Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 11 noyabr
+10°
небольшой дождь ветер 5 м/с, СЗ
ENRU

Afg‘oniston va Pokiston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi

Dunyo
23
Afg‘oniston va Pokiston chegarasida qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi
12 oktyabr, yakshanba kuni tushdan keyin Afg‘oniston va Pokiston chegarasida vaziyat keskinlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

AFP agentligining ikki davlat manbalariga tayanib berishicha, chegarada qurolli to‘qnashuvlar yuz berdi. Bu mojaro natijasida o‘nlab odamlar halok bo‘ldi, biroq aniq raqamlarni mustaqil tekshirish imkoniyati hozircha yo‘q.

Kobuldagi hokimiyatni qo‘lga olgan Tolibon harakati vakili Zabiҳulloh Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, to‘qnashuvlarda 58 nafar Pokiston askari halok bo‘lgan. Islomobod esa bu ma’lumotni rad etdi.

Tolibon bayonotida Afg‘oniston kuchlari qo‘shni davlatning 20 ta chegara postini vaqtincha egallab olgani qayd etildi. Mujohid bu harakatni javob chorasi deb atadi va to‘qqiz afg‘on askari ham halok bo‘lganini bildirdi.

Shu bilan birga, Pokiston ommaviy axborot vositalari xavfsizlik manbalariga tayanib, Afg‘oniston tomonida ham ko‘plab qurbonlar borligini xabar qildi. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Pokiston qo‘shinlari 19 ta afg‘on chegara postini nazoratga olgan.

Bu haqda AFP agentligi ham ma’lum qildi. Kecha ikki davlat chegarasida mojaro yana kuchaydi.

Tolibon va Pokiston armiyasi o‘rtasida shiddatli otishmalar yuz berdi. Bu voqealardan ikki kun oldin Kobul Islomobodni Afg‘oniston hududiga havo zarbalari berganlikda ayblagan edi.

9 oktyabr kuni Kobul va janubiy-sharqiy hududlarda portlashlar sodir bo‘lgandan so‘ng, Afg‘oniston Mudofaa vazirligi Pokistonni mamlakat suverenitetini buzishda aybladi. Pokiston bu ayblovlarni rad etdi va Kobulni o‘z hududida Pokiston Tolibonlariga boshpana berishni to‘xtatishga chaqirdi.

Pokiston hukumati Tolibon bilan bog‘liq qurolli guruhlarni 2021 yildan beri yuzlab pokistonlik askarlarni o‘ldirganlikda ayblamoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Pokistonlik Tolibon a’zolari Afg‘onistonda tayyorgarlikdan o‘tadi va afg‘on hamfikrlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

Pokiston razvedkasi dpa agentligiga ma’lum qilishicha, Islomobod amalga oshirgan zarbalar Tolibon yetakchisi Nur Vali Mehsubga qaratilgan. Kuzatuvchilar fikricha, Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi bu ziddiyat nafaqat harbiy, balki siyosiy jihatdan ham yangi xavfli bosqichni boshlashi mumkin.

Chegara hududidagi beqarorlik butun mintaqada tinchlik uchun jiddiy tahdid hisoblanadi.

O‘xshash yangiliklar

Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronda Jungon shahri hokimi qurolli hujum oqibatida vafot etdi
Eronning Chexormahol va Baxtiyoriy viloyatida joylashgan Jungon shahri hokimi Ismoil Islomiy Bobohaydariy qurolli hujum oqibatida vafot etdi. Mazkur mudhish voqea
Dunyo01:14, 29-10-2026
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniyada poyezdlar to'qnashuvi sababli uch kunlik motam e'lon qilindi
Ispaniya hukumati mamlakatda sodir bo‘lgan mudhish temiryo‘l halokati oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan uch kunlik rasmiy motam e’lon qildi.
Dunyo00:40, 29-10-2026
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
«Barselona» yulduzi Lamin Yamalning otasi aeroportda janjal chiqardi
Ispaniyaning "Barselona" klubi va jahon futbolining eng yorqin yosh yulduzlaridan biri Lamin Yamalning otasi Munir Nasraui yana bir shov-shuvli mojaro markazida qoldi.
Dunyo00:20, 29-10-2026
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘izistonda viloyat va tumanlar tugatilib yangi aymoqlar tuziladi
Qirg‘iziston hukumati mamlakatning ma’muriy-hududiy tuzilishini tubdan isloh qilishni rejalashtirmoqda. Ushbu o‘zgarishlarga ko‘ra, amaldagi yetti viloyat va qirqta
Dunyo23:51, 28-10-2026
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
AQSHda o'likxonaga yuborilgan go'dak besh soatdan keyin tirildi
Amerika Qo'shma Shtatlarida bir yarim yoshli go'dak shifokorlar tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganidan besh soat o'tgach, o'likxonada tirik ekani ma'lum bo'ldi.
Dunyo18:47, 28-10-2026
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
Putin va Chapo Kremlida ko'p qirrali sheriklikni kuchaytirdi
2026 yil 27 oktyabr kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin va Mozambik Respublikasi prezidenti Daniel Fransishku Chapo Moskvadagi Kreml saroyida rasmiy muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda
Dunyo18:12, 28-10-2026