Bugun
Gulsanam Mamazoitovaning yangi qo‘shig‘i bugun premyera qilinadi
+2°
туман ветер 2.1 м/с, СВ

Renault va Total elektromobil zaryadini 2 baravar tezlashtiradi

Avto
95
Renault va Total elektromobil zaryadini 2 baravar tezlashtiradi
Renault va Total Energies kompaniyalari Cell Shield deb nomlangan yangi sovitish texnologiyasini yaratishdi, deb cenyavto.com xabar berdi. Bu tizim akkumulyatorlarni maxsus dielektrik suyuqlikka cho‘ktirish orqali ularni samarali sovitadi. Natijada, zaryadlash vaqti 50% ga kamaydi va quvvat zahirasi 6% ga oshdi.

Oddiy radiatorli yoki havo bilan sovitish tizimlaridan farqli o‘laroq, bu texnologiya xavfsizlikni oshiradi va ishlab chiqarish xarajatlarini 6% ga kamaytiradi. Texnologiya Ricardo va Renault tomonidan bir necha yil davomida sinab ko‘rilgan.

Agar bu tizim ommaviy ishlab chiqarishga joriy etilsa, elektromobillar uchun texnologik yutuq bo‘lishi mumkin.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Toshkent bo‘ylab shaxsiy avtomobilda harakatlanish: Ijaraga mashina olishning afzalliklari va qoidalari
Bugungi kunda megapolis shaharlarda harakatlanish erkinligi — bu shunchaki qulaylik emas, balki zaruratdir. Toshkentga xizmat safari bilan kelgan tadbirkorlar, sayyohlar yoki o‘z shaxsiy avtomobili
Avto 12:21, 19-12-2025