Bugun
Samarqandda harakatda yongan avtomobil o‘chirilmoqda
+39°
ясно ветер 3.1 м/с, Ю

Chet el fuqarosidan firibgarlik bilan 70 ming dollar talab qilgan uch kishi ushlandi (video)

Jamiyat
96
Chet el fuqarosidan firibgarlik bilan 70 ming dollar talab qilgan uch kishi ushlandi (video)
Toshkentda chet el fuqarosidan firibgarlik bilan 70 ming dollar talab qilgan uch kishiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Maʼlum bo‘lishicha, poytaxt hokimligining Yuridik boshqarmasi yuriskonsulti chet el fuqarosiga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk davlat ehtiyojlari uchun buzilgani sababli kompensatsiya sifatida sud qarori bilan davlat tomonidan ajratilishi belgilab qo‘yilgan 8,8 milliard so‘mni tezlashtirib olib berish evaziga o‘zining 1979 yilda tug‘ilgan tanishi orqali mazkur pul mablag‘ining 10 foizini, yaʼni 70 ming dollar talab qilgan.

Aks holda, sud qarori yuzasidan Toshkent shahar hokimligi nomidan kassatsiya shikoyati berib, ko‘chmas mulkni qayta baholash yo‘li bilan, belgilangan kompensatsiya miqdorini kamaytirishi mumkinligini aytgan.

DXX hamda iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda vositachi xorijiy fuqarodan 70 ming dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

So‘rov suhbati davomida u bir muddat avval yuriskonsultga o‘z hisobidan 50 ming dollar berib qo‘yganini aytib, yana 15 ming dollarni yuriskonsultga olib borib berishini, qolgan 5 ming dollarni esa o‘zining vositachilik xizmati uchun olib qolishni rejalashtirganini maʼlum qilgan.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, yuriskonsult 15 ming dollarni olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, yuriskonsult muqaddam o‘zining vositachisidan olgan 50 ming dollardan 10 ming dollarni kompensatsiya mablag‘ining o‘tkazilish jarayonini tezlashtirib berishi uchun Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasining bosh mutaxassisiga bergani aniqlangan.

Yuriskonsult ko‘rsatmasi asosida bosh mutaxasiss ham protsessual tartibda ushlangan. Yuriskonsult 40 ming dollarni, bosh mutaxassis 10 ming dollarni ixtiyoriy ravishda taqdim qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda firibgarlik) va Jinoyat kodeksining 211-moddasi 2-qismi “a” bandi (juda ko‘p miqdorda pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025