Bugun
Muxin: Jamoa hali quvonishga erta, ish davom etadi
+28°
ясно ветер 3.1 м/с, В

Ro‘za niyatiga oid masalalar

Jamiyat
104
Ro‘za niyatiga oid masalalar
Dinimizda har bir amalning to‘g‘riligi, uning Alloh dargohida maqbul bo‘lishi niyatga bog‘liq. Shu qatori ro‘za tutishda ham niyat qilish shart hisoblanadi. Niyat bo‘lmasa, ibodat ham bo‘lmaydi. Ramazon oyida tutiladigan ro‘zaning farzi uchta: niyat, tong otganidan kun botgunicha yeb-ichishdan tiyilish va jinsiy aloqadan tiyilish.

Aslida, niyat degani qalbda bo‘ladigan narsadir. Qalbda, dilda qilingan niyatgina hisobga o‘tadi. Tilda niyat qilinsa-yu, qalbida hech narsa bo‘lmasa, ro‘zasi ro‘za bo‘lmaydi.

Mavlono Aliy Qoriy aytganidek, tilda ham niyat qilish bid’ati hasana, ya’ni maqbul amal hisoblanadi. Shunga ko‘ra, odatdagidek: «Tong otgandan kun botguncha Ramazon oyi ro‘zasini tutmoqni niyat qildim» kabi so‘zlarni dildan o‘tkazib va tilda aytib, niyat qiladi. Zotan, bizning fiqhiy kitoblarimizda til bilan niyat qilish ham sunnatdir, deyilgan («Olamgiriyya», «Kofiy», «Nihoya», «Nahr»).

Mazhabimizning barcha faqihlari ramazon oyida har bir kun uchun alohida niyat qilish kerakligini aytishgan (“Fatovoyi Qozixon”). Ammo molikiylarda bir oylik Ramazon ro‘zasini bir niyat bilan tutish joizdir.

Imom Najmiddin Nasafiy, aslida, ramazonda saharlikka turishning o‘zi niyat hisobiga o‘tishini aytganlar. Ammo saharlikka turish o‘sha kunning o‘zi uchun niyat o‘rniga o‘tadi, boshqa kunlarga o‘tmaydi. Niyatning vaqti har kuni quyosh botishidan so‘ng kiradi, undan oldin qilingan niyat o‘tmaydi (Saraxsiy “Muhiyt”).

Bir kishi quyosh botishidan oldin keyingi kun ro‘zasiga niyat qilgan bo‘lsa-yu, so‘ng uxlab qolsa yoki xushidan ketsa yoxud biror sabab bilan zavolgacha niyatini yangilashga ulgurmasa, bu kishining niyati o‘tmaydi. Ammo quyosh botganidan keyin niyat qilgan bo‘lsa, durust (“Xulosa”). Niyat borasida musofir bilan muqim o‘rtasida farq yo‘q (“Tabyin”).

Afzali niyatni o‘z vaqtida, ya’ni kechasi qilishdir. Ammo kunduzi niyat qilish ham joiz.

Shuningdek, niyatning aniq-ravshan bo‘lishi, ya’ni qaysi ro‘zaga niyat qilinayotganini aniq va qat’iy niyat qilingani avlodir (“Ixtiyor”).

Uxlab qolib, saharlikka turolmagan kishi quyosh chiqqandan so‘ng uyg‘onsa, hech narsa yemay-ichmay, ro‘zaga niyat qilib olsa, bizning mazhabga ko‘ra, o‘sha kungi ro‘zasi durust bo‘ladi. Quyosh chiqishidan oldin uyg‘onsa ham shunday. Har ikki holatda ham odatdagi ramazon ro‘zasi niyatini qilaveradi.

Ammo doim shunday qilaverish (ya’ni, tong otgandan yoki quyosh chiqqandan so‘ng ro‘zaga niyat qilish) yaramaydi. Chunki, boshqa mazhablarda bu narsa aslo joiz emas. Zotan, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham bunday deganlar: “Kimki ro‘zasini tongdan avval jam qilib, qasd qilib olmasa, uning ro‘zasi yo‘qdir” (Abu Dovud va Termiziy rivoyati).

Qazo va kafforat ro‘zalarida esa, niyatni kechqurun qilish va tutadigan ro‘zasini qat’iy tayin qilish shart (“Niqoya”).
[lang=ru,en]

[/lang]

O‘xshash yangiliklar

“Like” uchun hayotni xavf ostiga qo‘yyapmizmi? Bolalarni internet tahdidlaridan qanday himoyalash kerak?
“Like” uchun hayotni xavf ostiga qo‘yyapmizmi? Bolalarni internet tahdidlaridan qanday himoyalash kerak?
Internet bolalar hayotining ajralmas qismiga aylandi. Texnologiyalar ularga bilim, ijod, erkin fikr berish bilan birga, juda xavfli tuzoqlarni ham taqdim etmoqda. Ayniqsa, o‘smirlar yolg‘on
Jamiyat 21:37, 11-04-2025
MrBeast YouTubedan oyiga qancha daromad qiladi?
MrBeast YouTubedan oyiga qancha daromad qiladi?
Mashhur YouTuber MrBeast (Jimmi Donaldson) oyiga 4,2 million dollar daromad qilmoqda. Bu faqatgina YouTube reklamasi orqali olingan mablag‘ bo‘lib, bu summaga homiylik shartnomalari va brend
Iqtisodiyot 21:30, 24-02-2025
Havosi iflos shaharlar reytingida Toshkent 1-oʻringa chiqdi
Havosi iflos shaharlar reytingida Toshkent 1-oʻringa chiqdi
Toshkent havoning ifloslanish darajasi boʻyicha 28 yanvarda dunyoning yirik shaharlari orasida 1-oʻringa chiqdi. IQAir portali havo sifati haqidama'lumot berdi. Reyting real vaqt rejimida
Jamiyat 21:00, 30-01-2025
Superliga. Yulduzlarga to‘la "Neftchi" "Bunyodkor"ni mag‘lub eta olmadi (video)
Superliga. Yulduzlarga to‘la "Neftchi" "Bunyodkor"ni mag‘lub eta olmadi (video)
O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor"-"Neftchi" uchrashuvi 2:2 hisobida yakunlandi. Mazkur bahsdagi gollarga Najmiddin Normurodov, 8' (1:0), Zoran
Sport 00:22, 9-03-2025
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va yana 20 kishiga sud hukmi o‘qildi
«Toshshahartransxizmat»ning sobiq rahbari va yana 20 kishiga sud hukmi o‘qildi
2025 yilning 3 fevral kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tumani sudida «Toshshahartransxizmat» AJ sobiq boshqaruv raisi Anvar Jo‘rayev va yana 20 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Sudga jinoyat
Jamiyat 16:42, 28-03-2025