Bugun
Orkun Kekchu «Beshiktash»ga ijaraga o‘tdi
+33°
ясно ветер 4.1 м/с, ЮЗ

Yunusobodda giyohvandlik reklamasi tarqatgan ikki shaxs 15 sutkaga qamaldi

Jamiyat
56
Yunusobodda giyohvandlik reklamasi tarqatgan ikki shaxs 15 sutkaga qamaldi
Toshkent shahrining Yunusobod tumanida ikki nafar fuqaro noqonuniy ravishda giyohvandlik vositalari reklamasini tarqatib yurganligi aniqlanib, huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxslar giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanadigan Telegram kanalni targ‘ib qiluvchi reklama varaqalarini va bannerlarni shaharning turli joylaridagi ustunlar hamda devorlarga yopishtirib yurishgan. Ular reklama materiallarini ko‘zga ko‘rinadigan va odamlar ko‘p yuradigan joylarga joylashtirib, keng omma e’tiborini jalb qilishga uringan.

Tezkor surishtiruv ishlari natijasida, mazkur reklamalarni chop etgan shaxs ham aniqlanib, u bilan surishtiruv ishlari olib borildi.

«Meni Telegram orqali aloqaga chiqib, "Rossiyada ish" degan yozuvli banner borligini aytishdi va uning narxini so‘rashdi. Keyinchalik ular mendan manzilimni so‘rab, ikki kishini mendan bu bannerlarni olib ketishi uchun yuborishdi», – deya tushuntirish berdi reklama materiallarini chop etgan shaxs.

Huquqbuzarlik holati bo‘yicha Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 56-2-moddasi asosida tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlarning qilmishi Yunusobod tuman sudida ko‘rib chiqildi va ularga nisbatan 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Poytaxt huquqni muhofaza qilish organlari aholiga murojaat qilib, bunday noqonuniy harakatlar oqibatlariga nisbatan sergak bo‘lishga chaqirdi va giyohvandlik moddalarining tarqalishiga qarshi kurashni kuchaytirish bo‘yicha ishlar davom etayotganini ta’kidladi.

O‘xshash yangiliklar

Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif asoschilari Ayan Capital uchun £25 mln jalb qildi
Alif fintech kompaniyasi asoschilari o‘zlarining yangi loyihasi — Ayan Capital uchun xalqaro kredit tashkiloti "Partners for Growth (PFG)"dan 25 million funt sterling miqdorida
Iqtisodiyot 20:17, 8-04-2025
Job Bellingem “Borussiya Dortmund”ga yo‘l oladimi?
Job Bellingem “Borussiya Dortmund”ga yo‘l oladimi?
Angliyaning “Sanderlend” klubida to‘p surib kelayotgan yosh iqtidor egasi Job Bellingem transfer bozorida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Germaniyaning yetakchi klublaridan biri — “Borussiya Dortmund”
Sport 13:23, 21-05-2025
O'zbekistonda Tashkent Tech texnik universiteti ochiladi
O'zbekistonda Tashkent Tech texnik universiteti ochiladi
O'zbekistonda yangi texnik universitet — Tashkent Tech tashkil etiladi, deb Kursiv.media xabar berdi. Bu haqda Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva ma'lum qildi. Uning so'zlariga
Oʻzbekiston 16:53, 8-05-2025
Job Bellingem jarimasi sabab Dortmundda o‘ynamaydi
Job Bellingem jarimasi sabab Dortmundda o‘ynamaydi
Dortmundning "Borussiya" klubining yarim himoyachisi Job Bellingem jamoasining klub jahon chempionati doirasidagi navbatdagi o‘yinda qatnasha olmaydi. Bu haqida Euro-football.ru xabar
Sport 06:45, 2-07-2025
Job Bellingem — Dortmundning «Borussiya» klubining yangi futbolchisi
Job Bellingem — Dortmundning «Borussiya» klubining yangi futbolchisi
Markaziy yarim himoyachi Job Bellingem «Sonderlend»dan Dortmundning «Borussiya» klubiga o‘tdi, deb euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda Dortmund jamoasining matbuot xizmati ma’lum qildi. 19 yoshli
Sport 17:41, 10-06-2025