Bugun
Oviedo muxlisi Mbappe va Vinisiusni haqorat qildi
+30°
ясно ветер 4.1 м/с, С

Mirziyoyev va To‘qayev Olmaota yaqinidagi “Medeu” tog‘-chang‘i majmuasida bo‘ldi (foto)

Jamiyat
116
Mirziyoyev va To‘qayev Olmaota yaqinidagi “Medeu” tog‘-chang‘i majmuasida bo‘ldi (foto)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga keldi. Mehmonni aeroportda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev kutib oldi.

Tashrifdan maqsad – norasmiy uchrashuv o‘tkazish.

“Kun tartibidan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, hududlar o‘rtasidagi faol aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari o‘rin olgan.

Davlat rahbarlari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlik masalalari yuzasidan ham fikr almashadilar”, – deyiladi O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida.

Prezidentlar “Medeu” tog‘-chang‘i klasterini borib ko‘rishdi.

Shavkat Mirziyoyevga sel-suv toshqinlaridan himoya qilish maqsadida dengiz sathidan 1750 metr balandlikda qurilgan “Medeu” to‘g‘onining yaratilish tarixi va arxitekturaviy xususiyatlari haqida so‘zlab berildi.

“Medeu” to‘g‘onining tepasiga 842 pog‘onadan iborat “Salomatlik zinapoyasi” olib boradi. 2011 yilda to‘g‘on yonida “Shimbuloq” tog‘-chang‘i maskaniga eltuvchi 4,5 km uzunlikdagi dor yo‘li qurilgan.

“Medeu” sport majmuasi 1972 yilda barpo etilgan bo‘lib, dengiz sathidan 1700 metr balandlikda joylashgan. Majmua muz maydonining yuzasi 10,5 ming kvadrat metr bo‘lib, bir vaqtda 3 ming nafargacha kishini qabul qila oladi. Har yili unga 400 mingdan ortiq mehmon tashrif buyuradi.

Bugungi kunda majmua sport, turizm va madaniyat klasteri sifatida faoliyat yuritmoqda. Sport musobaqalari, ommaviy konki uchish, madaniy tadbirlar, festivallar muntazam o‘tkazib kelinmoqda.

2011 yilda bu yerda VII qishki Osiyo o‘yinlari, 2017 yilda Butunjahon Universiada musobaqalari o‘tkazilgan.

Tanishuv chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari yosh figurali uchuvchilarning ko‘rgazmali chiqishlarini tomosha qilishdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘xshash yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etdi
Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti norasmiy sammitida ishtirok etdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 21 may kuni Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban raisligida o‘tgan
Oʻzbekiston 16:21, 21-05-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Prezidentlar Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Prezidentlar Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi
Foto: Prezident matbuot xizmati Prezident Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev birgalikda Olmaotada «AlmatyFair.ai» raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt
Oʻzbekiston 21:40, 29-03-2025
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom tsivilizatsiyasi markazidagi ishlar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom tsivilizatsiyasi markazidagi ishlar bilan tanishdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 29 yanvar kuni Oʻzbekistondagi Islom tsivilizatsiyasi markazida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. Bu majmua tariximizda ilgari boʻlmagan ulkan va
Jamiyat 21:00, 30-01-2025
Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
Asad ag‘darilgandan so‘ng Suriya qanday hayot kechirmoqda?
2024 yil dekabrida Suriyada Asadlar rejimining ellik yillik hukmronligi yakun topdi. Ko‘plab suriyaliklar erkinlikdan bahramand bo‘lishda davom etmoqda, biroq mamlakat barqarorlikka erishdi, deb
Dunyo 21:34, 23-03-2025