Bugun
Jim Kerri Fransiyada faxriy "Sezar" mukofotini oldi
+10°
пасмурно ветер 1.9 м/с, С

Uylangan erkaklarda semirish xavfi ayollardan ko‘proq — tadqiqot natijalari

Dunyo
154
Uylangan erkaklarda semirish xavfi ayollardan ko‘proq — tadqiqot natijalari
2025 yilda Yevropa semizlik kongressida taqdim etilgan tadqiqotlardan biri, turmush qurgan erkaklarda semirish xavfi ayollarga nisbatan ancha yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Shuningdek, tadqiqotda turmush qurgan erkaklarning, turmush qurmaganlariga qaraganda, 3,2 baravar ko‘proq semirgani aniqlangan. Erkaklar salomatligi forumi maslahatchisi Jim Pollardning so‘zlariga ko‘ra, erkaklarda tana vaznining oshishi stressli karyera va nosog‘lom ovqatlanish sababli bo‘lishi mumkin.

Tadqiqotchilar 50 yoshdagi 2405 kishining tibbiy va umumiy salomatlik ma’lumotlarini o‘rganib, tana vaznining oshishini turli omillarga asoslangan holda tahlil qildilar. Oilaviy ahvol, yosh, ruhiy salomatlik kabi omillar statistik tahlilga kiritildi.

Ma’lum bo‘lishicha, nikoh erkaklarda 62 foiz, ayollarda esa 39 foiz ortiqcha vaznga ega bo‘lish ehtimolini oshirgan. Bu, o‘z navbatida, turmush qurgan erkaklar faqat ko‘proq vazn to‘plaganini emas, balki ularning salomatligiga ta’sir qilgan turmush tarzi o‘zgarishlarini ham ko‘rsatadi.

2024 yilda Xitoyda olib borilgan tadqiqotga ko‘ra, erkaklarning tana vazni indeksi (TVI) turmush qurganidan keyingi besh yil ichida yuqori kaloriyali ovqatlarni iste’mol qilish va kam jismoniy mashqlar tufayli oshishi kuzatilgan. Bath universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotda turmush qurgan erkaklar turmush qurmagan hamkasblariga qaraganda o‘rtacha 1,4 kg og‘irroq ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Tadqiqotlarda yosh ham vazn ortishining asosiy omili sifatida ko‘rsatilgan. Varshavada o‘tkazilgan tadqiqotda yoshning ortishi bilan ortiqcha vaznga ega bo‘lish xavfi erkaklarda 3 foizga, ayollarda esa 4 foizga oshgani aniqlandi. Shuningdek, semizlik xavfi erkaklarda 4 foizga, ayollarda 6 foizga oshgan.

Bundan tashqari, olimlar ayollarda semirish xavfini oshiruvchi omillardan depressiyani aytib o‘tdilar. Ayollarning semirish xavfi depressiya tufayli ikki baravarga oshgani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, tibbiy savodxonlikning yetarli emasligi ayollarda semizlik xavfini 43 foizga oshirgan. Ammo, erkaklarda bu omillar vaznning oshishiga ta’sir qilmagan.

Semizlik alyansi direktori Ketrin Jenner ushbu tadqiqot ortiqcha vazn shunchaki shaxsiy tanlov emas, balki ijtimoiy, psixologik va ekologik omillarning murakkab aralashmasi tufayli yuzaga kelishiga ishorat qildi. Shunga qo‘shib, erkaklarda semizlik va nikoh o‘rtasidagi bog‘liqlik, turmush tarzining o‘zgarishi, ovqatlanish odatlari va jamiyat kutgan natijalar salomatlikka ta’sir qilishini ko‘rsatdi.

Bath universiteti olimi Joanna Sirdaning aytishicha, turmush qurgan erkaklarning vazni nikohdan keyin oshishi, ayniqsa, ijtimoiy majburiyatlar va muntazam ovqatlanish natijasida kelib chiqadi. Ayollar esa, jamiyat bosimi tufayli ortiqcha vazn to‘plashi mumkin.

Shu bilan birga, global semizlik bilan bog‘liq muammo hali ham yetarlicha jiddiy. 1990 yildan beri global semizlik ko‘rsatkichlari ikki baravardan ko‘proqqa oshgan. Bugungi kunda dunyoda 2,5 milliarddan ortiq kattalar va bolalar ortiqcha vazndan aziyat chekmoqda. Mutaxassislar 2050 yilga kelib, kattalarning yarmidan ko‘pi va bolalarning uchdan bir qismi ortiqcha vazn bilan kasallanishini prognoz qilmoqda.

Shuningdek, olimlar va mutaxassislar semizlik va ortiqcha vaznning oldini olish uchun ijtimoiy va ekologik omillarni hisobga olib, keng qamrovli siyosat va yo‘nalishlarni ilgari surish zarurligini ta’kidlashmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharqdagi Xavfsizlik Muammolari Logistikani Izdan Chiqardi
Yaqin Sharq mintaqasidagi xavfsizlik bilan bog‘liq keskin vaziyat xalqaro logistika tizimida jiddiy uzilishlarga olib kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqida Bloomberg ma'lumot
Dunyo Bugun, 03:52
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda Muvaqqat Kengash Ishga Tushdi: Hokimiyat O'tishi Boshlandi
Eronda hokimiyat o‘tish davri rasman boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Prezident Mas'ud Pizishkiyon davlat teleradiokompaniyasi orqali xalqqa murojaat qilib, muvaqqat kengash o‘z
Dunyo Bugun, 02:02
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eronning vaqtinchalik rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Reuters axborotiga ko'ra, u boshqaruv kengashi a'zosi sifatida ish boshladi. 67 yoshli Arafiyga
Dunyo Kecha, 16:39
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrning Asvon shahrida joylashgan Qubbat al-Hava nekropoli hududida arxeologlar muhim kashfiyotlarga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular qadimgi podsholik davriga tegishli bo‘lgan, qoya
Dunyo Kecha, 14:20
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda portlash ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu voqea mintaqadagi keskinlikning navbatdagi
Dunyo Kecha, 13:31
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eronda siyosiy tarixning muhim va murakkab davri boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026-yil 1-mart kuni Eron davlat axborot vositalari oliy rahbar Oyatulloh Ali Xominaiyning vafotidan so‘ng
Dunyo Kecha, 12:30