Bugun
Yulduz Turdiyeva eng yetuk ijodkor kimligini aytdi
+16°
пасмурно ветер 2.4 м/с, С

Alyaskadagi orol aholisi Rossiya bosib olishidan qo‘rqib, rus tilini o‘rganmoqda

Dunyo
180
Alyaskadagi orol aholisi Rossiya bosib olishidan qo‘rqib, rus tilini o‘rganmoqda
Alyaskadagi Kichik Diomid oroli aholisi Rossiya ushbu hududni qo‘shib olishidan xavotirlanib, rus tilini o‘rganishni boshladi, deb The Economist nashri xabar berdi. Jurnalning ma’lum qilishicha, orol Rossiyaning eng sharqiy nuqtasi — Ratmanov orolidan bor-yo‘g‘i 3,5 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Jurnalistlar Kichik Diomidda yashovchi taxminan 100 nafar aholining kundalik hayotini tasvirlab, orolni Rossiya va AQSH o‘rtasidagi “Arktika jangining oldingi chizig‘i” deb atashgan.

«Orolning ba’zi aholisi Rossiya qachondir uni qo‘lga kiritishidan xavotirlanib, rus tilini o‘rganmoqda», — deyiladi xabarda.

Qish faslida ikki orol o‘rtasida muz ustida piyoda yurib yarim soatda yetib borish mumkin. Ilgarilari, xususan sovuq urush boshlangunga qadar, bunday aloqalar keng tarqalgan edi. Ammo hozirgi murakkab geosiyosiy vaziyat tufayli bu aloqalar to‘xtab qolgan va orol aholisi faqat bir-birini uzoqdan kuzatish bilan cheklanmoqda.

«Biz ularni kuzatamiz, ular esa bizni», — deydi Kichik Diomidda yashovchi Edvard ismli fuqaro.

Shu bilan birga, mahalliylar orol sekinlik bilan, yiliga 1-2 metrga Rossiya oroli tomon harakatlanayotganini aytishmoqda. «Orollar nimanidir to‘g‘irlashga urinmoqda. Balki ular bir-birini yaxshi ko‘rar?», — deydi mahalliy aholi vakili.

O‘xshash yangiliklar

Tramp Eronga quruqlikdan askar yuborishni hozircha rejalashtirmayapti
Tramp Eronga quruqlikdan askar yuborishni hozircha rejalashtirmayapti
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi quruqlikda harbiy amaliyot o'tkazish uchun amerikalik askarlarni yuborishni hozircha rejalashtirmayotganini ochiq bayon
Dunyo Bugun, 00:20
Eron hududida AQShning F-35 qiruvchisi o'qqa tutildi
Eron hududida AQShning F-35 qiruvchisi o'qqa tutildi
Amerika Ovozli va tasvirlangan CNN axborot agentligining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Amerikaning zamonaviy F-35 qiruvchi samolyoti Eron hududi ustida jangovar missiya
Dunyo Bugun, 00:01
Eron Xayfa neft zavodiga raketa zarbasi berdi
Eron Xayfa neft zavodiga raketa zarbasi berdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat yana bir bor keskinlashib ketdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eron qurolli kuchlari tomonidan Isroilning shimoliy qismida joylashgan Xayfa shahri yo‘nalishiga raketa
Dunyo Kecha, 22:20
Tailandda yuz bergan halokat natijasida bir o'zbekistonlik vafot etdi
Tailandda yuz bergan halokat natijasida bir o'zbekistonlik vafot etdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida avtobus ishtirokidagi jiddiy yo'l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu voqeadan jabr ko'rganlar orasida O'zbekistonning
Dunyo Kecha, 15:41
Qirg'iziston sobiq xavfsizlik rahbari vataniga qaytib tergovga tortildi
Qirg'iziston sobiq xavfsizlik rahbari vataniga qaytib tergovga tortildi
Qirg'izistonning sobiq xavfsizlik rahbari Kamchibek Tashiyev vataniga qaytib kelgan va hozirda tergov organlari tomonidan so'roq qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mahalliy
Dunyo Kecha, 15:20
Ukraina Lvov viloyatida Rossiya dronlari hujumi sodir bo'ldi
Ukraina Lvov viloyatida Rossiya dronlari hujumi sodir bo'ldi
Ottizin mart kuni kechqurun Rossiya harbiy kuchlarining dronlari Ukrainaning g'arbidagi Lvov viloyatiga hujum uyushtirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Viloyat harbiy ma'muriyatining
Dunyo Kecha, 14:47