Bugun
Mostovoy: muxlislar Stankovichni faol qo‘llab-quvvatlaydi
+29°
ясно ветер 5.1 м/с, СЗ

Shamollaganda quloq bitsa qanday yoʻl tutish lozim?

Foydali
133
Shamollaganda quloq bitsa qanday yoʻl tutish lozim?
Allergiya tufayli oqishi va shamollash quloqlar salomatligiga ta'sir qiladi. Agar vaqtida kerakli choralar koʻrilsa, ushbu yoqimsiz holatni qisqa vaqt ichida yoʻq qilish mumkin. Bugun shamollash vaqtida quloqlar bitib qolganda qanday yordam koʻrsatish haqida ma'lumot beramiz.

OʻRVI paytida quloq bitishining asosiy sabablari

Oʻzimizga birinchi yordam berish va quloqlarni davolashdan avval nima uchun shamollash quloqlarga ta'sir qilishi haqida tushunchaga ega boʻlish kerak. Burun boʻshligʻi va sinuslar (sinuslar — koʻz va burun atrofi va bosh suyagi old qismi ichidagi boʻshliqlar)da yalligʻlanish bor yoki yoʻqligini bilish lozim. Chunki bu sohadagi shamollashlar eshitish naychasiga ta'sir qiladi. Bunda uning devorlari torayadi va quloq bitish hissi paydo boʻladi.

Agar oʻz vaqtida davolanmasa, eshitish naychasining yalligʻlanishi eshitish qobiliyatining qisman yoki toʻliq yoʻqolishiga olib kelishi mumkin.

Shamollaganda burun bitsa: birinchi yordam qanday koʻrsatiladi?

Xalq tabobatida quloq bitishidan vaqtinchalik xalos etadigan bir nechta usullar mavjud:

Avvalo burunni shunchaki qoqish orqali ortiqcha suyuqlikdan burun boʻshligʻini tozalang va tuzli eritma bilan chaying. Agar shundan keyin ham quloq bitishi ketmasa, burun yoʻllarini bunday usulda tozalashni vaqtinchalik toʻxtating va uning oʻrniga qon tomirlarini toraytiruvchi maxsus burun spreyi va tomchilardan foydalaning.

Massaj: quloq va burunni 15 daqiqa davomida massaj qiling, bunda quloq rakovinasi va burunning ikki chetiga alohida e'tibor bering.

Shamollash tufayli bitib qolgan quloqlarni tibbiy preparatlar yordamida davolash

Agar quloqlaringiz burun oqishi tufayli bitib qolganda yuqoridagi usullar yordam bermasa, dori vositalaridan foydalanishga oʻtish mumkin.

Burunga shifokor retseptisiz beriladigan tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni tomizish: Bu usul burun yoʻllari va sinuslardagi shishlarni kamaytiradi va natijada eshitish naychasiga keladigan bosim yoʻqoladi. Bu esa sinus boʻshligʻidagi oʻtkazuvchanlikning yaxshilanishiga zamin yaratadi. Ammo bunday usul vaqtinchalik yengillik berib, shifokor tomonidan belgilanadigan davolanish muolajasining oʻrnini bosa olmaydi.

Quloqda yalligʻlanish va shishishni kamaytiradigan, mikroblarga qarshi ta'sirga ega boʻlgan maxsus tomchilardan foydalanish mumkin.

Spirtli kompress yordamida quloqni isitish — bir necha qatlam buklangan doka boʻlagini iliq spirt bilan namlab, uni quloq ustiga qoʻyish va ustidan mato bilan oʻrab, bir necha soatga qoldirish mumkin.

Yuqoridagi tavsiyalar tez tibbiy yordam yoki shifokor koʻrigiga qadar qilinishi mumkin boʻlgan birinchi yordamdir. Ularning hech qaysi biri toʻliq davolanish kursining oʻrnini bosa olmaydi. Har qanday burun bitish holatida otolaringologga tashrif buyurishni unutmang. Jiddiy asoratlarning oldini olish oʻz zimmamizdadir.

O‘xshash yangiliklar

“Bayer” Xabi Alonsoga o‘rinbosar qidirmoqda: short-listdagi nomlar maʼlum bo‘ldi
“Bayer” Xabi Alonsoga o‘rinbosar qidirmoqda: short-listdagi nomlar maʼlum bo‘ldi
Madridning “Real” klubi Xabi Alonsoni yangi mavsumda jamoaga bosh murabbiy sifatida taklif qilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalishi ortidan “Bayer” rahbariyati ehtimoliy o‘zgarishlarga
Sport 19:48, 1-05-2025
Tarixda ilk marotaba qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi (video)
Tarixda ilk marotaba qotillik qurboni sudda sun’iy intellekt yordamida gapirdi (video)
AQSH tarixida birinchi marta sun’iy intellekt (SI) o‘lgan shaxsga o‘z qotiliga hukm o‘qilishi chog‘ida sudda «so‘zlash» imkonini berdi. Arizonada 2021 yilda yo‘l-transport hodisasi oqibatida yuzaga
Dunyo 18:03, 8-05-2025
Yangi smart uzuk sog'liqni nazorat qilishni o'zgartiradi
Yangi smart uzuk sog'liqni nazorat qilishni o'zgartiradi
Omni Health Ring sun'iy ong texnologiyasiga asoslangan yangi smart uzukni taqdim etdi, deb xabar berdi pepelac.news. Bu qurilma Kickstarter'da mablag' yig'ish kampaniyasini
Texnologiya 13:53, 24-03-2025
«Yuventus» muhim ochkolarni yo‘qotdi: A Seriyada Chempionlar ligasi uchun kurash qizimoqda!
«Yuventus» muhim ochkolarni yo‘qotdi: A Seriyada Chempionlar ligasi uchun kurash qizimoqda!
Italiya chempionati 35-turidan o‘rin olgan qizg‘in bahsda «Bolonya» o‘z maydonida «Yuventus»ni qabul qildi. Bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. O‘yinni turinliklar ancha shiddatli
Sport 08:42, 5-05-2025
May oyi janglarga to‘la: MMA va boks yulduzlari tomoshabinlarni xushnud qiladi!
May oyi janglarga to‘la: MMA va boks yulduzlari tomoshabinlarni xushnud qiladi!
Yozning boshlanishi bilan birga, sport muxlislari uchun haqiqiy sovg‘alar tayyorlangan. MMA va boks bo‘yicha may oyida o‘tadigan bir qator nufuzli va qiziqarli janglar, butun jahonda millionlab
Sport 19:00, 6-05-2025