Bugun
Samarqandda to‘yda yo‘l qoidalari buzildi
+31°
переменная облачность ветер 2.1 м/с, Ю

Abdulla Aripov Eron prezidenti qabulida bo‘ldi

Jamiyat
16

Abdulla Aripov Eron prezidenti qabulida bo‘ldi
Rasmiy tashrif bilan Tehron shahrida bo‘lib turgan O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripovni bugun, 12 may kuni Eron Islom Respublikasi Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon qabul qildi.

Dastlab, O‘zbekiston tomoni mamlakat delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, Prezident Mirziyoyevning yo‘llagan samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Uchrashuvda ikki davlat Rahbarining qat’iy siyosiy irodasi tufayli o‘zaro hamkorlik keng qamrovli munosabatlar darajasiga ko‘tarilgani, Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amaliy ijrosi mintaqa barqarorligi uchun ham muhim ekani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarning ustuvor yo‘nalishi bo‘lgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, hududlararo hamda madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Tehronga tashrif doirasida Eron innovatsiyalar va texnologiyalar uyiga ham tashrif buyurilib energetika, tibbiyot va farmatsevtika, qishloq xo‘jaligi, IT, qurilish singari sohalardagi ilg‘or mahsulot va ishlanmalar bilan tanishildi.

Shuning bilan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasining Eronga tashrifi yakunlandi.

O‘xshash yangiliklar

Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
AQSH va Eron munosabatlaridagi keskinlashuv. Tehronda qanday variantlar bor?
AQSH va Eron munosabatlaridagi keskinlashuv. Tehronda qanday variantlar bor?
Tramp agar AQSH bilan yadroviy kelishuvdan bosh tortsa, Eronni bombalash bilan tahdid qilgan. Tehron esa allaqachon «qat’iy javob» qaytarishni va’da qildi. Ammo bu aynan qanday javob bo‘ladi? Va
Dunyo 19:29, 8-04-2025
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekistonga mundialga chiqish uchun qanday natijalar kerak?
O‘zbekiston milliy jamoasi hozirdanoq saralash o‘yinlarida ochko to‘plash bo‘yicha eng yaxshi natijasini qayd etib turganiga qaramay, hal qiluvchi o‘yinlar endi o‘tkaziladi. Futbol bo‘yicha
Sport 18:45, 22-03-2025
10:27
Samarqandda to‘yda yo‘l qoidalari buzildi
10:17
Germaniya Ukrainaga yangi xavfsizlik takliflarini beradi