Kuyov qaynonasini o‘ldirib jasadni daryoga uloqtirdi
Janubiy Koreyaning Degu shahrida jiddiy jinoyat sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Kuyov qaynonasini o‘ldirib, xotini bilan birgalikda uning jasadini chamadonga solib, daryoga tashlagan. Bu haqda RЕN TV xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 50 yoshli ayol qizi va kuyovi bilan birga yashash uchun ularning uyiga ko‘chib kelgan. Kuyov esa qaynonasini yoqtirmagan va bir necha oy davomida uni doimiy ravishda kaltaklab kelgan.
So‘nggi voqeada ayolning shovqinli va tartibsiz xulq-atvori bahona qilib, kuyov uni ikki soatdan ortiq urib, tepib qiynagan. Natijada ayol ko‘plab jarohatlar olib, vafot etgan.
Shundan so‘ng erkak jasadni chamadonga joylab, ko‘cha bo‘ylab sudrab olib ketgan va keyin daryoga uloqtirgan. Jinoyat sodir etilgan paytda uning xotini ham yonida bo‘lgan.
Jasad topilgach, politsiya tergovni boshlagan va er-xotin qo‘lga olingan. Erkak o‘z jinoyatini tan olgan.
Hozir tergov davom etmoqda. Ushbu voqea jamiyatda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.
Politsiya fuqarolardan bunday holatlarga e’tiborli bo‘lishni so‘ramoqda.