Bugun
Saida Mirziyoyeva JST Bosh direktori bilan uchrashdi
+21°
ясно ветер 3.1 м/с, ЮЗ

Bu 4 mahsulot qon bosimi tez-tez oshadiganlar menyusidan joy olishi shart

Foydali
120
Bu 4 mahsulot qon bosimi tez-tez oshadiganlar menyusidan joy olishi shart
Gipertoniya yurak-qon tomir tizimi kasalliklari bilan xastalangan kishilarning o‘limiga sabab bo‘luvchi asosiy sabablardan biri hisoblanadi. Gipertonik odamlar quloqdagi shovqin, ko‘z ostidagi dog‘lar va boshdagi og‘irlik hissi nima ekanini juda yaxshi bilishadi. Bunday holatda nafaqat maxsus dori-darmonlar, balki to‘g‘ri tuzilgan menyu ham vaziyatni yengillashtirishga yordam beradi. Quyida qon bosimi tez-tez oshib turadigan bemorlar iste’mol qilishi tavsiya qilinadigan mahsulotlar haqida ma’lumot beramiz.

Yog‘siz tvorog

Foto: Shutterstock
Ushbu foydali mahsulot bir oz ko‘proq iste’mol qilinsa ham qomatga zarar yetkazmaydi, yurak faoliyatini normallashtiradi, qon tomirlarini kengaytiradi hamda kalsiy, magniy va kaliyga boy hisoblanadi. Eng yaxshi natijaga erishish uchun yog‘siz tvorogni muntazam ravishda iste’mol qilish kerak. Masalan, kuniga 100 gramm miqdor yetarlidir.

Qizil bulg‘or qalampiri

Foto: Shutterstock
Qizil bulg‘or qalampiri gipertoniklar uchun foydali mahsulotlardan biri hisoblanadi. Uning tarkibida kaliy va magniy ko‘p bo‘lib, bu moddalar qon bosimini me’yorlashtirishga yordam beradi hamda yurak faoliyatini yaxshilaydi. Shuningdek, qalampir yurak-qon tomir tizimini mustahkamlovchi C vitamini va antioksidantlarga boy.

Bulg‘or qalampiri tomirlarni kengaytiruvchi xususiyatga ega bo‘lib, qon aylanishini yaxshilaydi. Shu bilan birga, u kam kaloriyali va tolaga boy mahsulot bo‘lib, ortiqcha vaznning oldini olishga yordam beradi, bu esa gipertoniya xavfini kamaytiradi.

Biroq qalampirni haddan tashqari iste’mol qilish oshqozon-ichak muammolarini keltirib chiqarishi mumkin, shuning uchun uni me’yorida yeyish tavsiya etiladi. Kunlik optimal miqdor — kuniga 2 donadir.

Losos balig‘i

Foto: Shutterstock
Losos balig‘i gipertoniklar uchun juda foydali hisoblanadi. Uning tarkibidagi omega-3 yog‘ kislotalari qon tomirlarini mustahkamlab, ularning elastikligini oshiradi va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytiradi. Bu yurak-qon tomir tizimi faoliyatini yaxshilashga va qon bosimini me’yorida ushlashga yordam beradi.

Bundan tashqari, lososda oqsil va muhim aminokislotalar mavjud bo‘lib, ular yurakni mustahkamlash va organizmni energiya bilan ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Bu baliqning tarkibida zararli xolesterin miqdori past bo‘lib, yurak va qon tomirlar uchun xavfsizroq mahsulot hisoblanadi.

Gipertoniklar lososni qaynatilgan, bug‘da tayyorlangan yoki pishirilgan holda, , haftasiga 3 marta 100-150 grammdan iste’mol qilishlari tavsiya etiladi.

Suli yormasi

Foto: Shutterstock
Suli yormasi tarkibida organizm uchun muhim mikroelementlardan biri bo‘lgan selen mavjud. Ushbu modda kuchli antioksidant xususiyatga ega bo‘lib, yurak-qon tomir tizimini himoya qiladi va gipertoniyaning oldini olishda muhim rol o‘ynaydi.

Selen qon tomirlarining elastikligini oshirishga yordam berib, qon bosimini me’yorida ushlab turishga ko‘maklashadi. Shuningdek, u yurak mushaklari faoliyatini qo‘llab-quvvatlab, yurak kasalliklari xavfini kamaytiradi. Bu mikroelement immunitet tizimini mustahkamlashga ham xizmat qiladi va organizmni zararli ta’sirlardan himoya qiladi. Shifokorlar gipertoniya bilan og‘rigan bemorlarni har kuni ertalab suli yormasi yeyishni tavsiya qiladi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Uyqu, vitamin, moddalar yetishmovchiligi organizmga qanday ta’sir qiladi?
Uyqu, vitamin, moddalar yetishmovchiligi organizmga qanday ta’sir qiladi?
Sakkiz soat uxlaysiz, sog‘lom ovqatlanasiz va sport bilan shug‘ullanasiz, lekin baribir o‘zingizni energiya tejash rejimidagi smartfondek his qilasizmi? Gap faqat vitaminlar va minerallarda emas.
Foydali 19:37, 28-02-2025
Omega-3 haqiqatan ham qarish jarayonini sekinlashtiradimi?
Omega-3 haqiqatan ham qarish jarayonini sekinlashtiradimi?
Shveytsariyalik tadqiqotchilar omega-3 ni har kuni iste'mol qilish tanadagi tabiiy qarish jarayonini sekinlashtirishini isbotladi. Ilmiy tadqiqotda 70 va undan katta yoshdagi 777 nafar inson
Foydali 11:11, 6-02-2025
Pepper mushugi yangi virus shtammni olib keldi
Pepper mushugi yangi virus shtammni olib keldi
Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashovchi olimning Pepper laqabli mushugi ilmiy tadqiqotlarda muhim rol o‘ynamoqda. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Florida universiteti virusologi Jon Lednikning ma’lum
Dunyo 20:49, 11-07-2025
Krishtianu "Valensiya"ga ega chiqmoqchi – Muhammad bin Salmon homiylik qiladi
Krishtianu "Valensiya"ga ega chiqmoqchi – Muhammad bin Salmon homiylik qiladi
Portugaliyalik yulduz futbolchi Krishtianu Ronaldu Ispaniyaning mashhur klublaridan biri "Valensiya"ni xarid qilish niyatida. Ushbu jarayonda Ronaldu Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi
Sport 20:38, 25-02-2025
The CUBE o‘yinida Toshkent muzeyi arxitekturasi aks etdi
The CUBE o‘yinida Toshkent muzeyi arxitekturasi aks etdi
So‘nggi kunlarda xalqaro o‘yin jamoatchiligida Mundfish studiyasining yangi loyihasi The CUBE reklama kampaniyasi faol muhokama qilinmoqda. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. E’tiborni tortgan
Madaniyat 20:03, 12-07-2025