Bugun
Myolensteen: Karrik Amorimning o‘rnini egallashi mumkin
+19°
ясно ветер 4.1 м/с, С

“Oʻzbekiston havo yoʻllari” kompaniyasi yubiley kunida xalqni aldadimi?

Jamiyat
110
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” kompaniyasi yubiley kunida xalqni aldadimi?
Kimdir oldi, kimdir esa yoʻq: “Uzbekistan Airways”ning bayram chegirmasi tanqidga uchradi. Kompaniya oʻzining 33 yillik yubileyi munosabati bilan kecha, ya'ni faqat bir kun barcha yoʻnalishdagi chiptalar uchun 30 foizlik chegirma e'lon qilgan edi. Ammo tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga koʻra, 28 yanvar kirib kelishi bilan 30 foizlik chegirma qimmatlashtirib yuborilgan.

Bu holat esa koʻpchilikning e'tirozlariga sabab boʻlgan. Kun.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida “Oʻzbekiston havo yoʻllari” markaziy kassasiga kelganlar bilan soʻrovnoma oʻtkazdi. Ayrimlar chiptalarni chegirma narxida olayotganliklarini aytishgan boʻlsa, aksariyat fuqarolar e'lon qilingan 30 foizlik chegirmalarni chipta narxlarida sezmaganliklarini aytishdi.

“Uzbekistan Airways” AJ matbuot kotibining fikrlariga koʻra, chiptalar butun dunyoda 24 soat davomida sotiladi. Kecha bir narxda sotilgan boʻlsa, bugun boshqa narxda boʻlishi tabiiy. Xaridlar natijasida arzon tariflar tugab, qimmatroq tarifdagi chiptalar sotuvga chiqariladi. Shundan soʻng ayrim yoʻlovchilarga chegirmalar koʻrinmaydi.

“Bu tariflarning oʻynab turishi bilan bogʻliq jarayon, tariflar sistemaga kiritilgan boʻladi va uni 1-2 kun ichida oʻzgartirish qiyin, xodimlar 2-3 oy oldin harakat qilishadi, shuning uchun ataylab narxlarni qimmatlashtirib sistemaga kirita olmaymiz” – deydi kompaniya matbuot kotibi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkasini 20% ga oshirdi
Tramp Xitoy mahsulotlariga boj stavkasini 20% ga oshirdi
AQSh Prezidenti Donald Tramp Xitoydan import qilinadigan tovarlarga boj stavkasini 20% gacha oshirish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Bu qaror Xitoyning fentanil oqimiga qarshi yetarlicha chora
Iqtisodiyot 03:36, 4-03-2025
Metallica konsertidagi muxlislar shovqini kichik zilzilani keltirib chiqardi: AQSHda noyob holat kuzatildi
Metallica konsertidagi muxlislar shovqini kichik zilzilani keltirib chiqardi: AQSHda noyob holat kuzatildi
Dunyoga mashhur amerikalik rok-guruh Metallica Virginiya shtatidagi Bleksburg shahrida joylashgan "Leyn" stadionida jonli konsert berdi. Ajoyib musiqa va muxlislarning favqulodda faolligi
Dunyo 18:06, 11-05-2025
Uzbekistan Airways samolyotida favqulodda tug‘ilish yuz berdi
Uzbekistan Airways samolyotida favqulodda tug‘ilish yuz berdi
2023 yil 19 iyul kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY282 reysi, Istanbuldan Toshkentga parvoz qilayotganda samolyot ichida noyob voqea yuz berdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Parvoz
Jamiyat 01:45, 20-07-2025
Uzbekistan Airways ma’lumotlar bazasi xavfsizligi tasdiqlandi
Uzbekistan Airways ma’lumotlar bazasi xavfsizligi tasdiqlandi
So‘nggi kunlarda turli ommaviy axborot vositalarida “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining ma’lumotlar bazasida sizma yuz bergani haqida turli xabarlar tarqaldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston 13:36, 21-08-2025
Uzbekistan Airways ma’lumotlar oqimini rad etdi
Uzbekistan Airways ma’lumotlar oqimini rad etdi
Milliy aviakompaniya Uzbekistan Airways rasmiy bayonot bilan chiqib, tarmoqda tarqalgan keng ko‘lamli ma’lumotlar oqimi haqidagi xabarlarni qat’iyan rad etdi. Bu haqida Upl.uz xabar berdi. Daily
Jamiyat 14:39, 21-08-2025