Bugun
Stels samolyotlar Eron osmonida infraqizil sensorlar orqali aniqlandi
+17°
облачно с прояснениями ветер 2.5 м/с, С

Moskvadagi hammomda qirg‘izistonliklarga “qonun doirasida” munosabatda bo‘lingan edimi?

Dunyo
137

Moskvadagi hammomda qirg‘izistonliklarga “qonun doirasida” munosabatda bo‘lingan edimi?
Moskvadagi “Bodrost” hammomida xavfsizlik kuchlari Qirg‘iziston fuqarolariga qarshi reyd o‘tkazgan edi. Reyd davomida migrantlar yarim yalang‘och holatda emaklab yurishga majburlangan, ularning aksariyati yuzi yerga qarab yotqizilgan. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bunday shafqatsiz munosabatni “muhojirlarning huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshilik ko‘rsatgani” bilan izohlamoqda.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, operatsiya davomida chet el fuqarolari huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshilik ko‘rsatgan. Shu sababli ushbu xorijliklarga nisbatan tegishli choralar ko‘rildi. Shu bilan birga, bizning xavfsizlik idoralarimiz xodimlari Rossiya qonunchiligiga muvofiq mavjud vakolatlar doirasida harakat qilishgan, deya ta’kidladi vazirlik.

Ta’kidlanishicha, reyd rejali bo‘lib, muayyan mamlakat fuqarolariga qarshi qaratilmagan. Reyd davomida 59 nafar chet el fuqarosi qo‘lga olingan, ulardan 25 nafari migratsiya qonunchiligini buzgan holda Rossiyada bo‘lgan. Qo‘lga olinganlarning ba’zilari “radikal guruhlar bilan aloqada bo‘lganlik”da gumonlanmoqda.

Shu bilan birga, Qirg‘izistonning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmani) Jamilya Jamanbayeva rossiyalik hamkasbi Tatyana Moskalkova bilan uchrashuv chog‘ida “Bodrost” hammom majmuasida kuch qo‘llash darajasi muvofiqligi borasida xavotir bildirgan.

Voqea aks etgan kadrlarni ko‘rishda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan Qirg‘iziston fuqarolarini ommaviy ravishda hibsga olish chog‘ida kuch ishlatishning mutanosibligi va asosliligi to‘g‘risida savollar paydo bo‘ladi.

Qirg‘izistonliklarga nisbatan har qanday ma’muriy yoki kuch ishlatish choralari protsessual huquqlar, xalqaro majburiyatlar kafolatlariga rioya qilgan holda qo‘llanishi kerak. Qirg‘iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqining to‘laqonli a’zosi hisoblanadi, deya eslatdi Jamanbayeva.

Moskalkova bunga allaqachon munosabat bildirganini va uning murojaatidan so‘ng Rossiya prokuraturasi va migratsiya idoralari “Bodrost”da sodir bo‘lgan voqeani tekshirishni boshlaganini aytdi.


Hodisa 10 aprel kuni Rossiya fuqaroligini olgan Qirg‘iziston fuqarosiga tegishli hammom majmuasida yuz bergan.

Tarqalgan foto va videolarda kuch tuzilmalari xodimlari balaklava (niqob) kiygan va qo‘llarida qizil tasma taqqan holda hammomdagi mijozlarni kaltaklayotgani, ularni yerga yuztuban yotqizib, sudralishga yoki tizzalab harakatlanishga majburlayotgani, hatto yotgan odamlar ustidan yurayotgani aks etgan.

Holat yuzasidan Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya elchisi Sergey Vakunovni chaqirtirib, unga izoh talab qilingan rasmiy nota topshirgan.

Qirg‘iz tomoni Rossiyadan o‘z fuqarolarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishni va kelajakda bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymaslikni so‘ragan. Bu kabi voqealar Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi ittifoqchilik va strategik sheriklik munosabatlariga putur yetkazishi mumkinligi ta’kidlangan.

Qirg‘izistonning Mehnat, ijtimoiy ta’minot va migratsiya vazirligining Moskvadagi vakolatxonasi Rossiya Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Moskva prokuraturasi, Rossiya ombudsmani va boshqa idoralarga “Bodrost” hammomidagi voqea yuzasidan tegishli choralar ko‘rishni so‘rab murojaat yo‘llagan.

O‘xshash yangiliklar

Stels samolyotlar Eron osmonida infraqizil sensorlar orqali aniqlandi
Stels samolyotlar Eron osmonida infraqizil sensorlar orqali aniqlandi
Zamonaviy harbiy aviatsiyada stels tushunchasi ko'pincha noto'g'ri tushuniladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ko'pchilik bu texnologiya samolyotni mutlaqo ko'rinmas qiladi
Dunyo Bugun, 12:56
Economist jurnali Erondagi keskinlik Trampni zaiflashtirishi mumkinligini aytdi
Economist jurnali Erondagi keskinlik Trampni zaiflashtirishi mumkinligini aytdi
Britaniyada nashr etiladigan va butun dunyo siyosatini chuqur tahlil qiluvchi mashhur Economist jurnali Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp haqida muhim tahririyat maqolasini
Dunyo Bugun, 12:21
Tramp Eronga quruqlikdan askar yuborishni hozircha rejalashtirmayapti
Tramp Eronga quruqlikdan askar yuborishni hozircha rejalashtirmayapti
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi quruqlikda harbiy amaliyot o'tkazish uchun amerikalik askarlarni yuborishni hozircha rejalashtirmayotganini ochiq bayon
Dunyo Bugun, 00:20
Eron hududida AQShning F-35 qiruvchisi o'qqa tutildi
Eron hududida AQShning F-35 qiruvchisi o'qqa tutildi
Amerika Ovozli va tasvirlangan CNN axborot agentligining so'nggi ma'lumotlariga ko'ra, Amerikaning zamonaviy F-35 qiruvchi samolyoti Eron hududi ustida jangovar missiya
Dunyo Bugun, 00:01
Eron Xayfa neft zavodiga raketa zarbasi berdi
Eron Xayfa neft zavodiga raketa zarbasi berdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat yana bir bor keskinlashib ketdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eron qurolli kuchlari tomonidan Isroilning shimoliy qismida joylashgan Xayfa shahri yo‘nalishiga raketa
Dunyo Kecha, 22:20
Tailandda yuz bergan halokat natijasida bir o'zbekistonlik vafot etdi
Tailandda yuz bergan halokat natijasida bir o'zbekistonlik vafot etdi
Tailand poytaxti Bangkok shahrida avtobus ishtirokidagi jiddiy yo'l-transport hodisasi qayd etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu voqeadan jabr ko'rganlar orasida O'zbekistonning
Dunyo Kecha, 15:41