Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 3 fevral
+8°
пасмурно ветер 2.4 м/с, СЗ

Myanmadagi kuchli zilzila yuzasidan so‘nggi ma’lumotlar (foto)

Dunyo
149
Myanmadagi kuchli zilzila yuzasidan so‘nggi ma’lumotlar (foto)
28 mart kuni Myanma hududida 7,7 va 6,4 magnitudali zilzilalar sodir bo‘ldi. Silkinishlar Xitoy va Tailandda ham sezilgan.

AQSH Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotiga ko‘ra, birinchi, kuchliroq zilzila juma kuni tushdan keyin Myanmaning markaziy qismida, mahalliy vaqt bilan soat 12:50 atrofida sodir bo‘lgan. Zilzila o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.

Taxminan 12 daqiqadan so‘ng ikkinchi zilzila sodir bo‘lgan.

Zilzila epimarkazi Sagayn shahridan 16 km shimoli-g‘arbda, mamlakatning ikkinchi yirik shahri Mandalay shahri yaqinida joylashgan. Uning aholisi 1,2 mln kishi chiqadi.

Bu hudud Myanma poytaxti Neypidodan taxminan 100 km shimolda joylashgan. AFP agentligining Neypidodagi jurnalistlari ma’lum qilishicha, kuchli yerosti silkinishlari oqibatida yo‘llar yorilib ketgan, binolar shiftidan suvoqlar to‘kilib tushgan.

Myanma o‘t o‘chirish xizmati xodimi Reuters agentligiga shunday degan: «Biz qidiruv ishlarini boshladik va [mamlakatning eng yirik shahri] Yangonni ko‘zdan kechirmoqdamiz, jabrlanganlar va vayronagarchiliklar bor-yo‘qligini tekshirmoqdamiz. Hozircha bizda bu borada ma’lumot yo‘q».

Yangon shahrida yashovchilardan biri CNN telekanaliga aytishicha, 7,7 magnitudali kuchli zilziladan keyin yerosti silkinishlari bir necha daqiqa davomida sezilib turgan.

«Silkinish juda kuchli bo‘ldi va uch-to‘rt daqiqa davom etdi. Mening uyim joylashgan bino qimirlab turardi», – deydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, internet uzilishlarsiz ishlagan, ammo zilziladan keyin yana 30 daqiqa davomida telefon orqali qo‘ng‘iroqlar amalga oshirishning imkoni bo‘lmagan.

Mandalayda yashovchilardan biri Reuters agentligiga vayronagarchiliklar haqida gapirib berdi:

«Atrofdagi hamma narsa silkina boshlaganida uydan yugurib chiqdik. Ko‘z oldimda besh qavatli uy qulab tushdi. Shahrimda yashovchilarning barchasi ko‘chada, hech kim binolarga qaytishga jur’at eta olmayapti».

Guvohlardan biri Htet Naing U jurnalistlarga Mandalayda choy do‘koni qulab tushgani, uning ichida bir necha kishi qamalib qolganini aytdi.

«Biz kira olmadik, – dedi u. – Vaziyat juda yomon».

Myanma hukumati yetkazilgan zarar haqida hozircha xabar bermagan. Ma’lum bo‘lishicha, Mandalay qirollik saroyiga zarar yetgan va Iravadi daryosi ustidagi ko‘prik qulab tushgan.

Myanmadagi harbiy xunta Sagayn, Mandalay, Bogo va Maguay hududlarida, Shan shtatining sharqiy qismida, shuningdek, poytaxt Neypidoda «favqulodda holat» e’lon qildi.

Qurbonlar haqidagi dastlabki ma’lumotlar

Tailand bosh vaziri Petongtarn Chinavat Ichki ishlar vazirligiga Bangkokni favqulodda vaziyat zonasi deb e’lon qilishni buyurdi, deb yozadi CNN bosh vazir idorasiga tayanib.

Mahalliy aholi va milliy favqulodda vaziyatlar agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila butun Tailand bo‘ylab, jumladan, poytaxt Bangkok va mamlakat shimolidagi Chiangmay shahrida ham sezilgan.

Zilzila oqibatida Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Chatuchak bog‘i hududida qurilayotgan 30 qavatli bino qulab tushgan. Dastlabki xabarlarda 43 nafar ishchi vayronalar ostida qolib ketgani, yana 7 nafari jarohat olgani aytilgandi.

Associated Press Tailand mudofaa vaziriga asoslanib, bu yerda uch kishi halok bo‘lgani, yana kamida 90 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanayotgani haqida xabar tarqatdi.

Tailanddagi Khaosod nashri esa kamida 300 nafar ishchining taqdiri noma’lumligicha qolayotganini yozgan.

Zilzila epimarkazi yaqinidagi Mandalay shahri shifoxonasi The New York Times muxbiriga 20 kishi o‘limini tasdiqlagan.

Bundan tashqari, guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Myanmaning Taungu shahrida masjid binosi qisman qulashi oqibatida kamida uch kishi halok bo‘lgan. Mahalliy nashrlarga ko‘ra, Aungban shahrida yana ikki kishi halok bo‘lgan, bu yerda mehmonxona binosi vayron bo‘lgan, deb xabar beradi Reuters.

Bangkok gubernatori Chadchart Sittipun shaharda ko‘plab osmono‘par binolar shikastlangani haqida xabar bergan, biroq ularning aniq soni hali noma’lum.

Bangkokdagi guvohlar OAVga ma’lum qilishicha, odamlar vahimaga tushib, xalat va cho‘milish kiyimlarida ko‘chalarga yugurib chiqqan.

Videolarda zilzila tufayli osmono‘par binolardan birining yuqori qavatidagi hovuzdan ko‘chaga suv oqib chiqqani aks etgan.

Katta Bangkok hududida (aglomeratsiya Bangkok va uning atrofidagi beshta viloyatni o‘z ichiga oladi) 17 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ko‘pchilik osmono‘par binolarda yashaydi.

Tailand hukumati yaqin 24 soat ichida yangi silkinishlar yuz berishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Xitoydagi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Myanma bilan chegaradagi Yunnan provinsiyasida, shuningdek, Guansi provinsiyasida ham kuchli silkinishlar sezilgani haqida xabar bergan.

Yunnandagi zilzila haqidagi ma’lumotni Xitoyning Xinhua axborot agentligi ham tasdiqlagan, biroq tafsilotlar hozircha ma’lum qilinmayapti.

O‘xshash yangiliklar

Xitoy Bay mafiyasining to‘rt yetakchisini qatl etdi
Xitoy Bay mafiyasining to‘rt yetakchisini qatl etdi
Xitoy hukumati Myanma chegarasida kiberfiribgarlik imperiyasini boshqargan Bay mafiyasining to‘rt nafar yetakchisiga nisbatan o‘lim hukmini ijro etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu qaror so‘nggi
Dunyo Kecha, 22:21
Oltin va kumush narxi keskin tushib ketdi
Oltin va kumush narxi keskin tushib ketdi
2-fevral kuni qimmatbaho metallar bozorida kutilmagan o‘zgarishlar kuzatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Oltin narxi bir troya unsiyasi uchun 5600 dollarlik tarixiy darajadan 4400–4800 dollar
Dunyo Kecha, 20:26
Tramp: "Epshteyn orolida hech qachon bo‘lmaganman"
Tramp: "Epshteyn orolida hech qachon bo‘lmaganman"
AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida o‘z bayonoti bilan chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U o‘z so‘zida Epshteynga tegishli orolda hech qachon
Dunyo Kecha, 17:33
Rossiya va AQSH: 1-fevral muzokaralar uchun chegara
Rossiya va AQSH: 1-fevral muzokaralar uchun chegara
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiyaning zarbalarni to‘xtatish muddatlari haqidagi savolga javob berar ekan, avvalgi bayonotlariga qo‘shimcha qiladigan ma’lumoti yo‘qligini
Dunyo Kecha, 16:53
Ukraina bo‘yicha muzokaralar Abu-Dabida davom etadi
Ukraina bo‘yicha muzokaralar Abu-Dabida davom etadi
Ukraina atrofidagi muzokaralar yana diqqat markazida. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, Ukraina bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi
Dunyo Kecha, 16:33
Tramp Grenlandiya, Kanada va Venesuela haqida hazil qildi
Tramp Grenlandiya, Kanada va Venesuela haqida hazil qildi
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Kanada, Grenlandiya va Venesuela kelajakda AQSh tarkibiga qo‘shilishi mumkinligi haqida hazilomuz fikr bildirgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda *The
Dunyo Kecha, 15:05