Bugun
Nikolas Jekson Bavariyada 11-raqamni oldi
+25°
ясно ветер 2.1 м/с, З

Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qaysi ko‘chalar yopiladi?

Jamiyat
163
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qaysi ko‘chalar yopiladi?
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o‘tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta’minlash maqsadida 30 mart soat 00:00 dan 07:30 gacha poytaxtning bir qator ko‘chalari va yo‘llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, quyidagi hududlar transportlar harakati uchun yopiladi:

Mirzo Ulug‘bek tumani

«To‘ra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi — Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li—Sultoniya ko‘chasigacha.

Bektemir tumani

«Xo‘ton» masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi — Husayn Boyqaro ko‘chasidan Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

Olmazor tumani
  • «Islomobod» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi — KHAY—Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon—Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi — Qorasaroy-Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy — Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Do‘stjonboy» masjidi oldidagi Sag‘bon — Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li-Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.

Shayxontohur tumani
  • «Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza — Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Xo‘ja Allambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor — Kamolon ko‘chalari chorrahasidan Kamolon — Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi – Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

Chilonzor tumani
  • «Ubay ibn Ka’b» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko‘chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha;
  • «Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi – Al-Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha;
  • «Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo‘lgan yo‘lda harakat cheklanadi.

Uchtepa tumani
  • «Abdulloh ibn Ma’sud» masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Hazrati Ali» masjidi Nazarbek-Mahorat ko‘chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

Yunusobod tumani
  • «Minor» masjidi oldidagi KHAY ko‘chasi – KHAY va Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan KHAY – Sharof Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha;
  • «Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shivli ko‘chasigacha.

Yakkasaroy tumani

«Usmon bin Ma’zun» masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

Sergeli tumani

«Nurul Islom» masjidi oldidagi TXAY-Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, TXAY-Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.

Yashnobod tumani

«Islom ota» masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi – Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

Mirobod tumani

«Qo‘yliq ota» masjidi oldidagi THAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan THAY va Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

«Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi. Fuqarolarimizdan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda vaqtincha aylanma yo‘llardan foydalanishlarini tavsiya etamiz», — deyiladi xabarda.

O‘xshash yangiliklar

Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025
«Al-Nasr» va «Al-Shabab» durang qayd etdi – Ronaldu yana gol urdi
«Al-Nasr» va «Al-Shabab» durang qayd etdi – Ronaldu yana gol urdi
Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida «Al-Nasr» va «Al-Shabab» jamoalari durang natija qayd etishdi – 2:2. Ushbu qarama-qarshilikda Krishtianu Ronaldu yana bir bor gol urdi. O‘yinda
Sport 04:39, 8-03-2025
"Al Nassr" safarda "Al Hilol"ni mag‘lub etdi. Ronalduni to‘xtatib bo‘lmayapti (video)
"Al Nassr" safarda "Al Hilol"ni mag‘lub etdi. Ronalduni to‘xtatib bo‘lmayapti (video)
40 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi gollari sonini mingtaga yetkazish orzusida tinimsiz to‘p kiritmoqda. Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turida Ronaldu o‘ynayotgan
Sport 07:24, 5-04-2025
«Аль-Наср» Жорже Жезушни Madridda ishga oladi
«Аль-Наср» Жорже Жезушни Madridda ishga oladi
Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi yangi bosh murabbiy masalasini deyarli hal etdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Jamoani portugaliyalik murabbiy Jorje Jezush boshqaradi. U bahor
Sport 23:15, 28-06-2025
Al-Ahli klubi Bissuma transferini ko‘rib chiqmoqda
Al-Ahli klubi Bissuma transferini ko‘rib chiqmoqda
«Аль-Ахли» klubi «Tottenhem» jamoasining yarim himoyachisi Iv Bissuma sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. 28 yoshli futbolchi Yevropa klublari orasida
Sport 09:51, 29-07-2025