchilarini maydonga tushira olmasligi mumkin

Sport
98

Superliga 1-turida klublar asosiy futbolchilarini maydonga tushira olmasligi mumkin
O‘zPFL Superliga klublarini reglamentning 11.7-bandi bo‘yicha ogohlantirdi. “Superliga va Pro liga reglamenti”ning 11.7-bandi quyidagicha bayon qilingan:

Musobaqada ishtirok etish huquqini beruvchi litsenziya hujjatlari rasmiylashtirilganidan so‘ng litsenziyalar klubning vakolatli vakiliga uning imzosi bilan tasdiqlangan shaxsiy mas’uliyati ostida quyidagi shartlarda taqdim etiladi:

- reglamentning 10.18-bandida qayd etilgan texnologiya bilan ishlash huquqini beruvchi litsenziya mavsum yakuniga qadar sotib olinganligini isbotlovchi hujjat Ligaga topshirilganda;

- videotahlillar asosida futbolchining rasmiy uchrashuvlardagi statistik ko‘rsatkichlari haqida ma’lumot beruvchi markazlashtirilgan kompaniya bilan tuzilgan shartnoma Ligaga topshirilganda. Mazkur hujjatlarsiz klub 2002 yil va undan katta yoshdagi futbolchi litsenziyasiga ega chiqa olmaydi.

Liga mazkur bandni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 5887-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini amalga oshirish maqsadida reglamentga kiritgan bo‘lib, u bosqichma-bosqich qat’iylashtirib kelindi. Xususan, o‘tgan mavsum mazkur band ijrosini amalga oshirishda qator klublar Ligaga yolg‘on ma’lumot taqdim etgani ma’lum bo‘ldi va ularga nisbatan jarima intizom chorasi qo‘llanildi.

Joriy mavsumda ham shunday holat kuzatilmasligi uchun reglamentga yuqoridagi ko‘rinishda o‘zgartirish kiritilayotgani o‘tgan yilning dekabr oyidayoq Superliga klublariga ma’lum qilindi. Liga mutaxassislari o‘tgan uch oy davomida mazkur masala va muzokaralarda klublarga amaliy yordam ko‘rsatdi. Shunga qaramay, ayrim klublar hozirga qadar tegishli litsenziyalarni Liga ro‘yxatidan o‘tkazgani yo‘q.

Shundan kelib chiqib, Superliga ilk turida biror klub maydonga faqatgina 2003 yil va undan keyin tug‘ilgan futbolchilar bilan chiqib kelsa, Liga mazkur jamoaga katta yoshli futbolchilar litsenziyasini taqdim etmagan bo‘ladi. Umid qilamizki, futbol muxlislari bu kabi holatlarni to‘g‘ri qabul qiladi va o‘z jamoasi rahbariyatidan professionallikni talab qiladi", – deyiladi PFL bayonotida.

Manba: pfl.uz

O‘xshash yangiliklar

Bernardu Silva Manchester Sitidan ketishga tayyorlanmoqda
Bernardu Silva Manchester Sitidan ketishga tayyorlanmoqda
Hozirgi kunda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, tajribali portugaliyalik yarim himoyachi Bernardu Silva “Manchester Siti” klubini tark etishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U
Sport Bugun, 07:07
Ronaldu Muhammad Salohni eng yaxshi qanot himoyachisi deb atadi
Ronaldu Muhammad Salohni eng yaxshi qanot himoyachisi deb atadi
Saudiya Arabistonining mashhur “An-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya Premyer-ligasi tarixidagi eng yaxshi qanot himoyachisi haqida o‘z fikrini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 06:48
Mbappe Yevro 2020dagi azobli penalti xotirasini esladi
Mbappe Yevro 2020dagi azobli penalti xotirasini esladi
Fransiya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatidagi eng qiyin va azobli lahzalardan birini esladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U milliy jamoa safida omadsiz
Sport Bugun, 06:39
Deniz Undav Germaniya Bundesligasida mart oyining eng yaxshisi tanlandi
Deniz Undav Germaniya Bundesligasida mart oyining eng yaxshisi tanlandi
Germaniya Bundesligasida mart oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu nufuzli sovrin “Shtutgart” jamoasi hujumchisi Deniz Undavga berildi. Undav o‘zining
Sport Bugun, 06:04
Sogdiyona Qo‘qon 1912 bilan durang o‘ynadi Superliga turida
Sogdiyona Qo‘qon 1912 bilan durang o‘ynadi Superliga turida
O‘zbekiston Superligasining beshinchi turida “So‘g‘diyona” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jizzaxlik futbolchilar muxlislarini quvontirishni
Sport Kecha, 21:30
Liverpul murabbiyi Manchester Siti bilan bahsga tayyorlanmoqda
Liverpul murabbiyi Manchester Siti bilan bahsga tayyorlanmoqda
Liverpul jamoasining bosh murabbiyi Arne Slot Angliya Kubogi chorak finalida Manchester Siti bilan o‘ynashdan oldin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Klubning rasmiy sayti
Sport Kecha, 21:25