Bugun
Nikolas Jekson Chelsi bilan o‘yinga tayyorlanmoqda
+24°
ясно ветер 3.1 м/с, ЮВ

Oʻzbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqarishiga nima sabab boʻldi?

Avto
123

Oʻzbekistonga yengil avtomobillar importi keskin qisqarishiga nima sabab boʻldi?
2025 yilning yanvar oyida Oʻzbekistonga qiymati 31 mln dollarlik 1796 dona yengil avtomobil import qilindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasining oylik hisobotida keltirilgan.

Taqqoslash uchun, oʻtgan yilning mos davrida 221,4 mln dollarlik 10 ming 152 dona yengil avtomobillar importi amalga oshirilgan. Oʻtgan bir yil davomida avtomobil importi qiymat jihatdan 7 barobardan koʻproqqa, miqdor jihatdan esa 5,6 barobarga qisqargan.

Eng katta kamayish gibrid avtomobillar importida kuzatilgan – 31 barobar. Elektromobillar va benzinli yengil avtomobillar importidagi qisqarish esa mos ravishda 6,7 barobar va 2,5 barobar boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, 2024 yil 1 noyabrdan boshlab import qilingan avtomobillarni bojxona hududida emas, Piskentdagi poligonda texnik sinovlardan oʻtkazish boshlangandi. Shuningdek, yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan mashinalar uchun elektromagnit moslashuvchanlik tekshiruvi ham joriy qilindi. Avtopoligonning mavjud quvvati real talabdan bir necha barobarga kamligi import hajmining keskin qisqarishiga ta'sir qilayotgan boʻlishi mumkin.

👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Chaleta-Car kelasi mavsum “Real Sosedad”da ijara asosida o‘ynaydi
Chaleta-Car kelasi mavsum “Real Sosedad”da ijara asosida o‘ynaydi
Xorvatiyalik himoyachi Duye Chaleta-Car kelasi mavsumni Ispaniyaning "Real Sosedad" jamoasida o‘tkazadi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda Fransiyaning mashhur nashri xabar
Sport 04:13, 30-07-2025
Rossiyada Li Auto rasman faoliyat boshladi: “kulrang sxemalar”ga zarba!
Rossiyada Li Auto rasman faoliyat boshladi: “kulrang sxemalar”ga zarba!
Xitoyning mashhur avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan biri sanalgan Li Auto Rossiyada rasman faoliyatini boshladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi va ushbu voqeani
Avto 08:56, 20-05-2025
2025–2026 uchun test binolari ro‘yxati e’lon qilindi
2025–2026 uchun test binolari ro‘yxati e’lon qilindi
2025–2026 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda uz24.uz xabar
Oʻzbekiston 20:51, 11-07-2025
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi
Test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi
Bilim va malakalarni baholash agentligi 2025-2026 o‘quv yili uchun oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxatini veb-saytida e’lon
Oʻzbekiston 18:17, 11-07-2025
Android Auto 14.3 yangilanishi chiqdi
Android Auto 14.3 yangilanishi chiqdi
Google Android Auto dasturining 14.3 versiyasini barcha foydalanuvchilar uchun chiqardi, deb pepelac.news xabar berdi. Ushbu yangilanish tizim barqarorligi va ishlash samaradorligini oshirishga
Texnologiya 18:19, 2-05-2025