Toshkentda 30 mart kuni masjidlar yonidagi yo‘llar vaqtincha yopiladi, deb Nova24.uz xabar berdi.
30 mart kuni soat 00:00 dan 7:30 gacha Toshkent shahridagi masjidlar atrofidagi yo‘llar vaqtincha yopiladi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotga ko‘ra, poytaxtdagi 124 ta masjidda bayram namozi o‘qiladi. Shu munosabat bilan quyidagi tumanlardagi yo‘llarda harakat cheklanadi:
Mirzo-Ulug‘bek tumani:
«To‘ra buva» masjidi: Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi — Shurtepa ko‘chasidan Sultoniya ko‘chasigacha.
Bektemir tumani:
«Xuton» masjidi: Bektemir prospekti — Xusayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.
Olmazor tumani:
«Islomobod» masjidi: MKAD — Sagbon ko‘chasidan Nurafshon va Sagbon ko‘chalari kesishmagicha;
«Hazrati Imom» masjidi: Qorasaray ko‘chasi — Nurafshon ko‘chasidan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha;
«Do‘stjonboy» masjidi: Sagbon va 12-proyezd Sagbondan Keles yo‘li va Naraztepa ko‘chasigacha.
Shayxontohur tumani:
«Shayx Zayniddin» masjidi: Ko‘kcha darvoza — Nurafshondan Beshqayrag‘ochgacha;
«Xo‘ja Alambardor» masjidi: Bunyodkor prospekti — Kamolondan 2-proyezd Ustozodagacha;
«Ko‘h ota» masjidi: Sebzar ko‘chasi — Nurafshondan Labzakgacha.
Chilonzor tumani:
«Ubay ibn Ka’b» masjidi: Al Xorazmiy — Xirmontepadan Katta kanigacha;
«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi: So‘galli ota — Al Xorazmiydan Xonobod 2-tupigigcha;
«Novza» masjidi: Bunyodkor — Mukimiydan Oliy Majlis binosi qarshi tomonidagi yo‘lgacha.
Uchtepa tumani:
«Abdulloh ibn Ma’sud» masjidi: Lutfiy — Xirmontepadan Katta kani-Lutfiygacha;
«Hazrati Ali» masjidi: Nazarbek — Mahoratdan 1-proyezd Zamaxsharigacha.
Yunusobod tumani:
«Minor» masjidi: MKAD — Ko‘rgazmadan Sh.Rashidovgacha;
«Mirzo Yusuf» masjidi: Bog‘ishamol — Shivligacha.
Yakkasaroy tumani:
«Usmon bin Ma’zun» masjidi: MKAD — Qushbegidan Fayzli Toshkentgacha.
Sergeli tumani:
«Nurul Islom» masjidi: MKAD va Fayzli Toshkent kesishmasidan MKAD va Kumarik kesishmagicha.
Yashnobod tumani:
«Islom ota» masjidi: Farg‘ona yo‘li — Fitratdan Talimarjangacha.
Mirobod tumani:
«Qo‘yliq ota» masjidi: TKAD — «Qo‘yliq» bozori yonidagi ko‘prikdan TKAD va Munis kesishmagicha.
Shuningdek, masjidlar yaqinidagi boshqa ko‘chalarda ham harakat cheklanishi mumkin.
O‘xshash yangiliklar

Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qaysi ko‘chalar yopiladi?
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 30 mart soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning bir qator

Toshkentda taroveh namozi vaqtida bir qancha ko‘chalar yopiladi
Ramazon oyi kechalaridagi taroveh namozi munosabati bilan joriy yilning 28 fevral kunidan boshlab har kuni soat 18:00 dan 24:00 ga qadar masjidlar yaqinidagi yo‘llar transport vositalari harakati

Samarqand, Surxondaryo va Toshkent viloyatlariga bosh imom-xatiblar tayinlandi
Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi 28 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari raisligida Surxondaryo, Samarqand hamda Toshkent

Shavkat Mirziyoyev Samarqandda Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 22 mart kuni Samarqandga tashrif buyurib, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi. – Kuni kecha xalqimiz bilan Navro‘z ayyomini kutib

Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom tsivilizatsiyasi markazidagi ishlar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu majmua tariximizda ilgari boʻlmagan ulkan va