Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 2 yanvar
+1°
туман ветер 2.1 м/с, В

“Leapmotor” sinovi xitoylik mutaxassislar ishtirokida qayta o‘tkaziladi

Avto
142

“Leapmotor” sinovi xitoylik mutaxassislar ishtirokida qayta o‘tkaziladi
O‘zbekistonda “Leapmotor” brendiga tegishli yengil avtomobillar importiga qo‘yilgan cheklov qayta ko‘rib chiqiladi. Bu haqda Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Inspeksiyaga ko‘ra, “Leapmotor” korxonasiga qo‘yilgan cheklov yuzasidan muzokaralar davom etmoqda. Yaqin kunlarda ushbu kompaniya mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyurishi rejalashtirilgan. Ular ishtirokida mahsulot sinovi qayta o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda Xitoyning “Leapmotor” brendi ostidagi yengil avtomobillarni sertifikatlash uchun arizalar qabuli to‘xtatilgani xabar qilingandi. Bunga shu brendga tegishli S16 avtomobilida aniqlangan kamchilik sabab sifatida keltirilgan.

Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining mazkur transport vositasida hosil bo‘ladigan elektromagnit shovqin darajasi ruxsat etilgan chegaradan 16 barobar yuqori ekanini ma’lum qilgan.

Jamoatchilik vakillari bu harakatni mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun bozorni tozalashga urinish deb baholamoqda.

O‘xshash yangiliklar

Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Bugungi kunda megapolis shaharlarda harakatlanish erkinligi — bu shunchaki qulaylik emas, balki zaruratdir. Toshkentga xizmat safari bilan kelgan tadbirkorlar, sayyohlar yoki o‘z shaxsiy avtomobili
Avto 12:21, 19-12-2025