Serotonin — baxt gormoni va yaxshi kayfiyatning asosiy homiysi. Stressli vaziyatlarda uning darajasi keskin pasayadi, bu esa xavotirni oshiradi, shuningdek, tashvishlanishga sabab bo‘lishi mumkin. Ba’zi mahsulotlar yordamida serotonin darajasini oshirish juda oson, ularning beshtasi bilan quyida tanishib chiqing.
Sut mahsulotlari
Kalsiyga boy bo‘lgan sut, ayniqsa iliq sut, haqiqatan ham stressni yengillashtiradi, kayfiyatni barqarorlashtiradi. Sut mahsulotlari tarkibidagi minerallar, jumladan magniy, kalsiy, kaliy va fosfor asab tizimining faoliyatini normallashtiradi. Ota-onalar bolaning tanasini bir oz tinchlantirish va uni uyquga tayyorlash uchun yotishdan oldin bolalarga bir stakan iliq sut berishlari bejiz emas.
Qora shokolad
Shokoladni faqatgina yomon kayfiyat uchun eng yaxshi davo o‘ylash, to‘g‘ri emas. Bir bo‘lak qora shokolad endorfinlarni chiqaradi va serotonin darajasini oshiradi. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, shokolad iste’mol qiladigan odamlarda stress gormonlari darajasi boshqalarga qaraganda ancha past. Kuniga ikki bo‘lak qora shokolad iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Banan
Bu mevalarda B6 vitamini bilan birgalikda serotonin darajasini oshiradigan triptofan mavjud. Bundan tashqari, banan tarkibidagi yuqori uglevodlar organizmga energiya beradi va kayfiyatni yaxshilaydi. Shunday qilib, banan uyqusizlik, tashvish va depressiyani davolashda samarali mahsulot hisoblanadi.
Yasmiq
Banan singari, yasmiq ham serotonin ishlab chiqarishga yordam beradigan uglevodlarga boy. Natijada, stress bartaraf etiladi. Ushbu mahsulot, shuningdek, qonda shakar darajasini barqarorlashtiradi, kayfiyat o‘zgarishining oldini oladi. Yasmiq tarkibidagi temir esa tanaga quvvat beradi. Yarim stakan yasmiq garnir sifatida iste’mol qilish yoki sho‘rvalarga qo‘shish tavsiya etiladi. Organizm ushbu mahsulotni hazm qilishini osonlashtirish uchun pishirishdan oldin yasmiqni bir necha soat davomida suvda ivitish tavsiya etiladi.
Baliq
To‘yinmagan yog‘li kislotalar Omega 3-6 asab tizimini rag‘batlantiradi va ularning asosiy manbalaridan biri baliqdir. Bu kortizol va adrenalin darajasini pasaytirishga yordam beradi, shuningdek, vahima hujumlari xavfini sezilarli darajada kamaytiradi. Bundan tashqari, baliq miya va asab tizimiga foydali ta’sir ko‘rsatadigan B vitaminlari, yod, fosfor, A va E vitaminlariga boy. Baliq tarkibidagi moddalar triptofan ishlab chiqarishni, bu esa o‘z navbatida serotonin ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi.
Foto: Harper's Bazaar
[lang=ru,en] [/lang]
O‘xshash yangiliklar

Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja

Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati

«Manchester Yunayted» yoki «Tottenhem»: Yevropa Ligasi kubogi kimga ko‘proq kerak?
Bugun, 21 may kuni Bilbaoda Yevropa Ligasi finali bo‘lib o‘tadi. Angliyaning ikki jamoasi – «Manchester Yunayted» va «Tottenhem» nufuz jihatidan ikkinchi o‘rinda turadigan yevrokubok uchun o‘zaro

Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni

Hafta oʻyinlari: «Manchester Siti» «Nyukasl»ga qarshi, «Bavariya» «Bayer» mehmoni
Foto: Getty images MANChESTER SITI – NYuKASL (15 fevral, 20:00) Kecha «Chelsi» Braytonda yutqazgach, kuchli toʻrtlik uchun da'vogarlarda yangi imkoniyat paydo boʻldi, deyish mumkin. Ayni paytda