Bugun
Disneylendda yurak xurujidan ayol vafot etdi
+14°
дымка ветер 3.1 м/с, СВ

Buxoroda prokurorning katta yordamchisi 2,5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

Jamiyat
120
Buxoroda prokurorning katta yordamchisi 2,5 ming dollar bilan qo‘lga tushdi
Buxoro viloyatida fermerdan pul talab qilgan Jondor tumani prokurorining katta yordamchisi qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, 2024 yilning iyun oyida Jondor tumani prokuraturasi tomonidan paxta va g‘alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalik rahbariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi «a» bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi 2024 yilning noyabr oyida mazkur tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga nisbatan oylik maoshining 20 foizini ushlab qolgan holda 2 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlangan.

Lekin sudlanuvchiga og‘irroq jazo turi tayinlanishi lozimligi yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan sud hukmiga nisbatan kassatsiya protesti kiritilgan.

Vaziyatdan xabardor bo‘lgan Jondor tumani prokurorining katta yordamchisi fermer xo‘jalik rahbariga nisbatan dastlabki instansiya tomonidan chiqarilgan hukmni sudya orqali o‘zgartirishsiz qoldirish evaziga 3 ming AQSH dollari talab qilib, dastlab 500 dollarini olgan.

Ammo u qolgan 2,5 ming dollarni Buxoro shahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

DXX xodimlari tomonidan Urganch shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa Majburiy ijro byurosining Xorazm viloyati boshqarmasi Surishtiruv va ma’muriy amaliyot shu’basi katta surishtiruvchisi qo‘lga olingan.

U o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, Shovot tumanida yashovchi fuqaroni vakolatli hamkasblari orqali MIB tizimiga ishga kiritib qo‘yish evaziga 2 ming AQSH dollari talab qilib, shundan 1,8 ming dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Yuqoridagi holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Citizen Kane filmidagi Rosebud chang‘i 14,75 mln dollarga sotildi
Gollivud tarixidagi eng mashhur kino rekvizitlardan biri hisoblangan 1941 yilda suratga olingan “Citizen Kane” filmidagi “Rosebud” chang‘i Heritage Auctions auksionida 14,75 million dollarga
Dunyo 16:35, 17-07-2025
Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 24 avgust
Bugungi, 24 avgust kuni, reyslar jadvali bo‘yicha 48 ta jo‘natish va 44 ta qabul qilish reyslari amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘natiladigan parvoz soat 01:10 da
Oʻzbekiston 00:10, 24-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 28 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 28 avgust
Bugungi, 28 avgust kuni aviakompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan reyslar soni yetarli darajada. Uchishlar bo‘yicha jami 40 ta parvoz rejalashtirilgan bo‘lib, eng erta reys soat 01:10 da
Oʻzbekiston 00:10, 28-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 25 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 25 avgust
25 avgust kuni reyslar jadvali bo‘yicha umumiy holda 38 ta jo‘nash va 40 ta kelish reysi amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘nash vaqti soat 01:10 da, kechgi oxirgi reys
Oʻzbekiston 00:10, 25-08-2025
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
Bugungi reyslar jadvali — 29 avgust
Bugungi reyslar jadvaliga ko‘ra, aeroportda jami 36 jo‘nash va 37 kelish amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Eng erta jo‘nash soati 01:10 da, eng kech esa 22:40 da belgilangan.
Oʻzbekiston 00:10, 29-08-2025