Bugun
Qozog'iston, Rossiya va O'zbekistondagi o'rtacha maoshlar taqqoslandi
+12°
пасмурно ветер 2.1 м/с, ЮЗ

Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?

Avto 17:57, 23-03-2025 5
Dunyoda qaysi avtomobillar eng ko‘p sotilmoqda?
2024 yilda global miqyosdagi avtomobillar sotuvi 88,2 million donani tashkil etdi. Bu 2023 yilga nisbatan 2,7 foizga ko‘p. Xo‘sh, o‘tgan yili avtomobil sanoatida qanday o‘zgarishlar yuz bergan? LMC Automotive, Jato va Focus2move kabi yetakchi tahliliy kompaniyalarning hisobotlari bo‘yicha bu tendensiyani tahlil qilamiz.

2024 yildagi xalqaro avtomobil savdosining uchdan bir qismi Xitoyda amalga oshirilgan. Bu borada ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni AQSH va Hindiston egallagan.

Yengil avtomobillar sotuvi bo‘yicha yetakchi mamlakatlar

O‘tgan yili yengil avtomobil savdosi Yaponiya, Germaniya, Fransiya kabi mamlakatlarda qisqargan bo‘lsa, Xitoy, Hindoston va Braziliya kabi mamlakatlarda keskin oshgan.

Eng ko‘p sotilgan avtomobil brendlari

O‘tgan yilda BYD avtomobillarining sotuvi qariyb 27 foizga oshgan. Shuningdek, Chevrolet (+8,2 foiz), Mercedes (+5,8 foiz) va Toyota (+3,4 foiz) sotuvlarida ham sezilarli o‘sish kuzatilgan. O‘z navbatida, Ford (-3,7 foiz), Honda (-2,1) va Volkswagen (-0,6) sotuvi kamaygan.

Eng ko‘p sotilgan avtomobil modellari

2024 yilda jahonda eng ko‘p miqdorda Tesla Model Y sotilgan. Ushbu elektromobildan 1,15 mln dona xarid qilingan.

Ikkinchi o‘rinni Toyota Corolla egallagan. O‘tgan yil davomida 1,13 mln dona ushbu modeldagi avtomashina sotib olingan. E’tiborli jihati, Toyota'ning yana 2 modeli top-10 talikka kirgan. Xususan, 2024 yilda Toyota RAV4 modeli uchinchi o‘rinda (sotuv –1,02 mln dona), Tayota Camry esa sakkizinchi o‘rinda (sotuv –580 ming) qayd etilgan. 2024 yilda sotilgan har 100 ta avtomobildan 10 tasi Toyota tomonidan ishlab chiqarilgan.

To‘rtinchi va beshinchi o‘rinlarni Ford F-Series (sotuv – 900 ming dona) va Honda CR-V (sotuv – 740 ming dona) modellari egallagan.

So‘nggi 10 yillikdagi avtomobillar sotuvi

Oxirgi 10 yillikdagi eng ko‘p avtomobil sotuvi 2017 yilda kuzatilgan – 94,5 mln dona. O‘tgan yilda ham avtomobil savdosi sezilarli darajada o‘sagan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich pandemiyadan oldingi davrga nisbatan kamligicha qolyapti.

2014 yil – 85,2 mln dona;
2015 yil – 86,9 mln dona;
2016 yil – 93,1 mln dona;
2017 yil – 94,5 mln dona;
2018 yil – 94 mln dona;
2019 yil – 90,1 mln dona;
2020 yil – 77,6 mln dona;
2021 yil – 81,1 mln dona;
2022 yil – 80,4 mln dona;
2023 yil – 85,9 mln dona;
2024 yil – 88,2 mln dona.

O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilda O‘zbekistonda 424 ming 808 dona yengil avtomobil ishlab chiqarilgan. Bu borada eng ko‘p ishlab chiqarilgan modellari quyidagilar:

- Cobalt – 164 887 dona;
- Damas – 101 902 dona;
- Tracker – 45 918 dona.

O‘tgan yilda mamlakatda sotilgan avtomobillar miqdori esa 402 ming 391 donani tashkil etgan. Hisobot davrida UzAuto Motors 353 ming 730 dona, ADM Jizzakh 30 ming 329 dona, BYD Uzbekistan Factory 17 ming 132 dona, Asaka Motors 489 dona, Jizzakh Auto 394 dona, SamAuto 317 dona avtomobilni xaridorlarga yetkazib bergan.

2024 yilda korxonalarning ichki bozordagi ulushi quyidagicha:

- UzAuto Motors – 87,9 foiz;
- ADM Jizzakh – 7,5 foiz;
- BYD Uzbekistan Factory – 4,3 foiz;
- Jizzakh Auto – 0,1 foiz;
- Asaka Motors – 0,1 foiz;
- SamAuto – 0,1 foiz.

Eng ko‘p sotilgan avtomobil – Cobalt. O‘tgan yil 127 ming 240 dona ushbu modeldagi avtomobil sotilgan. Keyingi o‘rinlarda Damas (106 001 dona) va Tracker (37 903 dona) qayd etilgan.

O‘xshash yangiliklar

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda
Sport 20:10, 15-02-2025
Trampning ehtiyotsizligi AQSH fond bozorini qulatdi — AQSHda krizis xavfi bormi?
Trampning ehtiyotsizligi AQSH fond bozorini qulatdi — AQSHda krizis xavfi bormi?
Investorlarni Trampning oldindan bashorat qilish qiyin bo‘lgan savdo siyosati tobora ko‘proq xavotirga solmoqda. Bu siyosat global ta’minot zanjirlari barqarorligiga tahdid qilmoqda. Oq uyning
Dunyo 10:25, 16-03-2025
Toyota 2024-yilda dunyo bo'ylab eng ko'p sotilgan brend bo'ldi
Toyota 2024-yilda dunyo bo'ylab eng ko'p sotilgan brend bo'ldi
​Toyota 2024-yilda dunyodagi eng ko'p sotilgan avtomobil brendi bo'ldi, deb xabar berdi cenyavto.com. Yapon kompaniyasi yil davomida global miqyosda taxminan 10,7 million yangi avtomobil
Avto 04:50, 8-03-2025
2025 yilning eng ishonchli avtomobil brendlari aniqlandi: Subaru yetakchilikni qo‘lga oldi
2025 yilning eng ishonchli avtomobil brendlari aniqlandi: Subaru yetakchilikni qo‘lga oldi
Consumer Reports tomonidan olib borilgan so‘nggi tadqiqotga ko‘ra, 2025 yildagi eng ishonchli avtomobil ishlab chiqaruvchilari ro‘yxati e’lon qilindi. Ushbu reyting 2000 yildan 2025 yilgacha bo‘lgan
Avto 05:41, 11-03-2025