Bugun
Tramp e'lonidan oldin neft bozorida shubhali bitimlar amalga oshdi
+23°
переменная облачность ветер 3.9 м/с, С

Ish topolmagan, ammo omad topgan: boshpanasiz erkak millionerga aylandi

Dunyo
138

Ish topolmagan, ammo omad topgan: boshpanasiz erkak millionerga aylandi
Kaliforniya shtatida yashovchi, yillar davomida ko‘chada tunni o‘tkazib kelayotgan erkak bir kunda omad eshigini ochdi. U Sandy's Deli Liquor nomli mahalliy do‘kondan lotereya chiptasi sotib olib, 1 million dollar yutuqqa ega bo‘ldi. Bu haqda Los Angeles Times nashriga tayanib “Pravila jizni” ma’lum qildi.

Qahramonning ismi sir, ammo omadi ochiq

G‘olibning to‘liq ismi oshkor qilinmagan, lekin u Sandy's Deli Liquor do‘konining doimiy mehmoni ekan. Do‘kon boshqaruvchisi Uilson Samaan uni samimiy, ishonchli va halol inson sifatida tavsiflaydi. Uning aytishicha, erkak juda ko‘p yillardan beri San Luis Obispo shahri ko‘chalarida yashab kelgan.

Bir paytlar Samaan unga do‘konda ish taklif qilgan, ammo erkakning tizzasidagi kasallik bunga monelik qilgan.

"Uka, sen jekpot yutding!"

G‘olib bu ulkan omad haqida o‘tgan haftada bilib qoldi. Odatidagidek do‘konga kirib, chiptadagi himoya qatlamini tozaladi va raqamlarni ko‘rib, lol qoldi.

“U avval 100 ming dollar yutdim deb o‘yladi. Keyin men unga: 'Yo‘q, sen butunlay jekpotni yutding!' deb aytdim,” — deb xotirlaydi Samaan.

Shundan so‘ng u g‘olibni California Lottery idorasiga olib bordi, u yerda chipta rasman tasdiqlandi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu kabi yirik yutuqni qo‘lga kiritish ehtimoli 2 047 423 ta chiptadan bittada bo‘lar ekan.

“Bu pul hayotimni tubdan o‘zgartirdi”

Yong‘indek yoyilgan bu voqea jurnalistlar diqqat markaziga tushdi. LA Times muxbiri bilan suhbatda erkak shunday dedi:

“Mening hayotim to‘liq o‘zgardi. Bu pulga kichik uy va avtomashina olishni niyat qilyapman. Qolganini esa kelajak uchun sarmoya qilishni o‘ylayapman.”

California Lottery vakillariga ko‘ra, yutuqni rasmiylashtirish jarayoni bir necha hafta yoki ikki-uch oygacha cho‘zilishi mumkin.

Siz lotereya chiptasi olib ko‘rganmisiz? Agar 1 million dollar yutsangiz, nima qilgan bo‘lar edingiz? Fikringizni izohda yozing!

O‘xshash yangiliklar

AQSH Yaqin Sharqqa minglab dengiz piyodalarini yubormoqda
AQSH Yaqin Sharqqa minglab dengiz piyodalarini yubormoqda
Amerika Qo'shma Shtatlari Yaqin Sharq mintaqasiga o'zining dengiz piyodalari kuchlarini jadal ravishda yo'naltirayotgani haqida yangi va muhim xabarlar paydo bo'ldi. Bu haqda
Dunyo Bugun, 15:54
Tramp e'lonidan oldin neft bozorida shubhali bitimlar amalga oshdi
Tramp e'lonidan oldin neft bozorida shubhali bitimlar amalga oshdi
Neft bozorida so'nggi kunlarda e'tiborni jamlagan muhim voqea yuz berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xalqaro moliyaviy nashrlar ma'lumotlariga ko'ra, Amerika Qo'shma
Dunyo Bugun, 15:10
Tramp to'rt yilda o'ttiz uch ming marta yolg'on gapirdi
Tramp to'rt yilda o'ttiz uch ming marta yolg'on gapirdi
Vashington Post gazetasi tomonidan o'tkazilgan chuqur tahlillar natijalarida AQSh prezidenti Donald Trampning to'rt yillik davomidagi ommaviy bayonotlari batafsil ko'rib chiqildi. Bu
Dunyo Bugun, 14:38
Isroil Quddusdagi muqaddas joylarda sirli tunnellar qazmoqda
Isroil Quddusdagi muqaddas joylarda sirli tunnellar qazmoqda
Xitoylik mashhur olim Szyan Chenning ma’lum qilishicha, Isroil hukumati Quddusdagi Dome of the Rock hamda Al-Aqso masjidlari ostida sirli tunnellar qazmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Rejaga
Dunyo Bugun, 14:23
Eng bardoshli davlatlar roʻyxatida Irlandiya va Shveytsariya yetakchi
Eng bardoshli davlatlar roʻyxatida Irlandiya va Shveytsariya yetakchi
Ekspertlar global inqirozlar, jumladan urush va pandemiya kabi murakkab vaziyatlarda yashash uchun eng bardoshli davlatlar ro‘yxatini tuzdilar. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu baholashda
Dunyo Bugun, 13:38
Tramp Eron urushi o'z tashabbusi emasligini aytdi
Tramp Eron urushi o'z tashabbusi emasligini aytdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Eron bilan yuzaga kelgan harbiy qarama-qarshilik masalasida o'z nuqtai nazarini ochib berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning
Dunyo Bugun, 13:27