Bugun
Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
+13°
пасмурно ветер 2.2 м/с, ЮВ

Putin borsa, Tramp ham boradi: Istanbulda katta uchrashuv bo‘ladimi?

Dunyo
43
Putin borsa, Tramp ham boradi: Istanbulda katta uchrashuv bo‘ladimi?
Ertagayoq Putin, Zelenskiy va Tramp Istanbulda uchrashishi, agar bu sodir bo‘lsa, Ukrainadagi qirg‘inbarot tugashi mumkin. Zelenskiy borishi aniq, Tramp ham bormoqchi, Putin-chi?

Bayonotlar jangi

15 may kuni Turkiyada o‘tajak uchrashuv juda qiziq tashkil bo‘ldi. Bu uchrashuv atrofida haqiqiy bayonotlar jangini ko‘rdik. Demak, nimadan boshlandi: avvaliga Vladimir Putin 10 may kuni yarim kechasi bayonot berishi aytildi. Rossiya propagandasida «Putinning chiqishi Amerikadagi praym taymni portlatishi» aytildi. Bilasiz, Putin aynan Amerikada hamma televizor ko‘radigan vaqtda chiqish qilishni yaxshi ko‘radi.

Xullas, yarim kechasi xorijiy va mahalliy jurnalistlar Kremlda Putinning chiqishini kutdi. Bu matbuot anjumani bo‘ladi deyishgandi, lekin Peskov Putinga hech kim savol bermasligi, faqat u gapirishini aytib qoldi. Keyin Putin chiqib Ukrainaga 15 may kuni Turkiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokara o‘tkazishni taklif qildi.

Shu tariqa birinchi qadamni Putin tashladi. Ko‘p o‘tmay Donald Tramp telefonini oldi-da, Truth ijtimoiy tarmog‘idagi posti orqali ishga kirishdi. Ukrainadan Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri uchrashish taklifini qabul etishni talab qilaman, dedi Tramp. AQSH prezidenti nodir metallar bo‘yicha strategik kelishuv imzolanganidan keyin ilk marta Kiyevga ochiq bosim qildi. Keyin navbat Zelenskiyga keldi.

«Faqat Putinni kutaman»

Bayonotlar jangiga yakuniy nuqtani Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qo‘ydi. Ruschasiga aytganda bu chinakam «jirniy tochka» bo‘ldi. «Payshanba kuni Istanbulda Putinni kutaman. Ko‘ramiz, Rossiya bu gal qanday bahona toparkin», dedi Zelenskiy. Bu juda kuchli chiqish bo‘ldi. Zelenskiy ochiqchasiga Putinni yakkama-yakka uchrashuvga chaqirdi.

Ukraina prezidenti keyinchalik bir necha bor chiqish qilib, Putinga bosim qildi. «Putin men bilan yakkama-yakka gaplashishga qo‘rqadi», dedi xususan. Putinga sen mendan qo‘rqasan, deyishganini shaxsan men faqat Aleksey Navalniydan eshitganman. Davlat rahbarlarini-ku qo‘yavering, hatto Amerika prezidentlari ham Putinga yurak yutib bunaqa deyolmagan.

Tramp ham boradi, agar...

Bayonotlar jangida Tramp yana bir marta ishtirok etdi. U Istanbulga borishni o‘ylayotgani haqida post yozdi. Keyinchalik Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog agar Rossiya prezidenti Putin ham boradigan bo‘lsa, Tramp ham Istanbulga uchishini aytdi.

Endi Rossiya prezidentida Turkiyaga borib, Zelenskiy bilan yakkama-yakka uchrashishdan boshqa yo‘l qolmadi. Agar bormasa, bu Putin uchun katta minus bo‘ladi. Putin Istanbulga bormasa, Tramp Yevropa Ittifoqi bilan birlashib, Rossiyaga o‘zi va’da qilgan dahshatli sanksiyalarni qo‘llashi mumkin.

Aytib qo‘yay, agar chindan Putin, Tramp va Zelenskiy Istanbulda Erdo‘g‘an mezbonligida uchrashsa, dunyoda jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Nima deb o‘ylaysiz, Putin Istanbulga boradimi?

O‘tkir Jalolxonov tayyorladi.

O‘xshash yangiliklar

Jeffri Saks: Urushni muzokaralar bilan to‘xtatish mumkin edi
Jeffri Saks: Urushni muzokaralar bilan to‘xtatish mumkin edi
Amerikalik taniqli iqtisodchi Jeffri Saks Ukraina atrofidagi vaziyat va G‘arb davlatlarining siyosatini keskin tanqid qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U britaniyalik siyosatchi Jorj
Dunyo Bugun, 14:24
Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
AQShning Kaliforniya shtatida 99-shosse yo‘lida quyuq tuman tufayli yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu voqea 31-yanvar kuni ertalab, soat 08:15 atrofida
Dunyo Bugun, 13:56
Bitkoin narxi 75 ming dollardan pastga tushdi
Bitkoin narxi 75 ming dollardan pastga tushdi
Kripto bozoridagi so‘nggi o‘zgarishlar yana e’tiborni tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Binans birjasida bitkoin narxi 75 ming dollar chegarasidan pastga tushib, 74 859,9 dollarga yetdi. Bu
Dunyo Bugun, 12:17
“Gelikoid” qamoqxonasidan siyosiy mahbuslar ozod qilindi
“Gelikoid” qamoqxonasidan siyosiy mahbuslar ozod qilindi
Venesuelada sharoitlari og‘irligi va qiynoqlar qo‘llanilishi bilan tanilgan “Gelikoid” qamoqxonasidan kamida to‘qqiz nafar mahbus ozod etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular orasida huquq
Dunyo Bugun, 11:55
Zelenskiy: Hududiy masalalar faqat yuqori darajada hal bo‘ladi
Zelenskiy: Hududiy masalalar faqat yuqori darajada hal bo‘ladi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan hududiy masalalarni hal qilish uchun asosiy shartni ochiq bayon qildi: Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotsiz bu masalada jiddiy
Dunyo Bugun, 09:47
Dubayda tilla bilan qoplangan ko‘cha quriladi
Dubayda tilla bilan qoplangan ko‘cha quriladi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dunyodagi ilk tilla bilan qoplangan ko‘cha qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu loyiha, asosan, sayyohlar va zargarlik
Dunyo Bugun, 09:24