Bugun
Jizzaxda maktab xodimi pora olayotganda ushlangan
+32°
ясно ветер 5.1 м/с, З

Nima uchun bahorda vitaminlar yordam bermaydi: immunitetni tabiiy oshirish sirlari

Foydali
141

Nima uchun bahorda vitaminlar yordam bermaydi: immunitetni tabiiy oshirish sirlari
Foto: Spb.mk.ru
Qishdan keyin ayrimlar charchoq, holsizlik va tez-tez kasallanish kabi muammolarga duch keladi. Ko‘pincha bunga sabab sifatida vitamin yetishmovchiligi ko‘rsatiladi va insonlar dorixonadan qo‘shimcha preparatlar xarid qilishga shoshadi. Ammo bunday qo‘shimcha vitaminlar bahorda kutilgan natijani bermasligi mumkin. Nega shunday? Immunitetni mustahkamlash uchun faqat vitaminlar yetarlimi yoki boshqa omillar ham bormi?

Ushbu maqolada organizmning bahorda zaiflashish sabablari va immunitetni mustahkamlash yo‘llarini ko‘rib chiqamiz.

Nega bahorda insonlar tez charchaydi?

Bahorda inson organizmi qishda to‘plangan zaxiralarni iste’mol qilib bo‘ladi va yangi muhitga moslashuv jarayoni boshlanadi. Charchoqning boisi faqatgina vitamin tanqisligida bo‘lmay, bunga quyidagi omillar ham ta’sir qiladi:

- Qishdan keyin tananing qayta tiklanishi;
- Kun vaqtining uzayishi;
- Atmosfera bosimining o‘zgarishi;
- Gormonal o‘zgarishlar.

Tana yangilanayotgan tabiatga moslashish uchun ko‘p energiya sarflaydi. Bu normal holat bo‘lib, ma’lum muddatdan so‘ng o‘z-o‘zidan o‘tib ketadi.

Bahorda vitaminlar yetishmasligi rostmi?

Tadqiqotlarga ko‘ra, bugungi kunda haqiqiy avitaminoz kasalligiga uchraydigan insonlar kamdir. Odatiy sog‘lom ovqatlanish bilan biz yetarli miqdorda vitaminlarni qabul qilamiz. Hatto qishda yetishtirilgan sabzavotlar va mevalar ham o‘zida foydali moddalarning ko‘plab qismini saqlab qoladi.

Qachon qo‘shimcha vitaminlar qabul qilish kerak?

- Kuchli parhez tutganda;
- Ma’lum vitamin va minerallarning tanqisligi qon tahlili orqali aniqlanganda;
- Homiladorlik davrida;
- Jiddiy kasalliklarda.

Vitaminlardan ham foydaliroq narsa bormi?

Foto: iStock
Qimmatbaho polivitaminlarga pul sarflashdan avval quyidagi oddiy tavsiyalarga amal qilish lozim:

Rejimli uyqu: bir vaqtda uxlash va uyg‘onish hamda 7-8 soat davomida dam olish. Aynan uyqu paytida organizm tiklanadi va immunitet mustahkamlanadi.

Harakatchanlik: doim harakatda bo‘lish, sport bilan shug‘ullanish, ertalabki badantarbiyani kanda qilmaslik.

To‘g‘ri ovqatlanish: kundalik diyeta o‘z ichiga oqsilli, foydali elementlardan iborat turli mahsulotlardan iborat bo‘lishi muhim.

Stressni kamaytirish: stress, asabiylik, tushkunlik kabilar immunitetning asosiy dushmanidir. Bunday holatlarda tinchlanish, dam olish yo‘llarini topishga urinib ko‘ring.

Ko‘proq suv ichish: Suv organizm uchun zarur bo‘lib, u toksinlarni chiqarishga yordam beradi. Kuniga kamida 1,5-2 litr suv ichish tavsiya etiladi. Shuningdek, ko‘proq quyoshda sayr qilish va D vitaminini qabul qilish ham mumkin.

Qachon shifokorga ko‘rinish kerak?

Quyidagilar kuzatilsa, shifokorga murojaat qiling:
- Charchoq va holsizlik bir oydan ortiq davom etsa;
- Uyqu bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘lsa;
- Ishtaha yo‘qolsa;
- Sochlar ko‘p to‘kilsa;
- Tez-tez kasal bo‘lsangiz.

Shifokor sizga qanday turdagi qo‘shimchalar kerakligini aniqlash uchun qon tahlili va boshqa analizlarni buyuradi.

Bahorda immunitet zaiflashishi tabiiy jarayon bo‘lib, faqat vitaminlar qabul qilish bilan masala hal bo‘lmaydi. To‘g‘ri ovqatlanish, sog‘lom uyqu, jismoniy faollik va stressni boshqarish immunitetni mustahkamlashning asosiy qismidir. Zero, salomatlikni saqlash uchun kompleks yondashuv muhim ahamiyatga ega.

O‘xshash yangiliklar

Yaponiyada har qanday joyda uxlasa boʻladigan “aqlli” kurtka yaratildi
Yaponiyada har qanday joyda uxlasa boʻladigan “aqlli” kurtka yaratildi
Foto: DesignBoom Yaponiyaning ZZZN kompaniyasi Sleep Apparel System nomli yangi innovatsion paxmoq kurtkani taqdim etdi. U foydalanuvchilarga istalgan joyda va vaqtda uxlash imkonini berib, nafaqat
Texnologiya 19:29, 19-02-2025
Uyqu, vitamin, moddalar yetishmovchiligi organizmga qanday ta’sir qiladi?
Uyqu, vitamin, moddalar yetishmovchiligi organizmga qanday ta’sir qiladi?
Sakkiz soat uxlaysiz, sog‘lom ovqatlanasiz va sport bilan shug‘ullanasiz, lekin baribir o‘zingizni energiya tejash rejimidagi smartfondek his qilasizmi? Gap faqat vitaminlar va minerallarda emas.
Foydali 19:37, 28-02-2025
O‘zbekiston xalqaro reytingda 108-o‘rinni egalladi – hayot sifati “yuqori” deya baholandi
O‘zbekiston xalqaro reytingda 108-o‘rinni egalladi – hayot sifati “yuqori” deya baholandi
Dunyo miqyosida mamlakatlar rivojlanishi va hayot sifati darajasini baholovchi CEOWORLD jurnali 2025 yil uchun Human Progress Index (HPI) – Inson taraqqiyoti indeksi reytingi natijalarini e’lon
Oʻzbekiston 19:48, 14-05-2025
Negativ kontent ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi aniqlandi
Negativ kontent ruhiy salomatlikka zarar yetkazishi aniqlandi
Massachusets texnologiya instituti olimlari salbiy ruhdagi matn, foto va videolar inson ruhiy salomatligiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot o‘tkazishdi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki,
Texnologiya 14:24, 11-01-2025
Sog‘lom nonushta tarkibida albatta bo‘lishi kerak bo‘lgan 3 muhim mahsulot
Sog‘lom nonushta tarkibida albatta bo‘lishi kerak bo‘lgan 3 muhim mahsulot
Har bir kunimiz qanday boshlanishi, kun davomidagi kayfiyatimiz va ishchanligimizga katta ta’sir ko‘rsatadi. Britaniyalik taniqli diyetolog Paula Martin sog‘lom hayot tarziga amal qilishni
Foydali 10:33, 6-05-2025