Bugun
Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
+13°
пасмурно ветер 3.3 м/с, ЮВ

Yevropa Putin va uning atrofidagilar uchun maxsus tribunal tashkil etmoqda: Tarixiy qaror qabul qilindi!

Dunyo
45
Yevropa Putin va uning atrofidagilar uchun maxsus tribunal tashkil etmoqda: Tarixiy qaror qabul qilindi!
Yevropa Kengashi vazirlar qo‘mitasi Ukrainaga qarshi amalga oshirilgan bosqinchilik jinoyatlari bo‘yicha xalqaro Maxsus tribunal tashkil etilish jarayoni boshlanganligini rasman ma’lum qildi. Jahon OAVlarida bu tribunalga "Putin uchun tribunal" degan ramziy nom ham berib ulgurildi.

Bu muhim va tarixiy qaror Yevropa Kengashi vazirlari tomonidan 14 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda qabul qilingan. Yevropa Kengashi bosh kotibi Alen Bersga tribunalni tashkil etish va uning ish jarayonlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.

Deutsche Welle axborot agentligi o‘zining diplomatik doiralardagi manbalariga tayangan holda, tribunalni tashkil qilish bilan bog‘liq barcha texnik va huquqiy jarayonlar 2025 yil oxiri yoki 2026 yilning boshiga kelib yakunlanishini taxmin qilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning aprel oyida qariyb 40 ta davlat, Yevropa Ittifoqi komissiyasi, Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat xizmati hamda Yevropa Kengashining turli institutlarini birlashtirgan maxsus ishchi guruhi mazkur xalqaro tribunalning texnik jihatlari bo‘yicha asosiy loyihani yakunlagan edi.

Aytish joizki, mazkur maxsus tribunal, birinchi navbatda, Rossiya Federatsiyasining yuqori lavozimli mansabdorlaridan iborat 20 nafar shaxs ustidan sud jarayonini o‘tkazishni rejalashtirgan. Ushbu shaxslar Ukraina hukumati tomonidan tayyorlanadigan maxsus ro‘yxatga kiritiladi va ular o‘z lavozimiga bog‘liq funksional immunitetlari bilan himoyalana olmaydilar. Ushbu shaxslar Rossiya tomonidan Ukrainaga nisbatan amalga oshirilgan agressiyani rejalashtirish, tayyorlash va amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan yuqori darajali siyosiy va harbiy rahbarlardir.

Tribunalning dastlabki bosqichida javobgarlikka tortilishi mumkin bo‘lgan shaxslar orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin, bosh vazir Mixail Mishustin va tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov kabi eng yuqori martabali mansabdor shaxslar ham bor. Biroq ular o‘z lavozimlarida qolib turgan vaqtda bevosita sudga tortila olmasligi mumkin. Shunga qaramasdan, ular ustidan tergov harakatlari amalga oshiriladi, dalillar yig‘iladi va ayblov xulosalari tayyorlanadi.

Ayrim huquqiy manbalarning ta’kidlashicha, yuqori martabali mansabdor shaxslarga nisbatan sudga chaqiruv va hibsga olish haqidagi qarorlarni qabul qilish uchun, avvalambor, ularning diplomatik va funksional immunitetlari olib tashlanishi lozim. Shuning uchun ham Putin, Mishustin va Lavrov ustidan sud jarayonining sirtdan o‘tkazilishi ehtimoli mavjud.

Bu tribunal xalqaro hamjamiyatning Rossiyaga qarshi amalga oshirgan bosqinchilik jinoyatlari uchun huquqiy javob qaytarish yo‘lidagi muhim bir bosqichi bo‘lishi taxmin qilinmoqda.

Zamin.uz tahririyati ushbu xalqaro va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boradi va yangiliklarni o‘z vaqtida e’tiboringizga yetkazishda davom etadi.

O‘xshash yangiliklar

Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
AQShning Kaliforniya shtatida 99-shosse yo‘lida quyuq tuman tufayli yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu voqea 31-yanvar kuni ertalab, soat 08:15 atrofida
Dunyo Bugun, 13:56
Bitkoin narxi 75 ming dollardan pastga tushdi
Bitkoin narxi 75 ming dollardan pastga tushdi
Kripto bozoridagi so‘nggi o‘zgarishlar yana e’tiborni tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Binans birjasida bitkoin narxi 75 ming dollar chegarasidan pastga tushib, 74 859,9 dollarga yetdi. Bu
Dunyo Bugun, 12:17
“Gelikoid” qamoqxonasidan siyosiy mahbuslar ozod qilindi
“Gelikoid” qamoqxonasidan siyosiy mahbuslar ozod qilindi
Venesuelada sharoitlari og‘irligi va qiynoqlar qo‘llanilishi bilan tanilgan “Gelikoid” qamoqxonasidan kamida to‘qqiz nafar mahbus ozod etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular orasida huquq
Dunyo Bugun, 11:55
Zelenskiy: Hududiy masalalar faqat yuqori darajada hal bo‘ladi
Zelenskiy: Hududiy masalalar faqat yuqori darajada hal bo‘ladi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya bilan hududiy masalalarni hal qilish uchun asosiy shartni ochiq bayon qildi: Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqotsiz bu masalada jiddiy
Dunyo Bugun, 09:47
Dubayda tilla bilan qoplangan ko‘cha quriladi
Dubayda tilla bilan qoplangan ko‘cha quriladi
Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida dunyodagi ilk tilla bilan qoplangan ko‘cha qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu loyiha, asosan, sayyohlar va zargarlik
Dunyo Bugun, 09:24
Fevralda magnit bo‘ronlari ko‘payadi: xavfli kunlar aniqlandi
Fevralda magnit bo‘ronlari ko‘payadi: xavfli kunlar aniqlandi
2026-yil fevral oyida magnit bo‘ronlari soni ortishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu davrda turli kuchlanishdagi bo‘ronlar kuzatilishi prognoz qilinmoqda. Mutaxassislar eng xavfli
Dunyo Bugun, 08:40