Bugun
Tramp Eron bilan muzokaralar samarali bo'lganini aytdi
+14°
ясно ветер 1.4 м/с, СВ

Makron Tramp bilan uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?

Dunyo
127
Makron Tramp bilan uchrashuvi natijalari haqida nimalar dedi?
Foto: Reuters
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Fox News telekanaliga bergan intervyusida «yaqin haftalarda» Ukraina va Rossiya oʻrtasida sulh tuzilishi mumkinligiga ishonishini aytdi.

«Avval sulh kerak. Oʻylaymanki, yaqin haftalarda buning imkoni boʻladi. [...] Agar unga rioya qilinmasa, Rossiya bunga jiddiy qaramayotganining eng yaxshi isboti shu boʻladi», — degan Makron.

U soʻzida davom etib, sulh vaqtida uzoq muddatli tinchlik, xavfsizlik kafolatlari, hudud va Ukrainani tiklash boʻyicha muzokaralar olib borish mumkin boʻlishini bildirgan. AQSh nodir metallar boʻyicha shartnoma tuzishi mumkin, bu Makronning fikricha, AQSh Ukraina suverenitetini qoʻllab-quvvatlashining eng yaxshi kafolati boʻladi.

Shu bilan birga, Fransiya prezidenti har qanday tinchlik kelishuvi «Ukrainaning taslim boʻlishi» boʻlmasligi kerakligi, uni xavfsizlik kafolatlari bilan mustahkamlash zarurligini ta'kidladi.

Bunday kafolatlarning ehtimoliy variantlari orasida Makron Kiyevga «kuchli armiya»ga ega boʻlish (kamida 800 ming askar, deya aniqlik kiritdi u) va Ukrainaga Evropa tinchlikparvar kontingentini yuborishga tayyorligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, ular Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer bilan birgalikda yevropalik harbiylarni «front chizigʻida emas, balki tinchlik shartnomasida kelishilgan alohida joylarda» joylashtirishni nazarda tutuvchi taklifni ishlab chiqmoqda. Ularning ishtiroki, dedi Makron, «AQSh koʻmagida» tinchlikni saqlashga yordam beradi va «bizga boʻlgan jamoaviy ishonch»ni anglatadi.

Makronning aytishicha, u allaqachon oʻz takliflarini Evropaning boshqa 30 davlati rahbari bilan muhokama qilgan va ularning koʻpchiligi Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlarini ta'minlashda ishtirok etishga tayyor.

Makron Donald Tramp bilan uchrashuvi va Amerika prezidenti bilan qoʻshma matbuot anjumanidan koʻp oʻtmay Fox News telekanaliga intervyu berdi.

Ushbu matbuot anjumanida Tramp, shuningdek, avval sulh tuzish, keyin esa — uzoq muddatli tinchlik oʻrnatishni maqsad qilganini aytdi. Biroq u xavfsizlik kafolatlari haqida gapirmadi.

«Biz tez, ammo moʻrt boʻlmagan [tinchlik] kelishuvini xohlaymiz», — dedi Makron matbuot anjumanida.

Fransiya va AQSh prezidentlari tinchlik kelishuvining bir qismi Ukrainadagi Evropa tinchlikparvar kontingenti boʻlishi kerakligiga kelishib olishgan. Trampning aytishicha, u bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplashib boʻlgan va u Trampning soʻzlariga koʻra, bunga rozi boʻladi.

«Men unga [Putinga] bu savolni ataylab berdim, — dedi Tramp. — Uning bu taklif bilan muammosi yoʻq». Avvalroq Rossiya rasmiylari Ukrainada yevropalik harbiylarni joylashtirish gʻoyasini rad etgan edi.

Fransiya prezidenti Makron — Donald Tramp bilan u Oq uyga qaytganidan keyin uchrashgan ilk yevropalik davlat rahbari boʻldi. Makron ortidan joriy haftada Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer ham Tramp bilan uchrashish uchun Vashingtonga uchishni rejalashtirmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
Eron harbiy bosqichni kuchaytirib Hormuz bo'g'oziga bosim o'tkazmoqda
Yaqin Sharqdagi harbiy mojaro hozirda yangi va jiddiy bosqichga o'tmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Eron davlati katta qurbonliklar va yo'qotishlarga qaramay, o'zining strategik
Dunyo Bugun, 03:15
Tramp Eron bilan muzokaralar samarali bo'lganini aytdi
Tramp Eron bilan muzokaralar samarali bo'lganini aytdi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp Eron bilan o'tkazilgan so'nggi ikki kunlik muzokaralar juda samarali bo'lganini ta'kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Bugun, 02:33
AQSH va Isroil Eronga qarshi urushda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda
AQSH va Isroil Eronga qarshi urushda muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda
Qo'shma Shtatlar va Isroil Eronga qarshi keng ko'lamli harbiy amaliyotni boshlaganidan beri yigirma kundan ortiq vaqt o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu davr mobaynida
Dunyo Bugun, 02:30
Eron AQShning zamonaviy MQ-9 Reaper dronini urib tushirdi
Eron AQShning zamonaviy MQ-9 Reaper dronini urib tushirdi
Eron mudofaa vazirligi mamlakat janubidagi Bushehr shahri ustidan AQShga tegishli uchuvchisiz uchish apparatini o'zining havo mudofaa tizimlari yordamida yo'q qilganini e'lon qildi.
Dunyo Bugun, 01:49
Eron inqirozi Hindistonda qoramol go'ngi talabini oshirdi
Eron inqirozi Hindistonda qoramol go'ngi talabini oshirdi
Eron atrofida yuzaga kelgan keskin siyosiy va harbiy vaziyat mintaqadagi gaz ta'minotiga jiddiy zarba berdi va bu oqibatda Hindistonda ham noma'lum holat boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Bugun, 01:36
Amerikalik askarlar Eron kampaniyasidan norozi bo'lib ruhiy tushkunlikka uchmoqda
Amerikalik askarlar Eron kampaniyasidan norozi bo'lib ruhiy tushkunlikka uchmoqda
Yaqin Sharqdagi qurolli to'qnashuvlar nafaqat mintaqaviy siyosiy xaritada, balki jang maydonidagi harbiylarning ruhiy holatida ham katta o'zgarishlarga sabab bo'lmoqda. Bu haqda
Dunyo Bugun, 00:46