NASA Oy atrofida 10 kunlik tarixiy kosmik parvozga tayyorlanmoqda
NASA 2 aprel kuni to‘rt nafar astronavtni Oy atrofida 10 kun davom etadigan parvozga tayyorlamoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu AQShning so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik kosmik missiyasi hisoblanadi. Ushbu missiya insoniyatni Yerning yaqin qo‘shnisi bo‘lgan Oyga olib borishda muhim qadamdir.
Bu parvoz Xitoy ekipajining Oyga qo‘nishidan oldin amalga oshiriladi. Missiyada SLS raketasi va uning ichidagi Orion kapsulasi ishtirok etadi.
Ushbu raketa Floridadagi Kennedi kosmik markazidan uchiriladi. Parvoz 2 aprel kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:24 da boshlanishi rejalashtirilgan.
Ekipaj a’zolari — NASA astronavtlari Kristina Kox, Viktor Glover, Rid Uayzmen hamda kanadalik Jeremi Xansen. Ular 27 mart kuni Xyustondan Floridaga kelib, parvoz oldidan ikki haftalik karantindan o‘tishdi.
Parvoz davomida astronavtlar hayotni qo‘llab-quvvatlash tizimlari va aloqa vositalarini sinaydi. Shuningdek, Orion kemasini qo‘lda boshqarish bo‘yicha mashqlar ham o‘tkaziladi.
Artemis II missiyasi ekipajni Oy orbitasiga olib chiqadi va 406 ming kilometr masofaga parvoz qiladi. Bu insoniyat tarixidagi eng uzoq kosmik parvoz bo‘ladi.
SLS raketasini Boeing va Northrop Grumman kompaniyalari yaratgan, Orion kapsulasi esa Lockheed Martin tomonidan ishlab chiqilgan. Har bir parvoz 2–4 milliard dollar atrofida xarajat talab qiladi.
Bu esa AQShning kosmosdagi yetakchiligini saqlab qolish uchun muhim hisoblanadi. NASA ushbu dastur orqali Oyning janubiy qutbida uzoq muddatli bazani tashkil etishni maqsad qilgan.
2028 yilgacha Artemis IV missiyasida ilk ekipajni Oyga qo‘ndirish rejalashtirilmoqda. Shu bilan birga, SpaceX va Blue Origin kompaniyalari ham parvoz uchun zarur bo‘lgan texnologiyalarni rivojlantirmoqda.